UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Maktabda öqib yurgan paytlarim bir qizga judayam havas qilardim. U qizga bir men emas, barcha sinfdoshlar havas qilardik. Chunki u judayam sodda, mehribon, ochiqköngil qiz edi. Oilasi biroz nochorroq yashardi. Shuning u-n u köpam öziga qarayvermas, doim uniqqan kiyim kiyib yurardi. Ammo shu eski kiyimlari unga juda yarashardi. Sodda, samimiy, uyalchang bu qizning ismi Umida edi. Umida sinfdosh qizlar b-n yaxshi chiqishar, barcha b-n birdek muomala qilardi. Ammo biz yigitlar b-n qöl berib sörashish u yoqda tursin közimizga qarab gapirolmasdi. Shunchalik uyalardi hatto yonidagi stulga ötirsak örnidan turib olardi. Yigit kishi b-n yonma-yon ötirmasdi. Bunga manimcha qiz bolalik ibosi yöl qöymasdi. Ammo bizdan hech narsasini qizg'anmasdi. Undan ba'zan uy vazifasini sörasak ba'zan yozma ish javoblarini köchirishga olardik. Uning qöli ochiqligidan köpchilik foydalanardi.
Biz 8-sinf böldik. Umidaning ota-onasini ishda lavozimlari kötarildi. Endi u ham öziga qarab yurar, chiroyli va yangi kiyimlar kiyar, biroq ösha ösha samimiy edi. 8-sinfda bizlar ancha ulg'aydik. Umida ham juda chiroyli qiz böldi. Uning ortidan yurguchi oshiqlari ham bisyor edi. Ulardan biri 11-sinfda öqiydigan Botir aka edi. U doim Umidani yölini tösib olar, sevgi izhor qilar. Umida qayerga borsa ham ortidan qolmas edi. Bunday oshiqlariga Umida doim birdek-indamaslik b-n javob qaytarar edi. Uning dilidagilarni bilish mushkul ediki buni hatto eng yaqin dugonasi Nargiz ham uddalay olmasdi. Umidani sinfdagi yigitlarning köpchiligi yoqtirardi. Shular ichida men ham bor edim. Men unga köp bor xatlar yozib kitobining ichiga solib qöyardim. U esa hech bir xatimga javob yozmasdi, shu b-n birga muomalasini ham özgartirmasdi. Umida kimni sevishini esa hech kim bilmasdi. Shu tariqa bizlar maktabni bitirdik. Hamma sinfdoshlar har tarafga ketdik. Oradan yillar ötdi. Maktabni tugatganimizning 8 yilligini barcha sinfdoshlaar yig'ilib nishonladik. Sinfdoshlar hammamiz özgaripmiz. Ayniqsa qizlar, ular allaqachon oilali, farzandli bölishgan. Yigitlardan ham ba'zilari uylangan. Lekin hamma ösha ösha shöx shodon. Yig'inimizga faqatgina Umida kelmadi. Hammamiz qiziqardik u qanchalik özgarganini bilishga. Ammo u kelmadi. Bizlar qiziqib u h-da Nargizdan söradik. - Nargiz, Umidaning bugungi yig'inimizdan habari bormidi, nega kelmayapti?
- Umidaning eri biroz rashkchiroq. Umidani köchaga chiqaravermaydi, bugungi yig'inga ham qöymadi. - dedi Nargiz biroz ma'yuslanib. - Umidaning farzandlari nechta böldi Nargiz?- deb söradi Madina. Nargiz esa yanada xomush b-b: - Umida farzand körgani yöq, dedi. Hammamiz jimib qoldik. Birozdan söng Otabek: - Nargiz, Umida kimni sevardi, senga aytganmi hech? deb qoldi.
- Umidaning sevgisi dilida qolgan. Izhor eta olmagan.
-Rostdanmi, u kimni sevardi? deb söradik hammamiz.
- Aytaqol Nargiz, Umida kimni sevardi?
- Mayli aytaman, faqat gap shu yerda qoladi. Hech kimga aytmaysizlar, deya shart qöydi Nargiz. Bizlar rozi böldik.
- Man ham u kimni sevishini töyi kuni bilganman. Ösha kun u kelinlik libosida edi. Ikkimiz suratga tushayotganimizda bir qizcha xat keltirib Umidaga berdi. Umida ham xayron holatda xatni ochib öqidi va birdan yig'lab yubordi. U sevgan yigit Umidaning töyidan juda kech habar topibdi. Qalbidagi sevgisini qog'ozga tushuribdi söngra Umidaga baxt tilabdi va xatni unga kiritib yuboripti. Buni qarangki Umida ham ösha yigitni sevgan ekan, lekin bu tuyg'ularni ularning ikkisi ham qalblarida sir tutishgan. Izhor etilmagan muhabbat.
-Ösha yigit juda kech qolibdida. Kim ekan özi u? Söradim men.
- U yigit Umida b-n bir kollejda yuqori kursda öqigan, ismi Jamshid ekan. Аytgancha u sizga qöshni turardi.
Birdan köz oldimga qöshnimiz Jamshid aka keldi. Mahallada eng zöri edi nimadir böldiyu özgarib qoldi. Judayam odamovi, darveshsifat b-b qoldi. 4 yil oldin Jamshid akani majburlab uylantirishgandi, biroq Jamshid aka özgarmadi, aksincha baxtsiz oilalar soni bittaga köpaydi.
Hammamiz Umidaning taqdiriga achindik, qölimizdan boshqa nimaham kelardi.

Azizlar, qalbingizda uyg'ongan sevgini öz vaqtida izhor etinglar, zero baxtingiz öz qölingizda.
Maqola nomi : Sinfdosh qiz yohud izhor etilmagan muhabbat
Vaqti : 28.04.2014|21:05
Ko'rilgan : 2646
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 345/274
Reyting
Bosh sahifa » Hikoyalar
Maqola o'qiypti :33 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика