UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Qishning qirovli kunlari. Havo sovuqligi u-n yerlar ham muzlagan, mashinani boshqarish biroz qiyin kechayotgan edi. O'qshdan so'ng do'kondagi ishlardan habar olib uyga qaytayotgan edim. Shu payt telefonim jiringlab qoldi. Oyim ekanlar.
-Allo, assalomu alaykum oyijon,-Vaalaykum assalom, Odiljon, uyga qaytyapsanmi o'g'lim?
- Ha oyijon yo'ldaman, tinchlikmi, biror narsa kerakmidi? - Kelishingda Oydinni ham olib kelgin. Bugun mashg'ulotlari bor edi haligacha kelgani yo'q. Kech bo'lib qoldi bir o'zi yurmasin.
-Hop bo'ladi oyijon. Havotir omen. Oyim b-n gaplashib bo'lgach mashinani institut tomon burdim. U yerga yaqinlashganimda qizil chiroqda to'xtashga to'g'ri keldi. Shu payt institut binosidan chiqib kelayotgan yigit va qiz e'tiborimni tortdi. Ulardan ancha uzoqdaligim u-n avvaliga tanimadim. Ular ham man ham institut darvozasi tomon yaqinlashayotgan edik. Yigit va qiz darvozadan chiqishgach hayrlashishdi, shundagina ularni tanidim. Singlim b-n eng yaqin kursdosh do'stim Aziz edi. Singlim Aziz b-n hayrlashgach qo'lidagi mo'jazgina qutichani sumkasiga solib qo'ydi. Mashinani to'xtatdim-u signal berdim. Oydin ovoz kelgan tarafga qaradiyu tanish mashinani ko'rib xursand bo'ldi. - Salom akajon, keganiz biram yaxshi bo'ldi. Avtobuslar qatnovi to'xtagan bo'lsa nima qilaman deb o'ylab turuvdim.
- Nega shu paytgacha qolib ketding. Oyim havotir olib telefon qilmaganlarida man ham kelmasdim, dedim zarda b-n. Yo'l bo'yi jim ketdik. Man o'z hayollarim b-n band edim. Nahotki eng yaqin do'stim singlimni boshini aylantirib yuripti. Ahir u kursdoshimiz Nasibani sevardiku. Buni Oydin ham bilardi. Nahotki singlim shuni bilib turib Aziz b-n... Yo'q yo'q, bunday bo'lishi m-n emas. Ular meni yuzimga oyoq qo'yib bunday ish qilishmaydi. Yahshisi buni Oydinni o'zidan so'rayman. O'ylab o'yimga yetgunimcha uyga ham yetib kelibmiz. Oyijonim kechki taomni tayyorlab bizni kutib o'tirgan ekanlar. - Hayriyate, keldilaringmi? Endi telefon qilmoqchi b-b turgan edim, dedilar bizga peshvoz chiqib. - Assalomu alaykum oyijon, kun bo'yi mansiz zerikib qolmadizmi. Singlim erkalanib oyimning bo'ynilariga osildi.
-Sen qiz mani havotirdan o'ldirasan, necha marta aytganman kech qolsang aytib qo'ygin deb. Baribir qulog'ingga gap kirmaydi. Bor kiyimlaringni almashtir, ovqatlanamiz. Taom tanovul qilayotgan paytimiz uyda turadigan telefon jiringlab qoldi. Oyim javob berdilar va singlimni Nasiba ismli qiz chaqirayotganligini aytdilar. Oydinning ranggi biroz oqargandek tuyuldi, o'rnidan turayotib bizga shunday qaradiki, ko'zlaridagi qo'rquvni anglab olish qiyin emasdi. U telefonni olib boshqa xonaga chiqib gaplashti. Qaytganida esa biroz hotirjamdek edi. Man esa o'ylanib qoldim. Oydinning dugonalari orasida Nasiba ismlisi yo'q edi. Qo'ng'iroq qilgan mani kursdoshim Nasiba emasmikin. Agar u bo'lsa nega Oydinga telefon qiladi. Ovqat paytida shularni o'ylab vaqt o'tganini ham sezmay qolibman.
Kеchki ovqаtdаn sо'ng singlim shоshgаnichа хоnаsigа kirib kеtdi. Uning bu harakatlari shubhamni yanada oshirdi. Oydinning o'zidan so'rash esa biroz noqulay. Eng yahshi yo'li Oydinni kuzatish deb o'yladim. Ertalab nonushta paytida singlim bugun o'qishga bormasligini aytdi. Mani esa bugun ishlarim ko'p edi. Shuning uchun hotirjam uydan chiqib ketdim. Barcha ishlarimni bitirib kechki payt uyga qaytdim. Doim yorug'u charog'on turadigan uyimiz bugun negadir qorong'u edi. Hamma uylarning chirog'i o'chgan, hovli zim-ziyo. Ko'nglimga havotir oraladi. Uylarga birma-bir kirib chiqdim. Oyimni, dadamni, singlim Oydinni qidirdim. Ularni chaqirib butun hovlini aylanib chiqdim. Ohirida mehmonxonaga kirdim. Kirdimu hammayoq birdaniga yorishib ketdi. Ko'zlarim qamashib man tomonga uchib kelayotgan har hil lentalarni ko'rdim. Qulog'im ostida esa "syurpriz" degan ovozlar jaranglab ketdi. Xonada barcha do'stlarim, kursdoshlarim, ota-onam va singlim bor ekanlar. Oydin qo'lida shamlar yoqilgan tortni manga olib keldi. - akajon, tug'ilgan kuniz bilan tabriklaymiz. Niyat qilib shamlarni o'chiring. Shamlarni o'chirdim. Barcha do'stlarim mani tabriklashdi. Bugun 27-yanvar tug'ilgan kunim ekanligi yodimdan ko'tarilibdi. Bazm so'nggida barcha yig'ilganlar singlim b-n do'stim Azizga minnatdorchilik bildirishdi. So'ng singim manga o'z sovg'asini berdi. Bu o'sha kuni singlim sumkasiga solib qo'ygan quticha edi. Hammasi ma'lum bo'ldi. Singlim tug'ilgan kunimni uyushtiripti. Do'stim Azizdan esa barcha kursdoshlarni yig'ib olib kelishini iltimos qilibdi. Xullas ko'nglimda hech qanday shubha-yu gumonlar qolmadi. Hammasi bulutdek tarqab ketdi. Inson hech qachon o'z yaqinlaridan shubhalanmasligi kerak ekan. Bu voqea manga saboq bo'ldi.
Maqola nomi : Shubha
Vaqti : 28.04.2014|20:46
Ko'rilgan : 2386
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 273/229
Reyting
Bosh sahifa » Hikoyalar
Maqola o'qiypti :18 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика