UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
8-sinfda o'qiyotgan vaqtimda, bir kuni ammamning qizinikiga bordim. Erining ukasi meni sevib qolibdi. Menga telfon qilib "seni sevib qoldim" derdi. Men hali kichkina, yani sevgiga aqlim yetmasligini tushunardim. U har doim telfon qilganida opam bn uning ustidan kular edik. Meni u qiziqtirmas edi. U bn nega gaplashib yurganimni anglamas edim. U esa menga uylanmoqchi edi.
Bahor kelguncha ikki marta uning iltimosi bn uchrashdik. Yozga borib u sovchi jo'natmoqchiligini aytdi.
-Men sen bilan yurmiman tengingni top dadam senga bermaydi-dedim.
Oilalarimiz o'rtasida umuman katta farq bor edi. Undan qutulish uchun har hil gaplarni aytib ko'rdim, foydasi bo'madi. Men birdan aynib hammasiga chek qo'ymoqchi edim, lekin u boshqa manoga burdi. Qisqasi men undan yomon gaplargacha eshitdim.
-Sen meni o'yinchoq qilding meni tashlab ketding-der edi u.
U endi opamga telfon qilib "nega unday qiladi uni shashtidan qaytaring" derdi. Men esa rad etaverardim. Oradan 1 yil o'tdi. Lekin u to uyidagilari majburlab uylanguncha qo'ng'iroq qilishi tugamadi. Aslida men uning oilasiga o'zimni ravo ko'rmagandim. Hamma gapni tushuntirib aytdim.
-Demak senga puli ko'p boyvachcha kerak ekanda? derdi. Nima diyman hech narsa diyolmasdim. Niyatim uni hayotimdan yo'qotish edi.
9-sinfda o'qiyotganimda bir dugonam bn telefon olish uchun bozorga bordik. Noyabr oyi edi. Shunda bir yigit bn tanishdim. Uning ismi Jasur edi. U juda chiroyli edi bir qarashda o'ziga tortar edi, ammo oddiy oiladan edi. U ham 4 ko'cha narida yashaydigan bo'lib chiqdi. U bn yaqindan tanishdik. Endi oyimdan yashirin Jasur bn ko'rishib kelar edim. Jasur bn ikki yil uchrashib yurdik. Bir xil paytlari Jasurga tushunmay qolaman. Men u bn tanishganimdan buyon siqilib kelyapman. Sababi telfon qilmaydi o'zim telfon qilaman, uchrashamiz mendan xech narsani qizg'anmaydi meni tushunadi "seni yaxshi ko'raman baxtli qilaman" deb xam aytadi. Goh gohida umuman gaplaridan tonib oladi. Bazan "sen menga mos emassan bir birimizga to'g'ri kelmaymiz"deb qoladi. Bilmadim kim kerak ekan unga? Keyin ikki uch kun arazlagandek yuramiz. Men esa yana telfon qilaman. Darrov uchrashuv belgilanadi. Xammasi avvalgidek bo'lib ketadi. Keyin bilsam men bn gaplashib yurganda u boshqa qiz bn tanishib men bn orani ochiq qilmoqchi bo'lgan ekan. Sababini so'radim. U xar hil bahonalar izlardi. Dugonalarim esa:
-Bo'ldi endi gaplashma undan senga foyda yo'q u senga uylanmaydi deyishdi.
Ammo men uni ko'rib telfonda gaplashmasam turolmayman. ora ochiq bo'lsa ham har doim gaplashamiz uchrashamiz lekin niyat yo'q. Nimaga unday qilib yurganini o'zi ham bilmaydi. Men hozir kollejda o'qiyman. U bn gaplashganimda ammamning o'g'liga olib bermoqchi deb yig'laganimda u
-shoshmay tur uyni tamirlashim kerak mashina olay degandi.
Keyin men ammamga qo'ng'iroq qilib meni sevishadigan yigitim bor siz uyga kelmang iltimos bo'lmasa dadam berib yuboradilar dedim.
Ammam o'g'lini uylantirdi. Buni eshitib Jasurga "meni ham o'ylang to'y qilaylik baxtli bo'lib yashaylik" dedim lekin Jasur "yaxshi to'yni tezlashtiramiz" degan edi. Ammo yana jim. Orada meni yana bir yigitga so'radilar. Buni Jasurga aytsam
-Shunga tegib ketaver meni kutma men hali uylanmayman, deb meni yig'latadi. Jasur bn yurishimni dadamdan boshqa hamma bilardi. Men Jasurni sevaman u qadrimga yetmay yuribdi. Oxirgi marta uchrashganimda Rossiyaga ketmoqchiman ikki yildan keyin uylanaman dedi. Oyisi og'ir kasal ekan.
-Rossiyaga ketmang endi oyingiz qariyapti qo'lidagi ishlarini olay xizmat qilay yaxshi kelin bo'laman xuda xoxlasa yaxshi bo'ladi desam hamgapidan qaytmadi.
Uning ovozini eshitmaganimga ancha bo'ldi. Sog'inib ketdim. Nima qilishimni bilmayman. Balki rossiyaga ketgandir. bilmadim. Men bn xayrlashmay ketib qolaveradimi? 2 yarim yil sevishib gaplashib endi nima niyati borligini bilolmay xayronman. Men unga o'zimga ishongandek ishonardim.
Sevishish oson lekin yetishish qiyin ekan. Endi Jasur haqida o'ylamyman esga olmayman deb yuribman lekin qo'limdan kelmaydi.
Oxirgi paytlarda men o'sha 8- sinfdaligimda sevgi izxor qilgan yigitni qarg'ishiga duchor bo'ldimmi deb o'ylayapman. Chunki avval xor qilgandim endi o'zim zor bo'lyapman... Qaytar dunyo deganlari shumikan...
Maqola nomi : 8 sinfdagi muhabbat
Vaqti : 28.04.2014|20:46
Ko'rilgan : 2616
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 432/283
Reyting
Bosh sahifa » Hikoyalar
Maqola o'qiypti :23 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика