UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Qalb sezgisi "Özingni
ehtiyot qil",- derdi har
safar ketayotganimda,
men dunyoda eng
yaxshi köradigan
insonim. Ha, dunyodagi eng mehribon qalb
sohibasi yonida
xotirjam sezardim
özimni. Lekin bir kuni
avtohalokat tufayli
onamdan ayrildim... Ösha kun juda ham uzoq
yig'ladim. Vaqtlar ötdi.
Onamni juda ham
sog'ingandim... Bir kuni
yölda hayol bilan bir
qizga turtilib ketdim. Unga qaradim, közlari
shunchalar mehrli ediki,
bunaqa nigohni
onajonim közlarida
körgandim. Öng yuziga
yarashib turgan xolini ko'rib aqldan
ozayozdim. Chiroyni
ham ayamay beribdi
tabiat. U qoshlarini
chimirib, judayam
shirali ovozda "Közizga qaramaysizmi?"
deganida özimga
keldim. Uzr söradim va
tap tortmasdan tel
raqamini söradim.
Bunaqa betgachoparlik miyamga qanday
quyilib qolganiga özim
ham hayron edim. U esa
istehzoli tabassum bilan
mayli urilib ketganiz
uchun, 5693... deya oxirgi 3 ta raqamni
aytmadi. Keyin g'alati
ekansiz, özizni bir
öqitvoring, dediyu tez-
tez yurib ketdi. Men
telimni qölga oldimda, aldamagan bölsin deya
nomerlarni tera
boshladim: 5963000,
5963001... Har xil
ovozlar ichidan uning
javob berishini kutardim. Nihoyat ertasi
kun men qidirayotgan
ovoz eshitildi: "Allo"
Men shu sözning
özidayoq butun
hayolimni band etgan qizni tanidim.
- Gözal qiz, raqamizni
qolgan 3 tasini ham
ayting, qidiraverib
qöllarim og'rib ketdi -
dedim. - U bölsa hayron qoldi.
Keyin 4 tasini
aytmasam bo’larkan,
topolmasdiz, dedi...
Men kuldim. G'alati, men
kula boshlagandim. Uni qanchalar qidirganimni,
juda sohibjamol
ekanligini aytdim.
Xullas, u bilan shu taxlit
tanishgandim. Vaqt ötdi.
Bir-birimizga juda bog'lanib qoldik. Uning
közlarida judayam
ulkan mehrni körardim.
"Özizni ehtiyot qiling"
derdi u har safar
ketayotganimda. Uning sözlari ham onamga
öxshardi. Bir kuni tunda
undan hazil aralash alla
aytib berishini söradim.
Köp iltimoslardan keyin
tel orqali uning yoqimli allasi eshitildi. Allasi
ham onamni eslatdi.
Ösha tunda 2-marta
közim yoshlandi.
"Sizga bir gap aytishim
kerak,- dedi bir kuni. - Yodizdami ösha sizga
turtilib ketgan kunim?
Öshanda yuragim juda
qattiq urgandi. Buni söz
bilan tasvirlab
berolmayman. Ehtimol shuning uchun tel
raqamimni be ixtiyor
aytib yuborgandirman.
Bilasizmi, 17 yoshimda
doktorlar yuragim
xasta ekanligini aytishgan. Shundan
keyin og'ir yotib
qolgandim. Ösha paytda
bir ayol og'ir
avtohalokatga
uchragan, uni yuragini menga köchirishgan.
Uning bir farzandi
bölgan ekan,
yolg'izgina ög'li.
Tushunyapsizmi? Men
ösha bolani topishim kerak". Mening
közlarim 3-marta
namlandi. "Mana u
nimaga onamga
öxshaydi?!" Keyin unga
u bolani unutishi kerakligini, hozir u
judayam baxtiyor
ekanligini aytdim. Axir
endi ösha yigit
dunyodagi eng
mehribon qalb sohibasi yonida özini yana
xotirjam sezmoqda edi...
Maqola nomi : Qalb sezgisi ! L +M
Vaqti : 28.04.2014|21:02
Ko'rilgan : 1170
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 209/219
Reyting
Bosh sahifa » Hikoyalar
Maqola o'qiypti :20 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика