UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Bugun sizga bir qizaloqning goh
shodon, goh achinarli kechgan
hayoti haqida hikoya qilamiz.
Qahramonimizning ismi
NuriJahon. Biz uning bolalik
chog'laridan qisqa voqealarni
aytib o'tamiz.

NuriJahon tug'ilganda dadasi
ozroq ranjigandek bo'ldi.
-Suyunchi bering! Qizchalik
bo'ldingiz. - eshikdan yugurib
chiqdi hamshira.
-Hm. Qizga ham suyunchi
beradimi?
Sababi u o'g'il tug'ilishini istardi.
Kichik NuriJahonni uyiga olib
kelishdi. Uni hamma yaxshi
ko'rardi. Ayniqsa, bobosi va
buvisi o'zini qo'yarga joy
topolmasdi. NuriJahonning
ammasi esa undan ota - onasini
qizg'onardi. Shu sabab
NuriJahonni har kuyga solib
o'tirardi. Sochini tufuklab
tikraytirib chiqardi.
-Aka qizingizni qarang,
erkatoyingizni nima qildim. Kichik
ajdahocha. Ajdahocha.
19 yoshli singlisini bu ishidan
Nodirning jaxli chiqardi.
-Eyyy, bas qil. Hozi ushlab olsam
o'zim bilaman. Oyi, qizingizni
qaramesmi? Alamiga
chidolmaydi. Nima endi yosh bola
bo'lging kelib qoldimi?
-Ha, nima buncha nohaqlik
qilasizlar-a? Oy tug'sa ham
NuriJahonga, kun tugsa ham.
Bunaqasi ketmaydi.
-Voy bu. Hali chaqaloq bo'lgingiz
kelib qoldimi? Oyiii, bunga Nurini
beshigini olib chiqing, yotsin.
Haya, so'rg'ichini ham og'zingga
solib ol! - shunday deya Nodir
ishga chiqib ketdi.
Nodir mehrini ichida, yuragining
qat-qatida saqlardi. Ishdan
qaytishda qizalog'i uchun
o'yinchoqlar, shirinliklar olib
qaytardi.
Tunlari NuriJahon yig'lasa, onasi
uni hech yupatolmasdi.
-Alla ayt! - derdi Nodir turmush
o'rtog'i Munisga qarab.
-E, alla bilmasam nimani
aytaman?
Nodir achchiq qilib alla ayta
boshlardi.
-Allllaaaa, alllaaa! Qanaqa ayolsan-
a? Alla aytishni bilmaydigan? Men
aytganlarimni takrorla!
-Yo'q, aytolmayman.
NuriJahon ota-onasining
ovozlarini eshitib, beshik ichida
shunaqa qiqirdab kulardi-ki, uni
ko'rgan ota-onasini mehri
yanada tovlanardi.
NuriJahon 2 yoshga to'ldi. Uni
bobosi va buvisi qishloqga olib
ketishdi. Uni donoligi va
topqirligidan ular lol qolardi.
Yong'oq pishgan vaqtlari edi. Uni
buvisi ko'tarib turardi, bobosi
yong'oq qoqardi.
-Yeyga o'tiyaman.-derdi qizaloq.
Buvisi uni ko'rpacha ustiga
o'tqazardi. Qizaloq yong'oqni
po'stidan chunanam ajratardiki,
uni ko'rib bobosi tuf-tuf ko'z
tegmasin derdi. Nozik va mitti
qo'lchalari bilan tozalaganini
ko'rgan kishi "Jonim o'zimni"
deyishdan o'zini tutolmasdi.
U bir bolakay bilan
do'stlashgandi. NuriJahon 3
yoshda, Akromshox esa 5 yoshni
qarshilagan edi. Ular doim birga
yurardi. Qip-qizil tutlarni
kiyimlariga oqizib yerdi, qum
sochardi, suv separdi. Xullas
bolakaylar doim shodon edi.
Kech kirdi. NuriJahon uyida
o'tirardi. Buvisi nimanidur
qidirardi.
-Buvijon nimani izleysiz?
-E, qurib ketsin. Chivin o'ldirgich
bor edi-ku, o'shani izlayapman.
Ko'rmadingmi bolajonim.
-Yo'q, ko'rmadim. Chuqurga
tushib ketganmi? Yoki katta bo'ri
olib ketganmi?
Aslida uni NuriJahonning o'zi
berkitib qo'ygandi. Yo'qsa buvisi
chivin o'ldirib, unga ertak aytib
bermasdi-da.
-Bobo, meni "laydam" qani? Doim
shunaqa, yashirib qo'yasizlar
(qizaloq adyol deyolmasdi. Uni
layda deb atardi).
-Onam, yashirganimiz yo'q, ana
turibdiyu. -derdi bobosi.
Buvisi bozorga borgudek bo'lsa,
"Menga labkach(pamada) olib
keling derdi Nurijahon.
Kunlari shundoq mazmunli va
shodon o'tardi ularni. Ular yana
o'z uylariga qaytishdi. Bolalik
qildi-da NuriJahon Akromshox
bilan xayrlashmadi ham.
NuriJahon ulg'ayib 5yoshga
to'ldi. U yoshligidan ukasiga
qo'shilib faqat yigitlarni orasida
o'sib - ulg'aydi. Shu sabab bo'lsa
kerak ozgina yigitlarcha harakteri
bor. Shu kunga qadar
dadajonisini ketidan qolmasdi.
Kunlardan bir kun u dadasi bilan
bir tadbirga bordi. U yerda
dadasining bir o'rtog'i dedi :
Nodir meni sevgilim qani? Nega
kelmadi? - ko'zini qisib qo'ydi
NuriJahonning dadasiga qarab.
-Amaki sevgilingiz kim? -Qiziqib
so'radi NuriJahon.
-Voy, bilmaysanmi? U seni oying.
-hazil qildi atay jaxlini chiqarish
maqsadida.
Shu vaqt NuriJahonning jaxli
maximal darajaga yetdi va jamoat
joy bo'lishiga qaramasdan, uni
quvlay ketdi, ortidan tinimsiz
toshlar otdi. Dadasi esa xursand
bo'lib, zavq ila tomosha
qilardi."Barakalla otasining qizida
o'zi"...
-Ey o'rtoqlar bizda shunaqa,
qizim dadasi bilan yurib, onasini
himoya qiladi, O'g'lim esa uyda
o'tirib onasiga yordam qiladi.:-)
NuriJahon Akromshoxni doim
qumsardi. Tushlarida birga
o'ynardi u bilan. Bobosiga "uni
topinglar" deb harhasha qilardi.
Maqola nomi : Muhabbatim qismatim
Vaqti : 28.04.2014|21:04
Ko'rilgan : 1568
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 269/248
Reyting
Bosh sahifa » Hikoyalar
Maqola o'qiypti :54 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика