UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Aytilmagan dil izhori" Ismim Nodira oilaliman. Uch og ‘il farzandim bor. Erim g ‘amxo‘r, qaynonamdan alohida yashaymiz. Tashqaridan qaraganda juda baxtliman. Lekin, armonim bor, ilk muhabbatimga sevishimni ayta olmaganman… Dadamning aytishlariga qaraganda, oyijonim meni dunyoga keltirib olamdan o‘tgan ekanlar. Akam va meni tarbiyam uchun oyimning vafotlaridan bir yil o‘tib dadam uylanibdilar-u lekin, o‘gay onam bizga yaxshi qaramaganliklari uchun ajrashibdilar. Dadam sal vaqt o‘tib, bir bolasi va eri avtahalokatga uchrab, faqat o‘zi tirik qolgan Maxliyo degan ayolni enagalikka ishga yollabdilar. Dadam yaxshi bir lavozimda ishlaydilar. Hayotda og‘ir,bosiq insonlar. Men ulg‘aydim. Dadam va Mahliyo xolam menga onam o‘rnini bildirmaslikka harakat qilishdi. Dadamning haydovchisi bo'lardi, ismlari Bobur aka. O‘g‘illari men bilan teng, ismi Nurbek edi. Biz bir sinfga borardik, Bobur aka bizni maktabga birga olib borib, birga olib qaytardilar. Nurbek menga juda mehribon edi. Ulg‘aydik. Chiroyli bo‘lganligim uchun oshiqlarim ko‘p edi. Lekin, Nurbek meni ximoya qilardi. Nurbekga nisbatan qalbimda nimadir his qilardim... U ham menga befarq emasdi-yu lekin, aytmasdi. Kunlar shu zaylda o‘tardi. Litseyni bitirib oliy o‘quvga tayyorlanardim. Bir kuni dadam va men televizorda “Telba” filmini ko‘rib o‘tirgandik. Hayolimga kelgan fikrdan quvonib ketdim. Kinoni ko‘rib bo‘lganimizdan so‘ng: –Dadajon kino yoqdimi? – deb so‘radim. –Yoqdi qizim – deb javob qaytardilar. –Robiya g‘alati qiz ekan, kelib-kelib xonimchini yaxshi ko‘radimi? – dedim. –Ex, qizim-a hali yoshsanda. Odam qanaqa kasb egasi bo‘lishidan qat’iy nazar, buyuk qalb sohibi bo‘lsin. Odam sevgani bilan bo‘lsagina baxtli bo‘ladi. Boylik o‘tkinchi – dedilar. –Demak, sizga boylik yoki kambag‘alikni axamiyati yo‘q ekanda? Mendagi o‘zgarishdan dadam sirli kuldilar. Uyalib ketganimdan baxona qilib, oshxonaga o‘tib ketdim. Qanchalar baxtliman, dadam qarshi bo‘lmaydilar… Lekin, Nurbek menga bir bora ham sevaman demagan. Men qanday aytaman… Ha topdim, sal bildiraman; bugungi dadam bilann bo‘lgan voqeani aytib beraman… Ertangi kun o‘qishga borganimizda Nurbekga aytdim. Lekin, uning gapi hayratga soldi: –Dadang yaxshi hayotni ko‘rgan odamda… Domla bergan masalani yechdingmi? Shunday desada, lekin g‘amxo‘r edi. Sevishini bilardim. Uni dil izhorini kutardim. Oliy o‘quv yurtiga hujjat topshirar vaqtimiz Nurbek topshirmadi. Oilasida uch singlisi bo‘lganligi uchun: –Dadamni ishlagani nima bo‘ladi, men Rossiyaga borib ishlab kelaman, keyin o‘qishga kiraman, dedi. Kutasanmi? Qo‘ng‘iroq qilasan-a? Yuragim hapqirib ketdi: –Ha kutaman, dedim. U ketdi... Men o‘qishga kirdim. Uni kutdim. Uch yilga ketgandi. Menga sovchilar kelib charchamasdi. Lekin, men hammasini rad etardim. O‘qishimizda bir olifta Zohid degan bola bor edi: –Nodira, iltimos meni rad etma, boylging kerak emas, seni sevaman… –Tinch qo‘ying, meni yigitim bor, derdim har safar. U bo‘lsa: –Aldama, ikki yildan beri ortingdan yuraman, bo‘ldi yetar, seni baribir o‘zimniki qilaman... Shunday vaqtda Nurbekning yo‘qligi bilinardi. Kelishiga yana bir yil qolgandi. Ikki yil ichida telefonda gaplashib turardik, uyiga pul jo‘natardi. Bir safar tel qilganida, u yerda uylanganini, baxtli ekanligini aytib, suyunchi oldi. Nahot sevganimni sezmagan bo‘lsa, rosa alam qildi... Afsus, bu oxirgi gaplashishimiz ekan… Jaxl ustida ortimdan yurgan Zohid bilan kechki ovqatni birga yeyish uchun rozlik berib yubordim. Keyin, afsuslandim-u lekin, kech edi... Dadam ish bilan safarga ketgandilar, akam boshqa viloyatda o‘qirdi. Dugonamnikiga boraman deb, Maxliyo xolamni aldadim. Zohid bilan kechki ovqtani yedik. Keyin, mashinasida uyimga kuzatib qo‘ymoqchi edi, telefoni jiringlab qoldi: –Alo, ha eshitaman? – … –Nima? Hozir yetib boraman? – deb baqirib yubordi. –Tinchlikmi? – dedim xavotirlanib. –Yo‘q, oyimni og‘irlashib qolibdilar – dedi. Men indamadim. Birga ularnikiga bordik: –Yur Nodira, tez kir, oyim yolg‘iz – deya, tez kirib ketdi. Orqasidan men ham kirdim. Eshikni ochdi. Shubhalana boshladim-u lekin, oyisining betobligi hayolimdan chiqmasdi: –Kir, dedi. Kirib, asta mehmonxonaga o‘tdim. Niyatini tushundim-u tezda orqamga qaradim. Zohid kulib turardi: –Bu nima qilganingiz? Qo‘yib yuboring, ketaman! – deb baqirdim. –Bilaman bu xato, lekin meni kechir, iltimos. Seni sevaman. Boshqa yo‘lini topa olmadim. Bugun meniki bo‘lasan… Afsus… Sevganimga, o‘zimga, sha’nimga, oilamga xiyonat qildim… Zohid meni aldamadi, tez orada sovchilari keldi, to‘yimiz belgillandi. To‘y bo‘ldi… Hamma bir ko‘rishda oshiq bo‘ladigan ko‘zimga bir umrga mung tushdi. Bir kuni uyga borsam, dadam do‘ppilarida endi ketmoqchi bo‘lib turgan ekanlar: –Tinchlikmi dada? – desam. –Qizim tinchlikmas… Bobur akangni o‘g‘li Nurbek Rossiyadan
Maqola nomi : Dildagi armon
Vaqti : 30.04.2014|20:48
Ko'rilgan : 2192
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 318/251
Reyting
Bosh sahifa » Hikoyalar
Maqola o'qiypti :28 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика