UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
May. Yigit b-n qizning
tanishganlariga 3 oy böldi. Yigit:
"Bilasizmi, men...haligi...
men...sizni..." Qiz: "Xösh?" Yigit:
"...men sizni...-u gapirolmasdi.
Ayni damda u qizning özining
ovozini emas, yuragining
dukurini eshitib qolmasligidan
xavotirda edi,- ...sizni.." Qiz: "Bir
nima demoqchimisiz?" Yigit: "Ha,
men sizni...muzeyga taklif
qilmoqchiydim" Qiz yigitning
fikrini tushunib turardi. Muzey
haqida eshitib ichida shöx kulib
qöydi. Avgust. Ularning
tanishganlariga 6 oy böldi. Yigit:
"Sizga bir nima aytmoqchiydim"
Qiz: "Nima ekan?" Yigit: "Men
anchadan beri sizni haligi...,- uff,
yana ösha yurak dukuri, har
safar shunaqa yuragiga jahl
qilardi yigit,- ..haligi..." Qiz:
"Gapirasizmi?" Yigit: "Bu haqda
köp öyladim. Men..yög'e
siz...muzeyga boramizmi?" Qiz
uning nima demoqchiligini
bilardi. Shu sabab kulib yubordi.
Hayolida esa öylardi: "Uff, yana
muzeymi?"
Noyabr. Ularning tanishganlariga
9 oy böldi. Yigit: "Bugun sizga bu
haqda aytmasam bölmaydi.
Men..." Qiz: "Muzeyga
bormayman" Ular yengil kulishdi.
Biroz ötgach yigit: "Sizni ilk
marta körganimdayoq,- yigit
qizning közlariga birrov qaradi.
U
yigitga jiddiy tikilib turardi.
Nimadir yigitga bu safar ham
halal berdi,- ...öshandayoq sizni
ajoyib döst ekanligizni
bilgandim" Qiz indamadi. Bu
safar u og'ir xörsinib qöydi.
Fevral. Ularning tanishganlariga
bir yil töldi. Endi yigit dil izhoriga
qattiq tayyorlandi. Ular
uchrashishdi. Yigit: "Bilasizmi,
men sizni juda..." U yana qizning
közlariga qaradi. Qizning
nigohida ilgari hech körmagan
g'alati ma'noni ilg'adi va yana
jim qoldi. Qiz jimgina
sumkasidan
bir konvert chiqardi. Yigitga uni
tutqazib özi keta boshladi. Yigit
uning ortidan biroz qarab
turdida bor ovozida baqirdi:
"MEN SIZNI SEVAMAAAN!!! Qiz
joyida bir daqiqa töxtab qoldi.
Keyin ortiga ham qaramay yana
sekin yurib keta boshladi. Yig'ladi
shekilli, daströmolini qöliga oldi.
Yigit yengil tortdi va keyin
qölidagi konvertni ochdi.
Eh...ösha konvertda qizning
böajak töyiga taklifnoma bor
edi...Shunday ekan sevgilingizga
sevgi izxorizi ertaro
eting...
Maqola nomi : Kechikmeng
Vaqti : 30.04.2014|20:49
Ko'rilgan : 1603
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 427/334
Reyting
Bosh sahifa » Hikoyalar
Maqola o'qiypti :31 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика