UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Unashtirilib yaqin kunda to'yi
bo'ladigan, lekin baxtsiz hodisa
tufayli
avtohalokatga uchrab vafot etgan
qiz! O'ng yelkamda
tobut ko'zlarimda yosh,
Xaqiqat oldida egilganda bosh,
Tobutda yotardi go'zal qora qosh,
Yor-yor aytib bordik mozorigacha.
Yotardi u jim
ko'zlari ochiq,
Yotardi jilmayib kulgular sochib.
Ko'zimdan yosh oqardi tinmayin
achchiq,
Yor-yor aytib bordik mozorigacha. U
kirmagan edi
yigirmaga ham,
Endi qo'ygan edi hayotga qadam.
Karaxt bo'lib qolar eshitgan odam,
Yor-yor aytib bordik mozorigacha.
Ona voh dod deydi
hushin yo'qotib,
Ota ne qilishin bilmaydi qotib.
Bola vidolashar indamay yotib,
Yor-yor aytib bordik mozorigacha.
Seplar yig'gan edi
orzular qilib,
Bezatib ham qo'ydik liboslar ilib,
Onasi yig'laydi bag'rini tilib,
Yor-yor aytib bordik mozorigacha.
Taqdirmi qaranga
yosh ketdi essiz,
Mevasi qolmadi o'tdiku izsiz,
Oq libos kiyvolib yotardi hushsiz,
Yor-yor aytib bordik mozorigacha.
Mana so'nggi
yo'lga kuzatdik go'zal,
So'nggi bor qo'limiz uzatdik go'zal,
Bu dunyodan ko'ra u dunyo avzal
Yor-yor tugab qoldi mozorigacha.
Maqola nomi : MOZORGACHA AYTILGAN YOR YOR
Vaqti : 30.04.2014|20:37
Ko'rilgan : 1638
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 396/331
Reyting
Bosh sahifa » Hikoyalar
Maqola o'qiypti :27 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика