UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Irodali kelin
Bir qiz o'z boshidan o'tkazgan jiddiy sinov haqida gapirib berdi...
—Kelin bo'lganimda 17 yoshda edim. Tikuvchilikni o'rgatayotgan ustozimning o'g'liga turmushga chiqqanman.“Odamning olasi ichida bo'ladi”, deb bekorga aytishmas ekan. Bir necha yil menga xushmuomalalik bilan ustozlik qilgan ayol, unga kelin bo'lganimdan so'ng qahri qattiq, berahm,
zolim qaynonaga aylandi.Turmush o'rtog'im yaxshi joyda ishlardi, topish-tutishi ham
yomonemasdi. Bir-birimizni juda yaxshi tushunardik, sevar edik. Har bir kunim
turmush o'rtog'imning ishdan kelishlarini kutish bilan o'tardi. Bir yil o'tib, qiz farzand
ko'rdik. Baxtim to'kis bo'layapti, deb o'ylardim... Kutilmaganda turmush o'rtog'imning ishlari
orqaga keta boshladi. Bu yoqda qaynonamning har ishimdan ayb topishlari, arazlari. Ro'zg'orda yetishmovchilik boshlandi. Bu ham yetmagandek erimning tez-tez tobi qochadigan bo'ldi.
...Kechki soat bir yarimlar chamasi.Zinapoyada Javohir akani kutib o'tirar ekanman, dabdurustdan eshik qattiq taqilladi. Ochsam u kishiyerda yotibdi. Bazo'r uyga olib kirdim. Yotqizib, kiyimlarini
almashtirar ekanman, bilaklaridagi ko'kimtir izlarga ko'zim tushdi. Dahshatdan dag'-dag' titrardim... Shu vaqt Javohir akam divandan yiqilib tushdi. Ko'zlarining har tomonga ketayotganini ko'rib yana
ham qo'rqib ketdim. Nima qilishnibilmay, qaynonamni chaqirdim,“Tez yordam”ni ham.
Bir zumda“Tez yordam”xodimlari yetib kelishdi. Ular Javohir akamni zudlik bilan shifoxonaga olib ketish kerakligini aytishdi, ko'nmadim. Chunki turmush o'rtog'imni narkologik dispanserga olib ketishlarini
mumkin edi. Shu zaylda yana kunlar o'tdi. Ikki oy deganda Javohir akam uydagi barcha buyumlarni sotdi, hatto tilla taqinchoqlarim ham qolmadi. Olib ketmang desam, meni uradigan, og'ziga kelgan so'z bilan haqorat qiladigan bo'ldi. Qizimning bu voqealarga guvoh bo'layotganidan xavotirlanardim, shu
bilan birga yaqin orada farzandli bo'lishni ham istamasdim. Ammo mening aytganim bo'lmadi, homilador bo'ldim. Erimning holatini bilganlar, shuningdek qaynonam hamhomilani oldirib tashlashim kerakligini
uqtirishardi. Ezildim. Ertalab qizimni bog'chaga tashladim-u, oyoqlarim boshlagantomonga ketaverdim. Uzoqda ko'ringan bir oqar suvning yonigaborib, uydan bosh olib ketsammikan, deb o'yladim. Chekkaroqdagi o'rindiqqa o'tirar ekanman, o'tgan kunlarni yodga oldim. To'yimiz, qizimning tug'ilishi, baxtli,
faraxbaxsh kunlarimizdan keyingi dahshatli, qo'rqinchli, alam va iztirobli kunlarning yurak-yuragimga botib ketgan tig'laridan ado bo'layozdim. Ammo ota- onam, qizim, qornimdagi farzandim haqida o'ylar ekanman,mensiz ularning qay holatga tushishlarini ko'z oldimga keltirdim. Shunda onamning bir gaplari yodimga tushdi. “Inson yiqilsa ham kuch topib o'rnidan turishi kerak, tura oldimi, yana yurib
ketishga harakat qilishi lozim”... “Agar uydan ketsam, turmushim buziladi. Javohir akam bu ahvolda hech qachon avvalgi holatiga qaytmaydi. Qaynonamning ko'z o'ngida ham epsiz, bemehr, vafosiz
kelin, ayol bo'lib ko'rinaman, ota-onamning yoniga borsam, yaqinlarimning boshi egiladi, farzandim
otasiz o'sadi. Qornimdagi homilani oldirib tashlasam, keyin hech qachon o'zimni kechira olmayman. Mabodo u sog'lom bo'lmasa-chi?”Xullas, ming bir iqror va qarorlardan so'ng, homilamni oldirmaslikka, shuningdek turmush o'rtog'imning kech bo'lmasidan tuzalishiga yordam berishga ahd qildim. Uyga borsam turmush o'rtog'im uyda, qaynonam esa yig'layapti. Bilsam, Javohir akam uydagi televizorni ham sotibdi. Uydagi temir karavotni sudray-sudray yerto'laga olib tushdim. Yerto'laning kalitini topib cho'ntagimga soldim-da, dordagi
arqonni yig'ishtirib oldim. Qizimniqaynonamning uyiga yotqizar ekanman, erimning kelishini kutdim. Bir vaqt
ochiq eshikdan erim kirib keldi. —Ket uydan, bolaniyam opket, men tamom bo'lgan odamman, bir narsa qilib
qo'yaman, ket.... Ko'zlarimda yosh bilan o'zini bazo'r tutib turgan erimni yerto'laga olib kirib tayyor
karavotga yotqizdim. Qo'l- oyoqlarini karavotning to'rt tomoniga bog'lar ekanman, hali uning va o'zimning nimalarga sabrqilishimiz kerakligini o'ylab dod degim keldi. Ertalab bog'chadan qaytsam, uyni
boshiga ko'tarib Javohir akam baqiryapti. Uning oldiga na men va na qaynonam kira oldik. Kichik derazadan qarasam, qo'llari va oyoqlaridagi arqon yechilgan. Paytini poylab eshikning tagiga ovqat, choy qo'yaman-u,
yana qulflayman. Har kuni bir necha marta dodlaydi, baqiradi, eshikni ochishimni talab qiladi. Yaxshiyamki yerto'la. Shu zaylda ikki yarim oy o'tdi. Bir kuni eshikning oldiga kelsam turmush o'rtog'im uyg'oq ekan.
Ovqatni qanday qilib qo'yishni o'ylab qoldim. —Eshikni ochib ovqatni qo'y-da, yana yopib ketaver,—dedi u kishi. Jon holatda derazadan qaradim. —Men odam bo'laman, chidayman, meni mana shu zaharga o'rgatganlarga ming la'nat, do'st emas ekan ular, seni necha marta urdim... Qulfla, ket, ket...—
u yig'lardi. Oradan yana bir oy o'tdi.Qaynonam uy yumushlariga yordam berar, qizga ham qarardi. Homilam ham 6
Maqola nomi : Irodali kelin
Vaqti : 30.04.2014|20:35
Ko'rilgan : 2639
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 327/177
Reyting
Bosh sahifa » Hikoyalar
Maqola o'qiypti :38 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика