UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Bu voqeani bir odam hikoya qilib
bergan. 8-mart, ertalabki soat 6
da budilnik jiringladi, erinib
uyg'ondim, o'zimcha so'kindim,
kim chiqargan ekan shu
bayramni deb, kiyinib ko'chaga
chiqdim, xotinimga sovg'a olish
uchun. Avval gul do'koniga
bordim, yopiq ekan, havo sovuq
edi, ayozli shabboda esib turardi,
yerlarda esa qor hali erimagan.
Do'kon oldida turib sigaret
tutatdim. Shunda to'grimda
turgan alkash rus cholga ko'zim
tushdi. E'tibor berib qarasam, u
alkashga o'xshamasdi, ustida 65-
yillar plashi, toza yuvilgan,
g'ijimlari ham yo'q, shimi ham
eski bo'lsada chizig'i bilinib
turardi, tuflisi oynadek
yaltirardi.... Gulchi ayol keldi,
ichkariga kirdik, chol bir dona
guling nechi pul deb so'radi. Ayol
esa, alkashga gul nimaga kerak
deb haydadi, chol hayron bo'ldi
va yana past ovozda so'radi bir
dona gulingni narxini ayt qizim.
Ayol esa qarg'ashda davom etdi.
Cholni ko'zidan bir tomchi yosh
sovuqdan ko'kargan qo'llariga
dumaladi. Meni jahlim chiqdi va
ayolni urishdim va bir savati
qancha turishini so'radim, u
aytgan pulni oyoqlari ostiga otib,
cholga savatni berdim. Chol
hayron bo'lib qaradi, chunki u
tekinxo'r alkash emasdi. Men
unga tushuntirdim, ota bu gulni
ayolizga oborib bering,
ikkalamizdan sovg'a dedim. Va
ko'z yoshimni yashirish uchun
burildim. U esa ortimdan: ''U
bilan 45 yil birga yashadik, u
hozir betob yotibdi, balki bu
uning hayotidagi ohirgi 8-
martdir.... Men esa uni bayramda
sovg'asiz qolishini
hohlamadim....''. Mana haqiqiy
muhabbat, men esa bor pulimga
ham sovg'a olishga
eringandim.....
Maqola nomi : Shunchaki hikoya
Vaqti : 30.04.2014|21:00
Ko'rilgan : 1588
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 378/322
Reyting
Bosh sahifa » Hikoyalar
Maqola o'qiypti :41 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика