UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
U uyga shoshilayotgandi. Bugun
ertaroq bormoqchi edi. Lekin yo'lda
turgan YPXxodimini ko'rib, tezlikni
kamaytirishga harakat
qildi.Sekinlashishdan oldin
spidometrga qaradi. Tezlik
50 bo‘lgan joyda 73 bilan
haydayotgandi. Shu to‘rt
oy ichida to‘rtinchi bor
to‘xtatilishi edi.
– Shunchalar ham omadisiz
bo‘ladimi, odam? – deya
mashinasini chetga oldi.
"Hozir yonimizdan katta
tezlikda bir mashina o‘tib
ketadi”, deb o‘ylardi.
YPX xodimi qo‘lida qalin bir
daftar bilan mashinadan
tushdi. Bu uning qo‘shnisi
edi. Bu hol jarimadan ham
battar bo‘ldi. Eng yomoni,
qo‘shni bo‘lishiga qaramay
uni
to‘xtatgani edi; buning
ustiga yo‘l qoidasi buzilgan.
– Salom, – dedi xodim. – Bir-
birimizni bu ahvolda
ko‘rishganimiz g‘alati
bo‘ldi-da.
– Meni, ayolim va bolalarimni
yoniga ketayotganimda
to‘xtatding.
– Ha, shunday. YPX xodimi
esa parvoyifalak edi.
– Oxirgi paytlarda uyga kech
qaytayotgandim. Bolalarim
meni anchadan buyon
ko‘rishmadi. Yana, ayolim bu
oqshom birga
ovqatlanishimizni so‘ragan
edi. Nima
demoqchiligimni
tushungandirsan?
– Ha, tushunyapman. Lekin
yo‘l qoidalarini buzganingni
ham bilyapman, –
dedi xodim. "Eh, bundan
qutila olmayman, shekilli”,
deb o‘yladi-da, boshqa
usulga o‘tdi.
Mashinasidan tushib:
– Meni qancha tezlik bilan
ushlab olding? – dedi.
– Yetmish. Iltimos,
mashinangga chiq.
– Seni ko‘rganimda, 65 bilan
ketayotgandim...
– Iltimos, mashinangizga
kiring, – dedi yo‘l xizmati
xodimi. Asabiy bo‘lib,
mashinaga o‘tirdi va eshikni
qattiq yopdi. YPX xodimi,
daftariga nimalarnidir
yozib, mashina oynasidan
unga bir qog‘oz uzatdi-da,
o‘zi ketdi. "Bu jazo emas”
dedi
o‘ziga-o‘zi va xursand bo‘ldi
haydovchi. Jarima qog‘ozida
shunday yozilgan edi:
"Aziz, do‘stim. Mening
bittayu bitta qizim bor edi.
Olti yoshida tezlik bilan
kelayotgan
mashina ostida qolib halok
bo‘ldi. Falokatdan so‘ng
haydovchi jazosiz qolmadi,
albatta.
Uch oy qamalib chiqdi.
Turmadan chiqqach, yana
oilasi bag‘riga qaytib,
bolalarini qucha olgandir,
ehtimol. Ammo, men...
Men qizimni endi hech
qachon bag‘rimga bosa
olmayman. Qizimni yana
hidlab,
o‘pishim uchun, jannatga
borguncha kutishim kerak.
Juda ko‘p marotaba u odamni
kechirishga harakat qildim.
Balki kechirgandirman, lekin
hali ham qizimni
sog‘inyapman. Iltimos, meni
duo qil va yo‘lda diqqatli
bo‘l. Hozir, bitta o‘g‘lim
qolgan”.
Haydovchi o‘n besh
daqiqacha o‘ziga kelolmadi.
Keyin mashinani yoqib,gina
sekin-sekin uyiga bordi.
Keliboq, oldiga yugurib
chiqqan bolalarini mehr bilan
bag‘riga bosdi va
yuzlaridan o‘pdi.
Maqola nomi : Bahosi yuq jarima
Vaqti : 30.04.2014|21:00
Ko'rilgan : 1771
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 334/352
Reyting
Bosh sahifa » Hikoyalar
Maqola o'qiypti :47 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика