UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Shahar markazidagi köp qavatli uylarning birida ko'zlari moviy,
sochlari tim qora, yanoqlari qizil, go'zal bir qiz yashardi. U sira
jilmaymas, doim g'amgin yurardi.
Chunki u og'ir hastalikka chalingan va öz ölimini kutardi. U har kuni
deraza oldida o'tirib, uyi qarshisidagi bir daraxtga termulardi. O'ziga-o'zi
shu daraxt barglarini to'kib
bo'lganida, men olamdan ko'z yumaman deb ishonardi.
Oradan vaqtlar ötib kuz keldi va daraxtning barglari asta- sekinlik bilan
to'kila boshladi. Qiz bölsa kun sanab
daraxtga tikilib ötirardi. Ötayotgan har bir kun göyoki oxirgisi
böladigandek tuyulardi unga. Barglarning tezroq tökilib, bu azoblardan
tezroq xalos bölishni istardi. Nihoyat qish kelib daraxtda qöl b-n
sanarli bir-necha yaproq qoldi. Qizning bölsa rangi sönib borar, umidsiz
yashashda davom etardi. Nihoyat daraxtda bittagina barg qoldi. Qiz shu
kuni har doimgidan
ham ma'yus va sölg'in edi. U tun chökkanida, ertangi kun bu hayotni tark
etaman deya yostiqqa bosh qo'ydi. Shu kuni tunda qattiq shamol bo'lib,
yomg'ir yog'di. Tong otib qiz uyg'ondi va nafas olayotganligini, hali tirik
ekanligini öylab, nima bo'lganiga
tushunmasdan deraza qarshisiga bordi. Daraxtdagi sönggi
yaproq xuddi kechagidek, sovuq shamolda tebranib turardi. Qiz jimgina
nigohini yaproqdan
uzdi va ertangi kunni kuta boshladi. Ertasi kun yana tongda uyg'onib
deraza tomon shoshildi. Zafaron barg hamon öz joyida mag'rur turar,
uning bu turishi qizni hayron qoldirardi. Ertasiga, ertadan keyin, va
undan keyin ham... Barg xuddi hech qachon tökilmaydigandek edi. Qiz
nima bölayotganligiga tushunmas, lekin uning ham osonlikcha jon bergisi
kelmas, hech bölmasa shu bargchalik yasha u-n kurashgisi kelardi. Unda
hayotga ishonch uyg'ongan va eng muhimi yashashda davom etardi... Shu
tariqa bahor kelib daraxt yangidan kurtak chiqara
boshladi. Shifokor qabulida bölgan qiz tuzala boshlaganligini
eshitib sevinardi. U ösha kuni nihoyat najotkor yaproqqa qarab tabassum
qilib qöydi...
Bu voqea möjiza va bir vaqtning özida möjiza emas edi. Möjizaligi
shundaki, bu hodisa tufayli hayotdan umidi uzilgan bir qiz hayotga
qaytdi, möjiza emasligi esa bu hodisaning asl sababchisi bilan bog'liq edi.
Qizning uyi röparasidagi köp qavatli uyda bir rassom yigit yashardi. Yigit
röparadagi uyda
yashovchi közlari moviy, sochi tim qora, lekin sira kulmaydigan gözal
qizni yoqtirardi. U qizni har kun soatlab kuzatar, uning suratini chizishni
istar va bu surat asarlari
ichida "shoh asar" bölishini orzu qilardi. U qizni kulib turgan
chehrada suratda tasvirlashni va bu orqali qizga tabassum
naqadar yarashishini aytishni istardi. Bir kuni u qizning og'ir
hastaligini va röparadagi daraxt barglari tökilib bölgan kun joni uzilishiga
ishonishini bilib oldi. U qizning ma'yusligidan siqilar,
uning uzoq yashashini, baxtli
bölishini istardi. Qish kelib daraxtda bitta yaproq qolganida u qizda
yashashga umid
uyg'otish yölini topdi. U haqiqiysidan farq qilmaydigan darajada öxshash
barg rasmini chizib, sönggi tunda unda daraxt shoxiga mohirona örnatib
qöydi. Shu kuni kuchli yomg'ir yog'di. Tongda qizning hayratini körib, öz
ishidan sevindi. Ertasiga, ertadan keyin, undan keyin ham... Yigit har kuni
bargni almashtirib turardi, sovuq kunda ham, qor yog'ganda ham... U
qizning yashab ketishiga astoidil harakat qilardi. Bahor kelgach,
qizning yuzida ilk marta kulgu kördi. U endi nihoyat özining "shoh
asari"ni chizishi
mumkin edi...
Maqola nomi : Xasta yurak
Vaqti : 30.04.2014|20:56
Ko'rilgan : 1437
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 295/250
Reyting
Bosh sahifa » Hikoyalar
Maqola o'qiypti :55 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика