UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Xozir bolamning axvolini
ko'rib,
o'zimdan nafratlanib
ketayapman.
Pul, mol-dunyo, vaqtinchalik
xuzur
halovat deb, bir umrlik
qiynoqqa
duchor bo'ldim...
Yoshligimdan pulga
muxtojlik
sezmay o'sdim. Yeganim
oldinda,
yemaganim ortimda edi.
Bilimli
bo'lmasamda qo'limda
hunarim bor
edi. Maktabni bitirib bir
sartaroshga
shogird tushib, bu hunarning
barcha
sir - asrorlarini o'rgandim.
So'ng
o'zimiz yashaydigan
mahalladagi
go'zallik saloniga ishga
kirdim. O'z
ishimni haddan ortiq yaxshi
ko'rardim, ertayu kech o'sha
yerda
edim. Hattoki uyda ham
sartaroshlik
qilar edim. Topganim
o'zimga yetib
ortardi. Bu hayot meni
chunonam
o'ziga bog'lab qo'ydiki, oila
qurish
hayolimga kelmas edi. Bu
orada
dadam menga go'zallik
saloni ochib
berdi. Endi mening qo'l
ostimda bir
nechta sartarosh qizlar
ishlardi,
ulatga ustozlik qilardim. Bu
orada
uyga sovchilar kela boshladi.
Onam ''
vaqti - soatida turmushga
chiqish
kerak, qizim. Keyin kech
bo'ladi''
dedi. So'ng ota-onam menga
ma'qul
bo'lgan bir yigitning oilasiga
rozilik
berib yuborishdi.
Unashtirilganimizga ko'p
bo'lmay
to'yimiz bo'ldi. Yangi hayot,
yangi
odamlar, boshqacha muxit
meni
boshida dovdratib qo'ydi.
Aniqrog'i,
men tarbiya topgan oiladan
butkul
boshqacha oilaga kelin bo'lib
tushgandim. Hamma
dilhiraliklar,
to'ydan keyin boshlandi.
Bilsam, bu
oila faqat maoshga kun ko'rar
ekan.
Oziq-ovqattlarni maosh
olganda
g'amlab qo'yisharkan.
Mening esa
bunaqa sharoitga ko'nikishim
amrimahol edi. Shu sabab
to'y
o'ygach, xafta o'tmay ishga
chiqib
kettim. Tabiiyki, bu ularga
yoqmadi.
Men esa istaganimni yeb,
kiyadigan
qiz bo'lganim uchun oldingi
hayotga
qaytmoqchi bo'ldim. Boshida
turmush o'rtog'im qarshilik
qildi:
''Gulzor, xech bo'lmasa bir oy
ota-
onamni xizmatini qil. Keyin
chiqasan
o'sha ishinga'' dedi, ammo
men o'z
bilganimdan qolmadim. Endi
o'ylasam, o'shanda hayotga
juda
yengil qaragan ekanman.
nahotki
hamma narsani pul bilan
o'lchadim?
Keyin qizim tug'ildi. U
tug'ulguncha
ham bazo'r chidadim, ishlab
turdim.
Bolam tug'ilganiga ko'p
bo'lmay,
yana ishga chiqdim. Chunki
menga,
qizimga vitaminli ozuqalar
olib
kelishga ularda ortiqcha pul
yo'q edi.
Mening bundan jaxlim
chiqardi..
Bitta oilani moddiy ta'minlay
olmaydigan erimdan
ko'nglim qolib
ketti. Erim bilan shu haqda
tinmay
janjallashardik. Xullas, ahvol
shu
darajaga borib yettiki, men
hammasini, hattoki qizimni
ham
tashlab chiqib kettim. Eh,
o'shanda
qizimni olib ketsam
bo'larkan. O'z
ishimni yaxshi ko'rib, pul va
mol-
dunyo uchum oilamdan,
farzandimdan voz kechdim.
Boshqa
shaxarga ishlash uchun
kettim. Yana
turmush qurdim. Lekin
farzandli
bo'la olmadim.
Yaqinda qizimni ko'rgani
kelin bo'lib
tushgan o'sha mahallaga
bordim.
Ko'rib ko'zlarimga
ishonmadim-
qizim savdoyi bo'lib qolibdi.
Qaynota-qaynonam menga
achchiq
qilib, unga umuman qaramay
qo'yibdi. Axir o'z jigarini
zurriyodi-
ku? Nahotki rahmi kelmagan
bo'lsa...
Yaqin bir qo'shnim qizimning
taqdiri
haqida gapirib qoldi:
''Gulzaraxon
yaxshi ish qilmadingiz
o'shanda.
Nahotki qizingizni ko'rgingiz
kelmagan bo'lsa? Uni tashlab
ketganingizdan keyin hech
kim
qaramay qo'ydi. U to'g'ri
kelgan
joyda, kim uyiga kiritsa o'sha
yerda
yotib yurdi. Bu yil yetti
yoshga to'ldi.
Maktabga ham olib
boradigan odam
yo'q. savdoyi bo'lib qolgan.
O'ziga
o'zi gapirib yuradi. Hamma
sizni
ayblaydi. Eringiz boshqaga
uylanib
bola-chaqali bo'lgan. Boshida
u
qizingizga qarab yurdi.
Uylanganidan keyin o'zgardi.
qizi
borligi ham esidan chiqdi.
Qaynota-
qaynonangiz sizni yomonlab:
''o'shaning bolasida, ertaga
onasiday bo'ladi'' deb parvo
qilmasdi. O'shandan beri
qizingiz bir
axvolda yuradi'', dedi.
Yuragim
orqaga tortib ketti. Yetti
yoshli
qizcha yaxshi gapirolmaydi.
Bundan
ortiq daxshatli manzara
bo'lmasa
kerak? Bir paytlar qilgan
ishimdan
juda afsusdaman. Mol-dunyo
o'tib
ketarkan, sendan ea farzand
va
ularga berilgan chiroyli
tarbiya
qolishini juda kech tushunib
yetdim.
Maqola nomi : Pul mol duneni deb......
Vaqti : 30.04.2014|21:13
Ko'rilgan : 1558
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 264/240
Reyting
Bosh sahifa » Hikoyalar
Maqola o'qiypti :20 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика