UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Shahar markazidagi köp
qavatli uylarning birida
ko'zlari moviy,
sochlari tim qora,
yanoqlari qizil, go'zal bir
qiz yashardi. U sira
jilmaymas, doim g'amgin
yurardi.
Chunki u og'ir hastalikka
chalingan va öz ölimini
kutardi. U har kuni deraza
oldida o'tirib, uyi
qarshisidagi bir daraxtga
termulardi. O'ziga-o'zi shu
daraxt barglarini to'kib
bo'lganida, men olamdan
ko'z yumaman deb
ishonardi.
Oradan vaqtlar ötib kuz
keldi va daraxtning
barglari asta- sekinlik
bilan
to'kila boshladi. Qiz bölsa
kun sanab
daraxtga tikilib ötirardi.
Ötayotgan har bir kun
göyoki oxirgisi
böladigandek tuyulardi
unga. Barglarning tezroq
tökilib, bu azoblardan
tezroq xalos bölishni
istardi. Nihoyat qish kelib
daraxtda qöl b-n
sanarli bir-necha yaproq
qoldi. Qizning bölsa rangi
sönib borar, umidsiz
yashashda davom etardi.
Nihoyat daraxtda
bittagina barg qoldi. Qiz
shu kuni har doimgidan
ham ma'yus va sölg'in edi.
U tun chökkanida, ertangi
kun bu hayotni tark
etaman deya yostiqqa
bosh qo'ydi. Shu kuni
tunda qattiq shamol
bo'lib, yomg'ir yog'di.
Tong otib qiz uyg'ondi va
nafas olayotganligini, hali
tirik ekanligini öylab, nima
bo'lganiga
tushunmasdan deraza
qarshisiga bordi.
Daraxtdagi sönggi
yaproq xuddi kechagidek,
sovuq shamolda tebranib
turardi. Qiz jimgina
nigohini yaproqdan
uzdi va ertangi kunni kuta
boshladi. Ertasi kun yana
tongda uyg'onib deraza
tomon shoshildi. Zafaron
barg hamon öz joyida
mag'rur turar, uning bu
turishi qizni hayron
qoldirardi. Ertasiga,
ertadan keyin, va undan
keyin ham... Barg xuddi
hech qachon
tökilmaydigandek edi. Qiz
nima bölayotganligiga
tushunmas, lekin uning
ham osonlikcha jon bergisi
kelmas, hech bölmasa shu
bargchalik yasha u-n
kurashgisi kelardi. Unda
hayotga ishonch
uyg'ongan va eng muhimi
yashashda davom etardi...
Shu tariqa bahor kelib
daraxt yangidan kurtak
chiqara
boshladi. Shifokor
qabulida bölgan qiz tuzala
boshlaganligini
eshitib sevinardi. U ösha
kuni nihoyat najotkor
yaproqqa qarab tabassum
qilib qöydi...
Bu voqea möjiza va bir
vaqtning özida möjiza
emas edi. Möjizaligi
shundaki, bu hodisa tufayli
hayotdan umidi uzilgan
bir qiz hayotga qaytdi,
möjiza emasligi esa bu
hodisaning asl sababchisi
bilan bog'liq edi.
Qizning uyi röparasidagi
köp qavatli uyda bir
rassom yigit yashardi. Yigit
röparadagi uyda
yashovchi közlari moviy,
sochi tim qora, lekin sira
kulmaydigan gözal qizni
yoqtirardi. U qizni har kun
soatlab kuzatar, uning
suratini chizishni istar va
bu surat asarlari
ichida "shoh asar" bölishini
orzu qilardi. U qizni kulib
turgan
chehrada suratda
tasvirlashni va bu orqali
qizga tabassum
naqadar yarashishini
aytishni istardi. Bir kuni u
qizning og'ir
hastaligini va röparadagi
daraxt barglari tökilib
bölgan kun joni uzilishiga
ishonishini bilib oldi. U
qizning ma'yusligidan
siqilar,
uning uzoq yashashini,
baxtli
bölishini istardi. Qish kelib
daraxtda bitta yaproq
qolganida u qizda
yashashga umid
uyg'otish yölini topdi. U
haqiqiysidan farq
qilmaydigan darajada
öxshash barg rasmini
chizib, sönggi tunda unda
daraxt shoxiga mohirona
örnatib qöydi. Shu kuni
kuchli yomg'ir yog'di.
Tongda qizning hayratini
körib, öz ishidan sevindi.
Ertasiga, ertadan keyin,
undan keyin ham... Yigit
har kuni bargni
almashtirib turardi, sovuq
kunda ham, qor
yog'ganda ham... U
qizning yashab ketishiga
astoidil harakat qilardi.
Bahor kelgach,
qizning yuzida ilk marta
kulgu kördi. U endi
nihoyat özining "shoh
asari"ni chizishi
mumkin edi...
Maqola nomi : Shahar markazidagi köp qavatli uylarning birida
Vaqti : 28.04.2014|21:07
Ko'rilgan : 1508
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 209/243
Reyting
Bosh sahifa » Hikoyalar
Maqola o'qiypti :31 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика