UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Kim
köproq sevadi? Yigit va
qiz bu haqda köp
bahslashishardi. Aslida
ularning har birining
yuraklarida ikkisiga ham
yetgudek bir dunyo
sevgilari bor edi. Kim
köproq sevishini esa
nigohlar hal qilib berardi
doim. Sevgiga töla
közlar bir-birlariga uzoq
termulardi. Yigit har
safar g'olib chiqardi.
"Kördingmi, kim köproq
sevarkan", -derdi u
qizga. Qiz hech qachon
mag'lub bölganidan xafa
bölmasdi. "Seni kimdir
shunday seva olsa,
ehtimol baxt degani shu
bölsa kerak" - öylardi u.
Ha, olamda sevgidan
ulug'vor tuyg'u bölmasa
kerak. Lekin shu
olamning yana bir qat'iy
qonuni bor: sevgi faqat 2
qalbga tegishli böladi,
özgalar uchun esa u
mavhum, boshqacha
aytganda ahamiyatsiz.
Yigit b-n qizning
sevgisini ham özlaridan
boshqa hech kim anglay
olishmadi. Ota-onalar bu
munosabatlarga qarshi
chiqdilar. Yigit ham, qiz
ham ularning amriga
qarshi chiqmaydigan
darajada qobil farzand
edilar. Endi baxt töla
nigohlarni ma'yuslik
egalladi. Ular
bahslashadigan savol
ham özgardi. Ularda
faqat bir ma'noni uqish
mumkin edi: "Endi nima
qilish kerak?" Ularning
qalblarida asrayotgan
sevgilari köl suvidek
sokin va shaffof bölishi
b-n birga töfondek
qudratga ham ega edi.
Ular bu dunyoda
bölmasa, u dunyoda
baribir birga bölamiz
deb ishonardilar.
Shuning uchun ham har
ikkisi sevgisi uchun
jonini qurbon
qilishdanda
chöchimasdilar. Ularning
ahd-u paymonlari
shunday böldi: "Biz birga
ölamiz..." Ular sönggi bor
bir-birlariga termuldilar.
Qiz yig'ladi... yigit
xörsindi... Keyin har biri
öz yöliga ketdilar... Qiz
sirtmoqqa böynini suqar
ekan, közlarini chirt
yumdi. Közida yosh,
tanida titroq, keyin esa
og'riq... Yigit ham
közlarini yumdi. Lekin
uning taqdiri bunday
ölimni istamadi.
Közlarini ochganida
qoshida ota-onasini
kördi... Bir necha kun
og'ir yotgan yigit
nihoyat qizning qabriga
keldi. Endi u bir vaqtlar
dunyodagi eng gözal
bölgan közlar örniga
qizning yurakni ezuvchi
qabr toshlariga termuldi.
Yangi qabr toshlariga
shunday so'zlar yozilgan
edi: ...ayting kim köproq
sevarkan?
Maqola nomi : Kim ko'proq sevadi?
Vaqti : 28.04.2014|21:17
Ko'rilgan : 1510
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 398/252
Reyting
Bosh sahifa » Hikoyalar
Maqola o'qiypti :22 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика