UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Erta tong. Ög'il uydan chiqarkan ona duo qildi: "Ilohim taning sog',
martabang ulug', boshing toshdan bölsin!" Shundog'am ishga
kechikayotgan ög'ilning biroz ensasi qotgan bölsada, yuzaki xayr-ma'zur
qilib tashqariga chiqdi. Mashinasiga ötirib ishga ketdi. Har kuni shu holat
qaytariladi. Ög'il bir firma direktori. Yosh bölsada, topish-
tutishi yaxshi. "Sog'ligimdan ham
nolimasam, -öylardi yigit,- onam befoyda xavotir qiladilar". Ishdan keyin
ulfatchilik, maishat, qizlar... Besh yoshda otasiz qolganida boshqa
turmush qilmay, faqat uning uchun yashagan onasi esa yarim tungacha
bedor, ög'lini kutib
ötirardi. Allamahalda uyiga kirib kelgan ög'il onasinining bedorligini körib
asabiylashardi:
"Uxlayversangiz bölmaydimi? Mana,
menda kalit bor. Özim kira olaman uyga!" Ona hech narsa
demaydi. "Onaning könglini tushunmaysanda",- hayolidan ötkazardi u.
Ög'il onasini yaxshi
körardi. Onasi uchun hamma sharoitni yaratib bergan, tez-tez dam olish
maqsadida sanatoriyalarga yuborib turardi. Shunda ham uylanishga köp
ham shoshilmas, unga mana shunaqa hayot ma'qulroq edi. Ög'il onasi
abadiy emas, bu dunyoda oddiy
mehmon ekanligini unutib qöygandi... Bir kuni tongda ona odatdagidek
ög'lini duo qildi: "Ilohim taning sog', martabang ulug', boshing toshdan
bölsin, bolam" "28 yildan beri shu gap",- hayolidan ötkazdi ög'il. "Xöp",-
istamaygina jilmayib chiqib ketdi. Har kungi tashvishlar, kechqurun
rostoranga joy buyurtirilgan. Xullas, yarim kechasi mast holda uyga
kelgan ög'il
onasining xonasidagi chiroq odatdagidek yoniq ekanligini kördi. Faqat
endi uni hech kim kutib olmadi. Qon bosimi kötarilgan ona ög'ilni kutib-
kutib jon bergandi... Onasini dafn qilgachgina ög'il bu dunyoda eng
katta boyligini yöqotganini tushundi. Biroq endi kech
bölgandi. Vijdon azobida qiynalib ichkilikka mukkasidan ketdi. Shu
asnoda jigar xastaligiga
yöliqdi. Kamiga shu bir oy ichida uning bu holatidan foydalanib yaqin
odamlaridan biri tufayli firmasi kasodga uchradi. Unga döstman deb
yurganlar ortidan pichoq sanchganida ög'il aslida bu dunyoda nimaga
erishgan bölsa bariga onasining duosi bilan
erishganligini tushunib yetdi. Ichib mashinasida katta yöl
böylab ketayotgan ög'il chorrahaga yaqinlashar ekan,
tormoz ishlamayotganligini
sezdi. U qörqmasdi. Onasining kulib turgan chehrasini köz oldiga
keltirarkan, közidan bir tomchi
yosh yuziga yumalab tushdi. "Kechiring",- pichirlardi yigit. U chorraha
qarshisida katta tezlikda ketayotgan mashina rulini qöyib yubordi va
közlarini yumganicha, ovoz chiqarib onasi har kuni aytadigan sözlarni
qaytardi: "Ilohim taning sog', martabang ulug', BOSHING
TOSHDAN BÖLSIN!"
Maqola nomi : Ona duosi
Vaqti : 30.04.2014|20:56
Ko'rilgan : 1451
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 296/209
Reyting
Bosh sahifa » Hikoyalar
Maqola o'qiypti :39 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика