UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Yigit
Internetda ötirib bir
qizning profiliga kirdiyu qizni
fotosuratini körib közlarini
uzolmay qoldi. Qiz judayam
gözal edi. Yigit bunaqa chiroyli qizni ilgari hech körmagandi.
Uning hamma suratlarini 3
martadan körib chiqdi. Teliga
ham köchirvoldi. Shu kuni u
qizni profiliga 5-6 bor mehmon
böldi. Döstlik taklifini yubordi. Suratdagi qiz uni butkul rom
qilib qöygandi. Yigit qiz b-n
taniwiwni juda-juda istardi va
buni hayajon b-n kutardi. Lekin
qiz taklifni rad qildi. 2- marta
yuborilgan taklif ham javobsiz qoldi. Söng yigit qizga sms
yozdi. Qiz javob bermadi. Keyin
yigit har kuni bir xil vaqtda
qizga sms yozadigan, döstlik
taklifi yuboradigan böldi.
Hammasi javobsiz qolardi. 10 kun ötgach yigit sms yubordi:
"Taklifni qabul qilmagunizcha
yuboraveraman, men siz b-n
döstlashmoqchiman. Döstona
fikr almawiwni yomon joyi
yöqku" Qiz nihoyat yigitdagi samimiyatga iwondi va taklifni
qabul qildi. Endi ular har kuni
turli mavzularda qizg'in
suhbatlawardilar,
bahslawardilar. Har ikkisi u-n
maroqli edi bu. Oylar ötib ketdi. Yigit kunda soatlab qizning
suratiga termulib ötirar, uni
sog'inib ketardi. Nihoyat u qizni
köriwiwga taklif qildi. Qiz
qat'iy rad etdi. Yigit qizni
qanday köndiriwni bilardi. Nihoyat qiz rozi böldi. Yigit
uchrashuv joyiga kelgach
örindiqda ötirgan gözal qizni
körib zavqlandi. Farishtalarga
öxshar edi qiz... Ular biroz
suhbatlashishdi. Keyin birdan yigit qizga sevgi izhor qildi. Qiz
uzoq vaqt jim bölib qoldi. Keyin
sekin pichirladi: "Sevgan qiziz
qanaqa bölishini istardiz?"
Yigit: "Aqlli, chiroyli, eng
muhimi 4 muchasi sog' bölsin derdim, xuddi siz kabi" Qiz
yana jim qoldi: "Agar menda siz
aytgandek nuqson bölganda
sevmasmidiz?" Yigit: "Balki.
Bilmadim" Qiz indamadi. Biroz
ötgach örnidan turib yigitga yuzlandi: "Uzr, sizni
sevolmayman, orzuizdagi qizni
hali toparsiz" Yigit nimadir
deyishga og'iz juftladiyu ketib
borayotgan qizni körgach gapi
bög'zida qoldi. U alam b-n örindiqqa ötirib qoldi.
Nariroqda ketib borayotgan qiz
esa oqsoq edi.
Maqola nomi : Bir ajib voqea
Vaqti : 28.04.2014|20:57
Ko'rilgan : 1595
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 341/334
Reyting
Bosh sahifa » Hikoyalar
Maqola o'qiypti :20 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика