UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Bilasizmi Azizam siz
qalbimda yashaysiz. . .
Bilasizmi azizim, sizni
qanchalik sevishimni?
Esizdami sevgimiz tarixi
qanaqa boshlangani?
Avtobusda
ketayotganimizda, tik
turganimni ko'rib menga
joy bergandiz. O'shanda
qattiq sovuq qotganimdan
sizga rahmat ham
aytolmaganman. Ehtimol
hayajonlangandirman,
ehtimol o'tkir nigohlariz
qarshisida
hayajonlangandirman.
Uyga kelib negadir
kalendarda o'sha sanani
katta qilib qizil marker
bilan belgilab qo'ydim.
Keyin yana sizni tasodifan
uchratib qolganimda meni
qahvaga taklif qildiz. Bu
qahva men hayotimda
ichgan eng betakrori edi.
Sizga juda yarashardi
o'sha tabassumingiz.
Telefon raqamimni oldiz.
Har safar
uchrashganimizda
bag'rimni gullarga
to'ldirardiz. Bir oydan
keyin menga uzuk sovg'a
qilib qo'limmi so'radiz.
Men dunyodagi eng baxtli
qiz edim. Ayniqsa o't
o'chiradigan mashina bilan
kelib, tug'ilgan kunim kuni
katta, oppoq ayiq sovg'a
qilganizni sira
unutolmayman.
Uni asrab
avaylayman, qizimiz
uchun. Hayolan ayiqcha
bilan siz haqizda
gaplashaman.
To'yimizdagi voqealar
esizdami? Men hali ham
to'yimizdagi voqealarni
hayajon bilan eslayman.
Salonga meni olib ketish
uchun kelganizda,
do'stlariz meni ko'rmasligi
uchun ularni ichkariga
kiritmagandiz.
Sezganman, rashk
qilgandiz. To'yimizdan
keyin har kuni azonda
qiynalmasligim uchun
hovlilarga suv sepib
berardiz, keyin oyijonim
ko'rib qolmasliklari uchun
kirib yana uxlardiz. Qizimiz
tug'ilganida
xursandligizdan hovuzga
sakraganizni eslasam hali
ham kulgim keladi.
Qaniydi o'sha qora kunni
hayotimizdan butunlay
o'chirib tashlashning
imkoni bo'lsa... Siz ikki
bolani olov ichidan
qutqarib oldingiz, ularga
hayot ato etdingiz. Ammo
buning badali katta
bo'ldi... Qancha ko'z yosh
to'kdim ekan? Yodizdami?
Jonimga qasd qilmoqchi
bo'lgandim. Tushimga
kirib, unaqa qilma, qizimiz
uchun yasha degandiz.
Mana Zarinamiz ham 6
yoshga to'ldi. Hozir uni
maktabdan olib uyga
qaytaman, xuddi o'ziz
bo'lgan qiziz ham. Xo'p
azizim, men uyga
qaytdim. Ertaga yana
kelaman, sovuq
qotmasdan yoting. Ertalab
yangi gullar olib kelaman.
Ha, siz yaxshi ko'rgan
gullardan. Meni duolarim
sizni isitadi. Bilasizmi
bugun tanishganimizga 7
yil bo'ldi. Xursandmisiz?
Xursandsiz a? Xotirjam
yoting, xo'pmi... Yo'q, men
yig'lamayapman. Axir
sizga va'da berdimku
yig'lamayman deb? Ha,
ko'zimdagimi? Bu yosh
emas. Hm, to'g'risi...
Shamol kuchli esyapti...
Sizni taqdir hukmi
mendan ajratgandir, lekin
shuni bilamanki hali
hammasi yaxshi bo'ladi,
siz har doim qalbimdasiz.
Bu sevgimiz tarixi...bizning
sevgimiz tarixi... U hech
qachon o'lmaydi,
manguga yashaydi...
Maqola nomi : Bilasizmi Azizam siz qalbimda yashaysiz...
Vaqti : 28.04.2014|20:41
Ko'rilgan : 1425
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 272/212
Reyting
Bosh sahifa » Hikoyalar
Maqola o'qiypti :36 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика