UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Uyga
qaytganimda ayolim
kechki ovqatga dasturxon
tuzayotgan ekan. Uni
qo`lidan tutib yonimga
o`tkazdim va jiddiy gapim
borligini aytdim. U jim
o`tirib meni tinglardi.
Imkon qadar ko`zlariga
qarab gapirishga
urinardim, biroq ulardagi
o`g`riq meni sozlashimni
qiyinlashtirardi. Nafasimni
jamlab keyingi kunlarda
ichimda o`ylab yurganimni
shart aytdim qo`ydim:
“Sen bilan
ajrashmoqchiman”.. Uni bu
so`zlarim hayratga
solmadi va u sokinlik bilan
“Nega?” deb sababini
so`radi. Javobdan o`zimni
olib qochdim, unga bu
harakatim yoqmadi. Nima
deb aytishim kerak edi?
Hotinimni sevmay
qolganimga ancha
bo`lgan, hozir ko`nglim
butkul Dilraboga tegishli.
Ertasi kuni ishdan
qaytganimda hotinim
nimalarnidir yozib o`tirgan
edi. Indamay kirib yotdim,
Dilrabo bilan o`tgan kunim
ta`surotlarini o`ylab shirin
uyquga ketibman. Ertalab
ayolim qo`limga bir parcha
qog`oz tutkazdi. Unda bir
shart yozilgan edi. U men
bilan ajrashishga
qarshilik qilmasligini va
buning evaziga mendan
biroy muddat so`ragan
edi. Shu bir oyni baxtli
oiladek o`tkazishimizni
iltimos qildi. Sababini
oddiygina tushuntirdi.
Yaqinda o`g`ilchamiz
maktabga borishi kerak
edi va yomon ta`surotlar
bilan o`qishni
boshlamasligini hohlardi.
Men rozi bo`ldim. Uning
yana bir kichkinagina
sharti bor edi.
Turmushimizning ilk
oyidek uni har tongda
uy ichidan qo`llarimda
ko`tarib eshik
oldigacha olib chiqishimni
so`radi. Ayolim ajrashish
oldidan aqldan ozibdi
degan hayol keldiyu
indamadim, shu bilan
qutulsam mayli. Ayolimga
nisbatan hohish istagim
ham yo`q edi, meni yana
o`ziga isitib oladi desam.
Begonani ko`targandek
ko`tarib yurarman bir oy.
Birinchi kun g`alati o`tdi.
O`g`lim bizni
ko`rib qiyqirib yubordi:
“Ada nega oyimni ko`tarib
oldiz?”. Hotinim ajrashish
haqida zinhor
gapirmasligimni iltimos
qilganligi uchun men
jilmayib qo`ya qoldim va
kocha eshigigacha ko`tarib
bordim. U ishga ketdi… Har
tong shunday o`ta
boshladi.
Har safar ayolimni
qo`limga olarkanman
qandaydir iliqlik paydo
bo`layotgandek
tuyulardi. Men o`zimni
ishontirardim boshqasini
sevaman
deb. Dilraboni oldiga
oshiqardim. Bir oy
bo`lishiga ikki kun
qolganda hotinim
qandaydir yengillik bilan
qo`llarimga o`zini
topshirdi. Qo`llari bilan
bo`ynimdan quchib
boshini elkamga qo`ydi.
Orqadan bizni
kuzatayotgan o`g`limizni
chaqirib
yuzidan o`pdi. Biz
haqiqatda baxtli
oiladek edik. Men
har kungidan ham
mahkam ko`tarib
olgandim ayolimni. Huddi
nikoh kunimizdek…
Ishxonamga uchib kirdim.
Hoziroq borib
hammasini hal qilaman.
Qarshimdan chiqqan
Dilraboga borini aytdim:
“Men
seni sevmayman. Hotinim
bilan
ajrashmayman”.
Unin javobi yuzimga
tushgan tarsaki edi.
Yig`lab honasiga qulflanib
oldi.
Men esa yugurib ko`chaga
chiqdim va
toza havodan
to`yib nafas ola boshladim.
Go`yoki sevib qolgan
o`spirindek. Yo`l-yo`lakay
bitta tort va
katta guldasta oldim.
Ayolim sevadigan
gullardan. Ayolimdam
minnatdor edim meni
yana oilasiga qaytara
olganiga. Urish-janjalsiz
chiroyli yechim topganiga.
Men uni butun umr
qo`limda ko`tarib
yurishimga arziydi.
Yotoqxonamizga qayta
tug`ilgan sevgi
qanotlarida uchib kirdim.
Ayolim meni
kutmabdi… Ishdan
qaytgunimcha joni
uzilgan ekan. Men ko`zi
ko`r shuncha oydan beri
oilamdan uzoqlashib
ayolim rak kasaliga duchor
bo`lganini sezmabman
ham. U ham befarq eriga
dardini aytgisi kelmagan.
Uning so`nggi iltimosining
maqsadi esa: farzandimiz
ko`z oldida men o`z
ayolini va oilasini tashlab
ketgan odam sifatida
emas, balki sevuvchi er va
ota sifatida qolishimni
istagan ekan, hattoki
ketayotganida ham
yaqinlari uchun harakat
qilibdi. Hayotda pul
yig`ish, mashina va uy
olish
g`amida yuramiz,
biroq bu tashvishlar deb
yaqinlarimiz bilan
munosabatlarni
unutmasligimiz
kerak. Hech kim abadiy
emas, kim oldin, kim keyin
ketadi. Armonda qolmaylik
azizlar...
Maqola nomi : Bir oylik muhabbat
Vaqti : 28.04.2014|20:42
Ko'rilgan : 1503
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 303/265
Reyting
Bosh sahifa » Hikoyalar
Maqola o'qiypti :19 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика