UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Egri yo'lning kasofati yoxud
bir umrga yetgulik xato
Baxtiyor kasalxona derazasidan
bog'ni kuzatar ekan, bolaligi
o'tgan qishloqni yodga oldi.
***
5 yoshda edi o'sha vaqtlar. Juda
nochor yashardi. So'ng ikki yil
o'tib, otasining ishlari yurishib
ketdi va ularni shaharga taklif
qilishdi. Ko'chib ketgach Baxtiyor
tezda ko'nika olmadi. Tunlari
ko'zini yumsa ham shaharning
shovqinli ko'chalari quloqlari
ostida jaranglardi. Sekin asta
ko'nika boshladi. Dadasining
lavozimi oshib, ishlari
yurishgandan yurishardi.
Avvaliga dang'illama qilib uy
solishdi. So'ng mashinalar,
dacha, tillolar... Xullas ular
shaharning badavlat oilalaridan
biri edi. Bu orada Baxtiyor 21
yoshga to'ldi. Unga boylik o'z
bosimini o'tkazmay qolmadi. Har
kuni tungi klublar, har kuni har
xil qizlar, ichkilik va betayin
do'stlar. U yolg'iz, erka o'g'il edi.
Otasi ishdan bo'shamasdi, onasi
esa go'zallik saloniyu, mish -
mish sevar dugonajonlaridan.
Baxtiyor ham mehr istab, ko'cha
hayotini ma'qul ko'rdi. Qizlar u
uchun bir kunlik edi. Hatto bir
soatlik. Shaharda u gap otmagan
va qalbiga ozor bermagan qiz
yo'q edi. Shu tariqa u 23 yoshni
qarshiladi. Tug'ilgan kunini
shaharning eng obro'li
restaranlaridan birida
nishonladi. U yerga kelganlar
o'zining do'stlari va tanishlari
edi. Ammo bir begona qiz ham
bor edi. Ular ichishdi, juda ko'p
ichishdi. Tong otganda esa
Baxtiyor begona uyda, haligi
begona qiz bilan bir xonxada
yotardi... U hech narsani eslay
olmadi. Jaxl bilan dalaga chiqib
ketdi. Baxtiyor o'zidan ijirg'anib
ketdi. To'g'ri u qizlarni sevdim
deb aldagan, tashlab ketgan.
Ammo bu kabi ishlarga u hali
qo'l urmagan edi. Shu o'ylarni
hayolidan o'tkazib, mashinasida
ketardi. Birdan yo'l o'rtasida
paydo bo'lgan qizni ko'rib
tormozni bosdi. Ammo kech edi.
Qiz yo'lning narigi tomoniga
uchib ketdi. Tezda kasalxonaga
olib bordi. Birinchi yordamni
ko'rsatishdi. Baxtiyor undan tez -
tez xabar olib turdi.Qiz
kasalxonadan chiqgach, unda
hech qanday davosi yo'qligini va
hammasi o'zining ehtiyotsizligi
sabab sodir bo'lganini aytdi.
Baxtiyor esa uni kundan kun
yoqtirib qolardi. U o'ta sodda va
samimiy, go'zal qiz edi. Ismi
Maftuna. Baxtiyor hech qachon
sevaman deb aytishga
qiynalmagan edi. Ammo bu gal
juda qiynaldi. O'zini u beg'ubor
qizga loyiq deb bilmadi. Kunlar
o'taverdi, u qizni hayolidan
o'chira olmadi va qiz o'qiydigon
oliygoh tomon yo'l oldi. Uni
topdi. Lekin yana muhabbatini
izhor qila olmadi. Ortiga qaytdi.
Baxtiyor endi qizlarni
aldamaydigan, ichmaydigan va
chekmaydigan aqlligina yigitga
aylangandi. Maftunaga loyiq
bo'lish uchun xatolarini
to'g'irladi. Va nihoyat unga
qalbini ochdi. Yuzma - yuz emas.
Oddigina ammo, butun qalb
kechinmalari bitilgan xat orqali.
Maftunaning roziligini olish
anchayin mushkul bo'ldi. Ammo
Baxtiyor buni uddaladi. Maftuna
Baxtiyordan 3 yosh kichik edi.
Bir birlarini qattiq hurmat
qilishardi va sevishardi. Shu
yusinda kunlar o'tardi. Ikkalasi
ham baxt osmonida uchardi.
Maftuna oliygohni tamomlagach,
Baxtiyor sovchilarini yubordi. Ota
- onasi ham rozi. Hammasi
xamirdan qil sug'urgandek o'tdi.
Nikoh qurish uchun tibbiy
ko'rikdan o'tishlari kerak edi.
Maftuna sog'lom. Ammo
Baxtiyor... Baxtiyor SPIDning
qora domiga qulagan edi.
Maftuna buni eshitib, o'zini
yo'qotib qo'ydi. Ishonmasdi
sho'rlik qiz. Baxtiyor esa toshdek
qotdi. "Giyohvand moddalarini
iste'mol qilmasam, yomon ayollar
bilan aloqam bo'lmasa, axir
qanaqasiga bunaqa bo'lishi
mumkun" deya hayollari
parishon edi. Ammo bilmaydiki,
mastlikdagi qilgan xatosi bir
umrga yetgulik kasofat
yuqtirganini. Baxtiyorku xato
qilibdi. Ammo Maftunada nima
ayb? Ne aybi bor ediki, uning ilk
muhabbati sarobga aylanishi
kerak? Baxtiyor ham Maftunani
juda qattiq sevardi, uning ilk
haqiqiy muhabbati edi. Hamma
yomon illatlardan qutildi uni
uchratgach. Ammo juda kech
edi. Maftuna Baxtiyorga bir
noma bitdi va uni hamshiralarga
berib, egasiga topshirishini
tayinlab, uyi tomon yo'l oldi.
Hamshira tashvishlar bilan bo'lib,
xatni beishni unutdi. Kech
kirgach yodiga tushib, xatni
Baxtiyorga berdi.
Armonli MAKTUB...
Assalomu Alaykum, men uchun
qadri osmon bo'lganim. Men
sizdan aslo xafa emasman. Siz
bu kasalga duchor bo'libsizmi,
demak halol yo'lda yurmagansiz.
Umringiz tugagach, jahannam
o'tida kuyishingiz aniq. Zero
shunday ekan, men sizni u o'tda
yolg'iz qoldira olmayman. Joniga
qasd qilganlar ham o''sha o'tda
kuyishga mahkumdirlar. Siz
yonimda ekansiz, jahannam
o'tlari, Jannat sabosi kabi
tanamni silab o'tgay...
Baxtiyor qo'rqinchdan baqirib
yubordi. Qo'llari titrab,
Maftunaning uyi sari yo'l oldi.
Yo'lda ketar ekan, ko'z yoshlari
yuzlarini yuvdi. Yo'q deya
baqirardi. "Nega u meni
kasofatim deb nobud bo'lishi
kerak". U yig'lay - yig'lay yetib
keldi. Keldiyu, hushi boshidan
uchdi. Maftunalarning uyida aza
edi. Maftunaning onasi bor
ovozda yig'lar edi : "Bolam,
sening bo'yningga sirtmoq
osishga majbur qilgan kim? Axir
yaqinda to'ylaring
Maqola nomi : Egri yo'lni kasofati yoxud armonli sevgi qissasi
Vaqti : 30.04.2014|20:40
Ko'rilgan : 2765
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 302/207
Reyting
Bosh sahifa » Hikoyalar
Maqola o'qiypti :35 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика