UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Shahar markazidagi köp qavatli uylarning
birida ko'zlari moviy,
sochlari tim qora, yanoqlari qizil, go'zal bir
qiz yashardi. U sira
jilmaymas, doim g'amgin yurardi.
Chunki u og'ir hastalikka chalingan va öz
ölimini kutardi. U har kuni deraza oldida
o'tirib, uyi qarshisidagi bir daraxtga
termulardi. O'ziga-o'zi shu daraxt
barglarini to'kib
bo'lganida, men olamdan ko'z yumaman
deb ishonardi.
Oradan vaqtlar ötib kuz keldi va
daraxtning barglari asta- sekinlik bilan
to'kila boshladi. Qiz bölsa kun sanab
daraxtga tikilib ötirardi. Ötayotgan har bir
kun göyoki oxirgisi böladigandek tuyulardi
unga. Barglarning tezroq tökilib, bu
azoblardan tezroq xalos bölishni istardi.
Nihoyat qish kelib daraxtda qöl b-n
sanarli bir-necha yaproq qoldi. Qizning
bölsa rangi sönib borar, umidsiz yashashda
davom etardi. Nihoyat daraxtda bittagina
barg qoldi. Qiz shu kuni har doimgidan
ham ma'yus va sölg'in edi. U tun
chökkanida, ertangi kun bu hayotni tark
etaman deya yostiqqa bosh qo'ydi. Shu
kuni tunda qattiq shamol bo'lib, yomg'ir
yog'di. Tong otib qiz uyg'ondi va nafas
olayotganligini, hali tirik ekanligini öylab,
nima bo'lganiga
tushunmasdan deraza qarshisiga bordi.
Daraxtdagi sönggi
yaproq xuddi kechagidek, sovuq shamolda
tebranib turardi. Qiz jimgina nigohini
yaproqdan
uzdi va ertangi kunni kuta boshladi. Ertasi
kun yana tongda uyg'onib deraza tomon
shoshildi. Zafaron barg hamon öz joyida
mag'rur turar, uning bu turishi qizni hayron
qoldirardi. Ertasiga, ertadan keyin, va
undan keyin ham... Barg xuddi hech
qachon tökilmaydigandek edi. Qiz nima
bölayotganligiga tushunmas, lekin uning
ham osonlikcha jon bergisi kelmas, hech
bölmasa shu bargchalik yasha u-n
kurashgisi kelardi. Unda hayotga ishonch
uyg'ongan va eng muhimi yashashda
davom etardi... Shu tariqa bahor kelib
daraxt yangidan kurtak chiqara
boshladi. Shifokor qabulida bölgan qiz
tuzala boshlaganligini
eshitib sevinardi. U ösha kuni nihoyat
najotkor yaproqqa qarab tabassum qilib
qöydi...
Bu voqea möjiza va bir vaqtning özida
möjiza emas edi. Möjizaligi shundaki, bu
hodisa tufayli hayotdan umidi uzilgan bir
qiz hayotga qaytdi, möjiza emasligi esa bu
hodisaning asl sababchisi bilan bog'liq edi.
Qizning uyi röparasidagi köp qavatli uyda
bir rassom yigit yashardi. Yigit röparadagi
uyda
yashovchi közlari moviy, sochi tim qora,
lekin sira kulmaydigan gözal qizni
yoqtirardi. U qizni har kun soatlab kuzatar,
uning suratini chizishni istar va bu surat
asarlari
ichida "shoh asar" bölishini orzu qilardi. U
qizni kulib turgan
chehrada suratda tasvirlashni va bu orqali
qizga tabassum
naqadar yarashishini aytishni istardi. Bir
kuni u qizning og'ir
hastaligini va röparadagi daraxt barglari
tökilib bölgan kun joni uzilishiga ishonishini
bilib oldi. U qizning ma'yusligidan siqilar,
uning uzoq yashashini, baxtli
bölishini istardi. Qish kelib daraxtda bitta
yaproq qolganida u qizda yashashga umid
uyg'otish yölini topdi. U haqiqiysidan farq
qilmaydigan darajada öxshash barg rasmini
chizib, sönggi tunda unda daraxt shoxiga
mohirona örnatib qöydi. Shu kuni kuchli
yomg'ir yog'di. Tongda qizning hayratini
körib, öz ishidan sevindi. Ertasiga, ertadan
keyin, undan keyin ham... Yigit har kuni
bargni almashtirib turardi, sovuq kunda
ham, qor yog'ganda ham... U qizning
yashab ketishiga astoidil harakat qilardi.
Bahor kelgach,
qizning yuzida ilk marta kulgu kördi. U
endi nihoyat özining "shoh asari"ni chizishi
mumkin edi...
Maqola nomi : Yawaw uchun kuraw
Vaqti : 30.04.2014|20:36
Ko'rilgan : 1585
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 393/263
Reyting
Bosh sahifa » Hikoyalar
Maqola o'qiypti :20 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика