UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
"KET
XIYONATKOR" Yigit bilan qiz
bir-birini sevishardi. Yigit
qizga o'zidanda ziyodroq
ishonardi. Yigitning bir do'sti
unga u sevgan qizning
odnoda profili borligini
aytadi. Yigit ham odnoni
o'rganib, o'zga nom bilan
profil ochadi. Qiz bexabar.
Yigit darrov qizning profiliga
"mehmon" bo'ladi va qizga
"druzya" yuboradi...
Odatdagi tanishuvlar
boshlanadi (aslida yigit qizni
sinamoqchi emasdi, chunki
unga ishonardi). - Yigitingiz
bormi? - Yo'q! Yigit ko'zlariga
ishonmadi. Nahotki seni
sevaman degan qiz endi
"yigitim yo'q" deb tursaya?... -
Sevgan qizingiz bormi? - Yo'q!
Yigit haqiqatni aytmoqchi
bo'lganida qizning "sevganim
yo'q" degani alam qiladi,
keyin sinashni maqsad qiladi...
U iloji boricha mehribon
bo'ladi. Qiz o'sha odnodagi
yigitga bog'lanib qoladi... Qiz
bir vaqtlar sevgan yigitini
deyarli esidan chiqaradi. Yigit
kasal bo'lib qoladi, qizga har
safar telefon qilganida
"vaqtim yo'q, keyinroq
gaplashaylik" degan javobni
olardi... Yigitning analizlari
chiqib umri oz qolganini
biladi. Odnoda haliyam
haqiqat aytilmadi. Qiz
tinmasdan yigitdan telefon
raqamini so'rardi,
"uchrashaylik" derdi... Bir
kuni odnodagi "yigit"
uchrashishga rozi bo'ladi. Shu
payt sevgan yigiti telefon qilib
"ko'rishaylik muhim gapim
bor" deb aytadi, qiz esa
"bilasizmi, bugun umuman
vaqtim yo'q" deb telni qo'yib
qo'yadi... Qiz yasanib, o'ziga
oro berib uchrashuv joyiga
borsa, ne ko'z bilan ko'rsinki
bu o'zi bilgan yigit edi... Qiz
jahl qilib ketib qoladi. Yigit esa
so'ngi nafasi qolgan bo'lsada
odnoga kiradi va katta katta
harflar bilan "XIYONOTKOR"
degan yozuv qoldiradi... Yana
do'stiga "men o'lsam berib
qo'y" deb xat tutqazadi. Yigit
vafot etdi. Qiz hayron, "bu
qanaqasi...?" Naxotki u
sevgan insonidan ayrildi? Qiz
xatni o'qib vijdoni qiynaladi,
har kuni yigitning qabriga
borib yig'lab kechirim
so'rardi! Bir kuni tong
saharlab qiz yigitni qabriga
kelsa "KET XIYONATKOR"
degan yozuvni ko'rib
hushidan ketadi... Oradan
vaqt o'tib jinnixona
devorlarida "KET
XIYONATKOR" degan yozuvlar
turardi..
Maqola nomi : Xiyonatkor kiz
Vaqti : 30.04.2014|20:53
Ko'rilgan : 2196
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 393/297
Reyting
Bosh sahifa » Hikoyalar
Maqola o'qiypti :22 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика