UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Yigit va qiz tun qo’ynida
mototsiklda ketib borardi. Tezlik
180 km/s. Ular bir-birlarini juda
sevishardi. Qiz: Biroz sekinroq
haydang.. Qo’rqayapman... Yigit:
Yo’q, bu biram qiziq.. Qiz: Iltimos,
qo’rqayapman.. Yigit: Unda, meni
sevishingni ayt.. Qiz: Yaxshi.. Sizni
sevaman.. endi tezlikni
pasaytirasizmi? Yigit: Meni yana
bir marta quchgin.. Qiz uni qattiq
quchoqladi. Qiz: Endi balki
sekinroq haydarsiz? Yigit:
Boshimdagi kaskani olib o’zing
kiyib ol, iltimos. U judayam
noqulay va haydashimga halaqit
berayapti... Ertasi kuni gazetada
bir voqea haqidagi kichik xabar
bosildi.Tormozi buzilgan bir
mototsikl binoga borib urilgan
edi. Mototsiklda 2 kishi bo’lgan
ekan. Ulardan biri vafot etibdi,
ikkinchisi esa omon qolibdi. Yigit
mototsikl tormozi buzuqligini
tezlik pasaymayotganidayoq
bilardi. Lekin u qiz bu haqda
bilishini xohlamagan. Chunki
bilardiki, qiz bu narsadan juda
ham qo'rqib ketardi. Buning
o’rniga u qizdan so’nggi marta
uni sevishini yana bir marta
eshitdi, qizdan quchoq oldi va
unga qiz tirik qolishi uchun
kaskasini kiydirdi, hamda o’zi
o’ldi... Ba’zan oddiy hayotning
shundoqqina o’rtasida sevgi
bizga ertak taqdim qilarkan.
So’nggi so’z o’rnida: Hayot qo’lda
yaxshi qartalarni tutib turishdan
emas, balki bor qartalar bilan
yaxshi o’ynashdan iborat
Maqola nomi : Alamli voqea!
Vaqti : 28.04.2014|20:49
Ko'rilgan : 1732
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 386/391
Reyting
Bosh sahifa » Hikoyalar
Maqola o'qiypti :26 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика