UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Yigit tushkun kayfiyatda
do'stiga
qo'ng'iroq qildi. Go'shakni
chiroyli ovozli qiz ko'tardi. Yigit
adashib tushganini payqab,
go'shakni qo'ymoqchi bo'ldi. Lekin nimadir bunday qilishga
yo'l qo'ymas, qiz
bilan
dardlashgisi kelardi. Yigit gap
boshladi: -Allo... -Eshityapman,
gapiravering,-javob berdi qiz. - Aytingchi, sizning onangiz
bormi?
-Nimaa?! -Onangiz hayotmilar?-
so'radi yigit. Narigi
tomondan esa
qizning bilinar-bilinmas yig'lagani
eshitilardi. Yigitning qo'qqisidan
bunday savol berishining sababi
bir oy oldin onasi vafot etgani,
ayriliq yurak bag'rini
o'rtayotgani edi. Agarda qizdan onasi borligini
eshitsa baxtli inson ekanligini,
onasini yanada asrab-avaylashini
aytmoqchi edi. Qizning yig'lab
yuborganidan bildiki ikkisining
ham dardi bir ekan. Yuraklaridagi ana shu dard
ikkisini hamsuhbat
bo'lishga undadi. Bir-birlariga
tasalli berishdi. Yigit qizdan yana
qo'ng'iroq qilishga ruhsat olgach
xayrlashishdi. Endi ular tez-tez qo'ng'iroqlashib
turishar, qizning qo'llab-
quvvatlashlari, maslahatlari bilan
yigit oyoqqa tura boshladi. Yangi
ish topdi, g'ayrat bilan, hayotga
bo'lgan qiziqishi ortib borardi. Buning uchun uni
hayotga
qaytargan farishtasi Maftunadan
minnatdor bo'lardi. Ular boshqa
boshqa shaharda yashardilar. Bir
kuni yigit hammadanda go'zal qiyofada tasavvur qiluvchi
farishtasi bilann
uchrashmoqchi
bo'ldi. Uchrashgach unga bo'lgan
pinhona sevgisini izhor etishni
niyat qildi. Uchrashuv kuni belgilandi va ular bir-birini
quyidagicha tanib olishni
rejalashtirishdi: Yigit
harbiy kiyimda,
qo'lida
Maftuna yoqtirgan atirgul g'unchasini ushlagancha
poyezddan tushib keladi.
Maftuna
esa vokzalda, qo'lida o'zi sevib
o'qiydigani
Bulgakovning "Usta va Margarita" kitobi bo'ladi....
Nihoyat uchrashuv
sanasi yetib
keldi. Yigit hayajon bilan
poyezddan tushdi. Vokzalda
odam siyrak edi. Yigit kitob ushlab olgan qizni qidirdi va
topdi... Topdi-yu fikrlari alg'ov-
dalg'ov bo'lib
ketti. "Usta va
Margarita"ni ushlab olgan qiz
nogironlik aravachasida o'tirardi.....
Yigitning hayollari chalkashib
ketdi. O'ziga kelib qaraganda esa
qizning yoniga
kelib qolgan, qiz
ham unga tikilib turardi. "Ahir nima bo'lganda ham bu o'sha
mening farishtamku, menga
uning qandayligini ahamiyati
yo'q" o'yladi yigit, ammo
soniyalar ichida fikridan
qaytdi, ichida nimadir "ahir u nogiron
ekanku, ket bu yerdan" degan
ovoz isyon ko'tarardi. Yigit
ikkinchi ovozga quloq tutdi.
-Meni kechiring, men...men
bunday bo'lishini hatto
hayolimga ham keltirmagandim.
Siz kutgan yigit men emasman,-
dediyu ortiga o'girildi. Nogiron
qiz yonidagi o'rindiqda o'tirgan
qizga gap boshladi: -Maftuna, sen kutayotgan yigit
shumidi?
Yigit suhbatdan taqqa
to'xtadiyu ortiga o'girildi. Hatto
tasavvurlaridan ham go'zal,
haqiqattanda farishtamonand qiz unga alam va
nafrat bilan
tikilib turardi.
"A!.. Shu ekanda Maftuna,
Ehhhh... Nimalar qilib qo'ydim"
o'ylardi yigit. -Yo'q opa, biz kutayotgan yigit
bu emas, tasavvurimdagi
oliyjanob yigit asli bo'lmagan
ekan ham, hammasi sarob!
Maftuna shunday dediyu
aravachadagi opasini sudrab keta boshladi. Yigit
hammasini
tushunib yetgandi. Bir lahzalik
tubanlik, xudbinlik ko'zlarini ko'r
qilib qo'yganini, endi Maftunani
bir umrga yo'qotib qo'yganini tushunib yetdi. Yigit
farishtasining ortidan cheksiz
pushaymonlik, aybdorlik hissi
va... va yana oz bo'lsada umid
bilan termulib turar, Maftuna esa
nogironlik aravachasidagi opasi bilan tobora undan uzoqlashib
borardi.
Maqola nomi : Yigit tushkun kayfiyatda
Vaqti : 28.04.2014|20:48
Ko'rilgan : 1673
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 279/236
Reyting
Bosh sahifa » Hikoyalar
Maqola o'qiypti :20 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика