UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Odatiy shahar maktablaridan biridagi otadiy öquv kuni. Öquvchilar
darsda ötirgan vaqtida qizlardan biri anchagina katta miqdordagi puli
yöqolganligini aytib qoldi. Öqituvchi ayol sinfda ög'ri öquvchi paydo
bölganidan nihoyatda g'azablandi. U xonadan hech kim chiqmasligini va
öquvchilarning sumkasini bittama-bitta tekshirib chiqishini aytib qoldi.
Tekshirish birinchi qatordan boshlandi.
Öqituvchi asabiy holatda hammaning sumkasini birma-bir nazoratdan
ötkaza boshladi. Shu vaqtda oxirgi qatorda ötirgan qizlardan biri
xavotirlana boshladi. U nihoyatda hayajonlanar, qöllari titrar, hadik bilan
öqituvchiga tikilgancha öylardi: «Navbat menga yetib kelganida nima
qilaman? Sumkamni ochib körishsa, sharmanda bölamanku!»
Nihoyat öqituvchi uning qarshisiga yetib kelganida, qiz juda bezovta,
közlari mungli, hadikdan qaltirab turardi. Öqituvchi undan sumkasini
ochib körsatishni söraganida, qiz sumkasini berishdan bosh tortdi. Sinfda
g'ala-g'ovur kötarildi. Hammaning shu qiz ög'ri ekanligiga ishonchi komil
edi. Öqituvchi bu safar baland ovozda qizdan sumkasini berishni söradi.
Qiz rad etgach, g'azablangan öqituvchi uning yuziga tarsaki tushirdi va
nafrat bilan pichirladi: "Ög'ri!" Qizning lablarining bir chetida qon izlari
körindi, yuzlariga yosh dumaladi.
Öqituvchi qizni maktab direktorining xonasiga olib bordi. Direktor qizdan
sumkasini unga berishni qat'iy talab qildi. Qiz sumkasini direktorga
uzatarkan, yig'lagan ovozda pichirladi: "...men... ilojsizlikdan...." Direktor
va öqituvchi sumkani ochib körishdiyu bir muddat jim bölib qolishdi.
Sumkaning ichida bir nechta non bölaklari va ovqat qoldiqlari bor edi.
Qiz mungli ovozda hammasini tushuntirdi: «Меn sumkamni sinfdoshlarim
oldida ochib körsatishni xohlamadim. Ular menga past nazar bilan
qarashlaridan, ustimdan kulishlaridan qörqdim. Меn doim
sinfdoshlarimdan ortib qolgan non bölaklari va ovqat qoldiqlarini yig'ib
yuraman. Uyga borganimda esa onam, men va ukalarim bularni
birgalikda baham köramiz. Mening otam ölgan... Onam kasal... Ukalarim
och... Bizning bundan boshqa tirikchiligimiz yöq..» Ustozlarning yuziga
yosh sizdi.
Qiz öksib yig'lar, yuzidagi tarsaki izi esa qizarishni boshlagandi.....
Maqola nomi : Yaratganga shukur
Vaqti : 30.04.2014|20:57
Ko'rilgan : 1613
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 374/336
Reyting
Bosh sahifa » Hikoyalar
Maqola o'qiypti :27 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика