UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Qizcha shiringina uyqudan baqir-chaqir ovozi sababli uyg'onib ketdi.
Közlarini ishqalab kravatidan tushdi va ovoz kelayotgan tomonga yura
boshladi. Uning
ota-onasi har kungidek özaro janjallashishardi. Ular qizchaning
uyg'onganligiga ham e'tibor berishmasdi. Ota-onasining janjalidan
qo'rqib, bir chetda ularni kuzatib
turgan tört yoshli qizcha yig'lab yubordi. Bir-birlarini turli odob
doirasidan tashqarida bölgan so'zlar bilan
haqorat qilayotgan er-xotin bolaga e'tibor berishmasdi:
- Siz men uchun nima qilib qo'yibsizki, menga baqirasiz?
- O'chir ovozingni shallaqi, iflos, bolangni olib yo'qol bu uydan. Menga
sen ham, bolang ham
kerakmas.
- Nima dediz? Hali
bolamni olib yo'qolaymi? Mayli,
ketsam, o'zim ketaman! Bu uyga
yolg'iz kelganmanmi, yolg'iz ketaman!
Bola bitta meniki emas, tug'dirib
qo'ydizmi, tak shto eplab boqing endi!
Ayol shunday dedida jahl bilan xonasiga kirib ketdi. Xuddi shu
taxlit ota ham tashqariga chiqib
ketdi. Qizcha esa hamon yig'lardi. U endigina to'rt yosh
bo'lsada, ota-onasiga kerak emasligini, ularga ortiqchalik
qilayotganligini tushunib turardi.
Chunki deyarli kun ora shunday janjallar yuz berardi. Qizaloq nima
qilishni bilmas, u ham
ko'chaga chiqib ketishni va uyga
hech qachon qaytmaslikni istardi.
Onasining yoniga kirmoqchi edi,
yo'qol ko'zimdan degan javobni
olgach nihoyat ko'chaga chiqdi.
Qizaloq qayerga borishni bilmas,
yagona biladigan joy narigi mahalladagi buvisining uyi edi.
Qizcha buvisining uyi tomon ketarkan öylardi: "Buvim meni
yaxshi ko'radi, meni haydamaydi, agar uydan ketib buvimni yonida
yashasam, adam oyimni urmaydi, oyim ham boshqa yig'lamaydi. Men
ularga yaxshi qiz bölolmadim..." Shu
hayollar ichida ketayotgan qizaloq
yonidan chiqib qolgan mashinani sezmay qoldi. Qizcha yöl chetida holsiz
yotar, kichkina yuzlariga yosh aralash boshidan qon sizardi. Og'riq
kuchli, qiz hatto ovozini chiqarib yig'lay olmasdi. Haydovchi mashinaga
qattiq urilgan qizaloqni qöliga kötarib olarkan, qizcha unga qarab
achchiq jilmaydi, qon sizib chiqayotgan kichkina lablari bilan sönggi
marta pichirladi:
"Rahmat amaki... Endi adam bilan oyim
hech qachon urushishmaydi..."
Maqola nomi : 4 yoshlik qizaloq yoki ota ona janjali
Vaqti : 30.04.2014|20:57
Ko'rilgan : 1870
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 403/315
Reyting
Bosh sahifa » Hikoyalar
Maqola o'qiypti :28 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика