UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Yomg’irli kunlarning birida
bekatda aftobus poylab
tursam, yoshi
elliklardan oshib qolgan bir
ayol yonimga kelib turdi. Ayol
kun sovuq bo’lishiga qaramay,biz
oz yupun kiyinganidan
dildirab
turardi. Unga rahmim keldi.
- Opaxon qayerga borayapsiz
shunday havoda? – dedim. - Yo’lni ham yaxshi
bilmayman. Markaziy
kasalxonaga borishim
kerak edi, - dedi u.
- Bir oz kutsangiz,
yo’nalishdagi taksi keladi, birga ketamiz.
Qayerda tushish kerakligini
o’zim ko’rsatib yuboraman, -
dedim
men.
Bir ozdan so’ng biz kutgan taksining qorasi ko’rindi.
Ammo
qaerdandur 5-6 yo’lovchi
kelib, bizga qo’shildi. Men
baribir navbat
bizniki degan hayolda turaverdim. Ammo mashina
kelishi bilan
ortimizdagilar “hujum” ga
o’tishdi va bizdan oldin
mashinaga
chiqib olishdi. - Insof qilinglar, navbati bilan-
da, - dedim qizishib. – Biz
qancha paytdan beri kutib
turibmiz-ku!
Hech kim gapimga e’tibor
qilmadi. - Hech bo’lmasa mana shu
onaxonni kasalxonaga tashlab
qo’ying, shoshib turibdi, -
dedim bus afar haydovchiga
yuzlanib.
Haydovchi esa bir yo’lovchilarga, bir onaxonga
qaradi. Ayolning
ahvolini ko’rdi-da:
-Ozgina kutsangiz, o’zlari
kasalxonaga olib ketishadi, -
dedi piching qilib.
Biz ikkimiz indamay bekatga
qaytdik. Baxtimizga keyingi
mashina
tezda keldi.
Ammo ko’p yurmay chorahadagi “probka” da turib
qoldik.
Haydovchi nima gapligini
bilish uchun o’sha tomonga
ketdi. Bir
payt rangi oqarganicha qaytib keldi:
- Mendan oldingi ketgan taksi
“Kamaz” ga urilib ketibdi!
Men “yalt” etib ayolga
qaradim. U indamay mendan
nigohini olib qochdi va nimalardir deb
pichirlab qo’ydi.
- Ichidagilarga hech narsa
qilmabdimi? – dedi kimdur
achinib.
- Bilmadim, yo’lovchilarni markaziy kasalxonaga olib
ketishibdi, -
dedi haydovchi.
Maqola nomi : Dil ozor
Vaqti : 30.04.2014|20:36
Ko'rilgan : 1354
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 217/321
Reyting
Bosh sahifa » Hikoyalar
Maqola o'qiypti :19 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика