UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Erta
tong
men va
qadrdon kompyuterim,
xar kun shunday
boshlanar kunim.
Monitorimdagi yagona
suratinga termuladi
nigoxim. Uff u offline
naxot shu netga qolgan
bo'lsa kunim. Nima
bilmaydimi yoki agentda
kutishim. Urraaa u
onlayin eng baxtli
smaylkaga almashadi
statusim... Mexrli salom
alikdan keyin boshlanadi
dialog. Yaxshimisiz?
diydi xuddi boshqa gapi
yo'q. Orada jo'natadi
sevgi xaqida monolog.
Sevsang nega
aytolmaysan qo'rqoqsan
jurating yo'q... Men
qo'rqoqman, sen esa
jur'atsiz. Sevgimiz go'ya
soqov izxorsiz.
So'zlashadi qalblar biz
esa jimmiz. Lekin barbir
o'zgacha indamay
sevish. Ikkimiz xam tan
olmaymiz go'yoki
do'stmiz... Garchi olis
masofamiz lekin mexrni
xis etamiz. Ikki soqovdek
sezdirmay jim sevamiz.
Yana eng yaxshi do'stim
dep yana yurakni aldap
qo'yamiz. Garchi uzoq
gaplashmasak xam bir
birimizni yaxshi
tushunamiz... Axd
qilgandim bugun
aytishga qanchalar seni
sevishim. Mayli xafa
bo'lip araz qilsam xam
mendan g'ururim. Xozir
aytaman, mana aytman
dedumi aytishga
yetmadi kuchim. Iboga
yengildim, ketmadi
yozganim o'chip qoldi
netim. Yaxshiyam o'chip
qoldi axir uyat sevaman
dep aytishim... Goxo
o'zimni so'kip qolaman.
Qanday ko'rmay sevish
mumkun o'ylap
qolaman. Aslidachi
shartmi sevish uchun
ko'rish qayta qayta
o'zimga savol beraman
Goxo sezadimi dep
yurakli statusga so'roq
yozip qo'yaman. Yo'q u
meni sevmaydi umid
qilip nima qilaman.
Goxoda esa sezaman iliq
mexring. Nimalardur
aytmoqchi bo'lasanu
lekin qotip qoladi
neting. Anig'ini
bilolmadim o'zi bormi
menda ko'ngling. Balki
men sen uchun men
faqat yaqin do'sting...
Bazida jaxlim chiqadi
qo'rqoqligimdan. Ey
og'il bola degani xam
shunaqa bo'ladimikan?
Shartda ignorga
jo'natsammikan?
Shunday qilip
xammasini
tugatsammikan?
Bilmayman qachon
qayerda sevip ulgurdim.
Axir uch yildan beri bir
gapni kutdim. Jin ursin
qaydan xam o'zi netga
kirdim. Lek uni yana
sog'inaman tutip
xumorim... Bu gaplarim
jaxlda aytiladi xolos.
Sendan kecha
olmaganim ros. Faqat
sendan bittagina
iltimos. Hech bo'lmasa
statusingda
ko'nglingdagini yoz...
Men sendan, sen
mendan o'tgan qaysar.
Oramizda sevgi
berkinmachoq o'ynar.
Qani kim sevgisi
yaxshiroq berkitar. Axir
men qiz bolaman qizlar
sevgisin yashirar.
Bilmadim
berkinmachoqda kim
g'olip bo'lar... Kutma
men xam aytmayman
sevishim. Aytsam
bilaman borini xam
yo'qotishim. Balki sen
xam aytolmaysan shudir
o'xshashligim. Undan
ko'ra yaxshiroq do'st
bo'lip qolishim.
Monitorimni to'ldirip
turar jo'natgan surating.
Menga qadrdon xatto
sog'inching. Yuragimga
yaqin shirin azobing.
Doim menga vidim
statuslaring... Xazillar
bilan kayfiyatim
ko'tarasan. Yana sizni
juda xurmat qilaman
dep yozasan. Voy dod
xurmatdan u yog'iga
qachon o'tasan. Men
kutgan gapni ayt qachon
aytasan??? Axir menday
qizni yana qaydan
topasan??? Garchi
sevaman dep
yozmasada klaviaturalar.
Mayli muxabbatdan
so'zlamasin tillar. Bazida
jo'natasan smayilkada
gullar. Shunchaki sevsa
yetadi ko'ngillar...
Ko'rmay sevganim balki
xatoyim. Aytolmagan
xatoyimga jazoyim.
Qachongacha jim
yuraman bilmadim. Oxiri
nima? Balki bu taqdirmi
yoki kutganim... Bu ne
dardki qancha davo
qilsam battar yiringlar.
Kompyuterga emas
yurakga tushdi viruslar.
Kulaman goxo naxot
netga qolgan kunlar.
Yana battar kulaman
agentdami endi
uchrashuvlar. Bu dardga
davo yo'q tasir qilmadi
yangi antiviruslar...
Sevdimu, kuchim
aytishga yetmadi. Tun
xam bo'ldi zaryatim xam
tugadi. Xamma gaplar
yana tilimda qoldi.
Bugun xam tuyg'ular
soqovligicha qoldi...
Yana tong men va
qadrdon kompyuterim,
doimgiday shunday
boshlanar kunim.
Monitorimdagi yagona
suratinga yana uzoq
termuladi nigoxim. Uff
naxot shu netga qoldimi
kunim. Nima bilmaydimi
yoki agentda kutishim.
Urraaa u onlayin eng
baxtli smaylkaga
almashadi statusim...
Mexrli salom alikdan
keyin boshlanadi dialog.
Yaxshimisiz? deydi xuddi
boshqa gapi yo'q. Men
qo'rqoqman, senda esa
jur'at yo'q....
Maqola nomi : 1-yil oldin
Vaqti : 28.04.2014|21:03
Ko'rilgan : 1067
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 172/177
Reyting
Bosh sahifa » Hikoyalar
Maqola o'qiypti :25 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика