UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Hayot ummonida "Baxt
oroli” tomon o’z kemamda
maqsad yelkanlarini
mayin esayotgan orzu
shamoliga ixtiyoriga
topshirib suzib borar
ekanman notanish orol
qirg’og’ida yolg’iz sayr
qilayotgan bir qizga
ko’zim tushdi. Nega
shunday malak kimsasiz
orolda yolg’iz sayr
qilayotganini bilish istagi
uyg’ondi qalbimda.
Kemamni to’xtatdim.
Qiziqish qayig’ini suvga
tushurdim. Ishtiyoq
eshkaklarini eshgancha
orol tomonga suza
boshladim. Orol
qirg’oqlariga qadam
qo’ygan cho’gimda meni
go’zallikda tengi yo’q
malaklar qarshi olishdi.
Men xattoki ularga e’tibor
beymay yolg’iz sayr
qilayotgan qiz tomonga
oshiqdim. Nihoyat uni
oldida paydo bo’ldim.
- Yaxshi qiz ! Nega yo’lgiz
sayr qilyapsiz? Yo kimnidir
kutayapsizmi?
- Men sizni kutayotgan
edim yaxshi yigit
– uning bu javobidan
qalbimda nimadir
uzilganini his ettim.
- Qanaqasiga?
- Shunaqasiga! Siz "Baxt
oroli”ga ketyabsiz
to’g’rimi ? Bu orol siz
izlagan oroldir. Men esa
sizning Baxtingizman.
- Agar siz meni Baxtim
bo’lsangiz bu orolda bir
umr qolishga roziman -
deb javob berdim, chunki
uni shu o’tgan qisqa fursat
ichida sevib qolgan
edimda. U meni orol
ichkarisiga boshladi. Men
so’zsiz unga ergashdim.
"Baxt oroli” juda chiroyli
ekan atrofni hayrat ila
tomosha qilib, "Baxtim”ni
uyiga yetib kelganimni
sezmabman. Bizni o’rta
yoshdagi go’zal bir ayol
qarshi oldi.
- Opa men sizga aytgan
edimku meni baxtim izlab
keladi deb! Siz
ishonmagan edingiz. Mana
u yigit – deb meni opasiga
tanishtirdi. "Baxtim”ni
opasi juda hushchaqchaq
ekan. Biroz chanqagan
edim. Chanqog’imni bosish
uchun suv so’radim.
"Baxtim”ni opasi esa
manga qadah to’la may
tutdi
- Uzr opa men may
ichmayman.
- O’z baxtini topgan yigit
ichmasa kim ichadi. Bu
oddiy may emas. Bu
MUHABBAT SHAROBI "yigit”
– deya meni ichishga
undadi. Men yana rad
etmoqchi edim, lekin:
- Baxtim men uchun bir
qultum iching – deya
erkalana boshlagan
"Baxtim” sabab qadahni
qo’limga oldimu, bir
ko’tarishda bo’shattim.
Ichimda olov yona
boshladi. O’zimni nazorat
qilolmay qoldim. Xuddi
olovga moy sepgan kabi
"Baxtim” ham alambalo
qiliqlar qila boshladi. Men
uni bag’rimga bosdim u
qarshilik qilmadi.
"Baxtim”ni opasi shu onda
menga yotoqxonani
ko’rsatdi. Men Bahtimni
ko’targancha ko’rsatilgan
xona tomonga yurdim.
Ertalab ko’zimni ochsam u
yonimda yo’q edi biroq
Baxtimni opasi menga
jimayib qarab turgan
ekan.
- Opajon singlingiz qani?
- Sizga nonushta
tayorlayapti.
- MUHABBAT SHAROBI
bormi? Yana ichgim
kelayapti opajon!
- Kechagi oxirgisi edi.
Ko’chamizni tugashida
bozor bor o’sha yerda
sotadi.
- Men hozir – dedimu
kiyimni egnimga ilib bozor
tomonga chopdim.
Baxtimni opasi esa meni
qaytarishga rosa urindi
biroq uddalay olmadi.
Sharob sotuvchisidan
MUHABBAT SHAROBI harid
qilib ortimga qaytar
chog’da ko’chani bir
chekkasida chamasi
menga tengdosh eti
suyagiga yopishgan, yerda
yuztuban yotgan
telbanoma bir yigitni
odamlar bir qultim suv
so’rab qilayotgan nolasi
eshittim. To’g’risi unga
rahmim keldi. Yoniga
bordim:
- Iltimos. Bir qultim suv
bering birodar?
- Uzr. Hozir oldimda suv
yo'q lekin sharob
ichaverasizmi?
- Bir oydan buyon na
ovqat yedim na biror nima
ichdim. Yolvaraman
sharob bo’lsa ham mayli
bering iltimos.
- Mana xoxlaganizcha
iching – deya unga
MUHABBAT SHAROBI
tutqazdimda Bozorga yo’l
olmoqchi bo’lganimda uni
bergan savoli meni
to’xtashga majbur qildi.
- Siz ham baxt orolini izlab
safarga chiqib, qirg'oqdagi
Baxtingizni uchratibsizda
birodar?
- Buni qayerdan bildingiz?
- Ey birodar Men ham siz
kabi baxt orolini izlab
safarga chiqib, qirg'oqdagi
Baxtimni uchratib, siz
menga xozir bergan
MUHABBAT SHAROBIni ham
ichganman.
- Tushunmadim! Bu bilan
Meni Baxtim sizni ham
Baxtiz bo’lganini
aytmoqchimiz menga ?
- Ha shunday. Hozirda sizi
Baxtiz bo’lib turgan o’sha
go’zal Sizdan avval meni
Baxtim edi. . Birinchi
kundanoq Baxtizman deb
uyiga boshlagan ham
manga opasi bilan ilk
marotaba MUHABBAT
SHAROBIni ichirgan ham,
turli maqsadlari yo’lida
noz karashma ila meni bor
budimni ishlatishga
majbur aylagan ham va
nihoyat meni tuzalmas
dardga mubtalo etib shu
kuyga tushushimga sabab
bo’lgan ham o’sha
ekanligini aytmoqchiman.
Nimalar bo’layapti o’zi
Baxtimni gaplariga
ishonaymi yo mana bu
telbani xaqiqatigami
bilolmaymay boshim
qotgan mahalda
Onajonimni gaplari
yodimga tushdi. "Bolam
Baxtga osonlikcha
erishilmaydi buni unutma.
Osonlikcha qo’lga
kiritilgan baxt xech
qachon senga vafo
qilmaydi va seni
tubsizlikka boshlaydi.
Mashaqqatlar ila yetishgan
baxting esa bir umr seni
oldinda bo’ladi va seni
baxtiyor qiladi ” Xammasi
boshidan o’ylay
boshladim. Birinchi
suxbatdanoq rozi bo’lgani
uyiga boshlagini opasi esa
menga MUHABBAT
SHAROBI ichirgani va
gunohga boshlagani …..
- Birodar
Maqola nomi : Yaxshi qiz ! Nega yo’lgiz sayr qilyapsiz?
Vaqti : 28.04.2014|21:17
Ko'rilgan : 2505
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 286/205
Reyting
Bosh sahifa » Hikoyalar
Maqola o'qiypti :41 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика