UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Odatiy shahar maktablaridan
biridagi
odatiy öquv kuni. Öquvchilar
darsda
ötirgan vaqtida qizlardan biri
anchagina katta miqdordagi puli
yöqolganligini aytib qoldi.
Öqituvchi
ayol sinfda ög'ri öquvchi paydo
bölganidan nihoyatda
g'azablandi. U
xonadan hech kim chiqmasligini
va
öquvchilarning sumkasini
bittama-
bitta tekshirib chiqishini aytib
qoldi.
Tekshirish birinchi qatordan
boshlandi. Öqituvchi asabiy
holatda
hammaning sumkasini birma-bir
nazoratdan ötkaza boshladi. Shu
vaqtda oxirgi qatorda ötirgan
qizlardan biri xavotirlana
boshladi. U
nihoyatda hayajonlanar, qöllari
titrar,
hadik bilan öqituvchiga
tikilgancha
öylardi: «Navbat menga yetib
kelganida nima qilaman?
Sumkamni
ochib körishsa, sharmanda
bölamanku!» Nihoyat öqituvchi
uning qarshisiga yetib kelganida,
qiz
juda bezovta, közlari mungli,
hadikdan qaltirab turardi.
Öqituvchi
undan sumkasini ochib
körsatishni
söraganida, qiz sumkasini
berishdan
bosh tortdi. Sinfda g'ala-g'ovur
kötarildi. Hammaning shu qiz
ög'ri
ekanligiga ishonchi komil edi.
Öqituvchi bu safar baland ovozda
qizdan sumkasini berishni söradi.
Qiz
rad etgach, g'azablangan
öqituvchi
uning yuziga tarsaki tushirdi va
nafrat
bilan pichirladi: "Ög'ri!" Qizning
lablarining bir chetida qon izlari
körindi, yuzlariga yosh dumaladi.
Öqituvchi qizni maktab
direktorining
xonasiga olib bordi. Direktor
qizdan
sumkasini unga berishni qat'iy
talab
qildi. Qiz sumkasini direktorga
uzatarkan, yig'lagan ovozda
pichirladi: "...men... ilojsizlikdan...."
Direktor va öqituvchi sumkani
ochib
körishdiyu bir muddat jim bölib
qolishdi. Sumkaning ichida bir
nechta
non bölaklari va ovqat qoldiqlari
bor
edi. Qiz mungli ovozda
hammasini
tushuntirdi: «Меn sumkamni
sinfdoshlarim oldida ochib
körsatishni xohlamadim. Ular
menga
past nazar bilan qarashlaridan,
ustimdan kulishlaridan qörqdim.
Меn
doim sinfdoshlarimdan ortib
qolgan
non bölaklari va ovqat
qoldiqlarini
yig'ib yuraman. Uyga borganimda
esa
onam, men va ukalarim bularni
birgalikda baham köramiz.
Mening
otam ölgan... Onam kasal...
Ukalarim
och... Bizning bundan boshqa
tirikchiligimiz yöq..» Ustozlarning
yuziga yosh sizdi. Qiz öksib
yig'lar,
yuzidagi tarsaki izi esa qizarishni
boshlagandi.....
Maqola nomi : Ta'sirli
Vaqti : 30.04.2014|20:53
Ko'rilgan : 1513
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 320/301
Reyting
Bosh sahifa » Hikoyalar
Maqola o'qiypti :41 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика