UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Odatdagi sertashvish
tonglardan biri, soat chamasi
8:30 larda 80 yoshlardagi
erkak kishi operatsiya
qilingan bosh barmog’idagi
qatmlarlarni oldirgani
keldi. Uning judayam
shoshilayotgani ko’rinib
turardi. U hayajonli engil titroq ovozda
ertalab soat 9 da muhim ishi borligini
aytdi.
Doktorlar hozir band ekanligi
va u bilan bir soatlardan keyingina
shug’ullana
olishlari mumkinligini
bilganim uchun afsusli holatda
boshimni chayqab,
o’tirib turishini so’radim. Biroq uning
soat millariga naqadar mungli qarab
qo’yayotgan ko’zlariga boqib ich-
ichimdan unga rahmim kelib ketdi.
O’sha damda menda boshqa mijozlar
bo’lmagani uchun uning yarasi bilan
o’zim shug’ullanishga qaror qildim.
Uning barmoqlari bilan shug’ullanish
jarayonida biz
suhbatlasha boshladik. Men
o’zimni to’xtatolmay undan
so’radim:
- Bunchalik shoshayotgan
ekansiz, balki vrach qabuliga
yozilgandirsiz?
- Yo’q, unchalik emas. Men
kasalxonada yotgan xotinimni
ovqatlantirishga
ulgurishim kerak.
Shunda men undan nima
bo’lganligini so’radim. Va
keksa kishi xotinida Alsgeymer (xotira
pasayishi)
kasalligi aniqlanganligini
aytdi. Biz gaplasha turib, men
uning barmog’idagi qatmlarni olib
tashladim va
jarohatiga dori surtib qo’ydim. Soatga
qarab, undan agar biroz kechiksa, uning
xotini tashvishlanishi
mumkinligini so’radim. U
meni hayratga qoldirgan
holda xotini uni keyingi besh
yilda umuman tanimasligini
aytdi.
- U xatto men unga kim bo’lishimniyam
bilmaydi - deb qo’shimcha qildi u
boshini chayqab. Men hayron
bo’lib dedim:
- U xatto sizning kim ekanligizni bilmasa
ham har kuni ertalab u yerga
boraverasizmi?
U jilmaydi va qo’limga otalarcha urib
dedi:
- U mening kimligimni bilmasa ham,
men uning kimligini bilamanku!
Men ko’z yoshlarimni ba’zo’r to’xtatib
qoldim.U ketgach, qo’llarim xuddi
ularda chumoli o’rmalayotgandek
jimirlab ketdi va o’ylab qoldim:
"Men butun umr orzu qilgan sevgi
xuddi shunaqa emasmi???"
Kasalligiga qaramasdan shunday
g’amxo’r eri bo’lganligi uchun, u
shubhasiz eng baxtiyor ayoldir.
Haqiqiy sevgi - faqat jismoniy
hissiyot va shunchaki romantika emas.
Haqiqiy sevgi bu hammasini: bo’lib
o’tganini ham, kelajakda bo’ladiganini
ham va umuman bo’lmaydiganini
ham qabul qila olishdir!
Maqola nomi : Chin muhabbat
Vaqti : 30.04.2014|20:59
Ko'rilgan : 1469
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 316/260
Reyting
Bosh sahifa » Hikoyalar
Maqola o'qiypti :55 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика