UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Hangomaning
muqaddimasi to’yda
boshlandi.
Qizning eng yaqin
dugonasi turmushga
chiqayotgan edi.
Kuyovto’ra Towkentdagi
institutning bitiruvchisi
emasmi, kuyovnavkarlar
orasida shaharlik
"oqbilak”lar ham ko’zga
tashlanardi. Ana
o’shalardan biri qizdan
ko’zini uza olmay qoldi.
Qiz o’ziga qadalgan
nigohlarga dastavval
e’tibor bermadi, keyin jahli
chiqdi. Keyin kimdir kelib
o’yin qizib ketgan davraga
taklif etdi. Qiz nechundir
o’ziga tikilib "bezbet”ni
kuydirmoq istadi. Davrada
nur bo’lib, hur bo’lib
raqsga tushdi. O’yin
tugagach atrofdan
qarsaklar yog’ilib ketdi. Qiz
borib o’tirdi va shaharlik
yigitni ko’zlariga qyrilib
qaramadi. To’y tugadi. Qiz
to’yxonani tark etib uy-
uyiga tarqalayotgan qizlar
safiga qo’shildi. Ellik-
oltmish qadam
bosmasdanoq orqalaridan
yo’tal ovozi eshitildi. Zum
o’tmay shaharlik yigit
paydo bo’ldi.
-Kechirasiz men…-u
qizlarga oy nurida bir-bir
qarab chiqdi, ko’zlari o’zi
izlayotgan qizda to’xtadi.
– Men sizni kuzatib
qo’ymoqchi edim.
Qizlar piq-piq kulgancha
nari ketishdi. Qiz o’zi bilan
yuzma-yuz qolgan yigitga
istehzo bilan qaradi.
-Bizning qishloqni yaxshi
bilmasangiz,
qaytayotganda adashib
yurmang, sizni
tasavvuringizdagi qo’rqoq
qizlardan emasman.
Aksincha, qo’rqmaygina
to’yxonaga yetib
olishingiz uchun sizni
kuzatib qo’yishimizga
to’g’ri keladi!
Qiz yugurib borib
dugonalari safiga qo’shildi,
yigit esa turgan joyida
turib qoldi.
Qolgan gapni qiz
dugonasidan eshitdi.
-Voy, xo’jayinimning
shaharlik do’sti senga
oshiqu shaydo bo’lib
qolibdi. Mana senga xat
tashlab ketdi.
Qiz xatni o’qib ham
ko’rmadi, xotirjamlik bilan
xatni burdalab yirtdida:
-Mening javobim shu!-
dedi.
Shu zaylda uch oy o’tdi.
Yigit o’rtog’I orqali
maktublar, nafis sovg’alar
yuborib, qiz esa rad etib
charchamadi. Oxiri
dugonasi ko’tarib kelgan
navbatdagi sovg’ani
qaytarib yuborayotgan qiz
jahl ustida:
-Menga o’sha oliftaning
shaharchasiga shoirona
sebgisi emas, qishloqcha,
chapani mihabbati ming
marta ko’proq yoqadi,
bildingmi?!-dedi.
-Afsus,seni shunchalar
sevadsiganni qaytib
topolmaysan, - dedi
dugonasi ranjib.
Uning zahri yigitning
qulog’iga yetdi. Oldin
achchiqlandi, so’nggina
yigit rejasini amalgam
oshirishga kirshdi. Yigit
jo’rasining kichkintoy
ukasini sheriklikka tanladi.
Qizning hovlisiga bu payt
"odam savdosi”
pishitilayotgandi. Qiz esa
uyga qamalib olgancha,
shaharlik yigitni o’zidan
bezdirgan o’jar fe’lini
qarg’ab o’tirardi. Shu payt
hovlida g’ala-g’ovur
eshitildi, qiz derazadan
qarab, hovli o’ratsida turib,
baland ovozda
gapirayotgan bolani –
dugonasi qayinukasini
tanidi.
-Sovchilar bilib qo’yishsin
ekan-ular onasi o’pmagan
qizni kelin qilishmayotgan
ekan. Qizingizni sevgan
yigit allaqachon o’ng
yuzidan o’pgan ekan!
Ishonmasangiz o’sha yigit
ko’chada turibdi…
Hamma bakrayib qoldi,
nihoyat qizning otasi asta
o’rnidan qo’zg’aldi.
-Nima, nima deyapsan
zumrasha?! Ey, kim
o’rgatdi senga bunaqa
be’mani xazilni?
Bola javob o’rniga
ko’chaga qarab qochdi.
Ota ham ko’chaga chiqdi-
yu, darvoza oldida turgan
yigitga ro’baro’ keldi.
-Assalomu alaykum
-Valaykum assalom,-ota
birdan hushyor tortdi.
-E boyagi bola aytgan
odam senmisan bu nima
qiliq?
-Qiliq emas, sevgining
telbaligi.
-NIma?! – ota yigitning
yuziga tarsaki soldi.
-Aytdim-ku!…
Ota uni charchaguncha
do’pposladi. Sovchilat
to’nini teskari kiyib jo’nab
qolishdi. Ota uydan chiqib
kelayotgan xotiniga zahar
sochdi.
-Qani yaramas qizing?!
-Xonasiga kirmang. O’zim
ham uraverib chalajon
qilib qo’ydim. Voy sho’rim
endi nima qilamiz?
-Nima qilarding qizingni
o’sha shaharlik
mahmadanaga berasanda!
Kechqurun qiz bir amallab
dugonasi ogohlantirib
ketgan ucharshuvga
chiqdi. Endi chiqib
kelayotgan to’lin oy
nurlari qizning bo’yin va
bilaklaridagi onasining
chimchilashidan ko’kargan
joylarini yoritib turardi.
-Bu…bu nimasi? – dedi qiz
yig’lamoqdan beri bo’lib
turgan joyida bo’lgan
voqeani izohlashga so’z
topolmay.
Yigitning momataloq
yuzlarida, yorilib
qonayotgan lablarida
g’loibona tabassum
o’ynadi.
-Bumi? Bu - qishloqcha
muhabbat!
Maqola nomi : Qishloqcha muxabat
Vaqti : 30.04.2014|20:33
Ko'rilgan : 1735
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 395/243
Reyting
Bosh sahifa » Hikoyalar
Maqola o'qiypti :25 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика