UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Gnomlar yer ostida juuuuudddda
sovuuuuuq, qorong`u va zax
sharoitda yashardilar…
Bir kuni gnomlardan biri yer ustiga
chiqish kerakligi, bunday yashab
bo`lmasligini, Quyosh tafti
haqidagi mish – mishlar asli
haqiqat ekani, unga yetishish
uchun o`zgarishlar qilmoq
lozimligini talab qilib chiqbdi.
Albatta boshqa barcha zax va
qorong`u yurtlarda bo`lganidek uni
ham islohot taklif qilgani bois
qattiq tanqid ostiga olibdilar…
Hatto, jim bo`lmasang,
JAZOLAYMIZ!!!, deb qo`rqitishibdi.
Ammo gnom hech bilganidan
qolmabdi …
Vanihoyat, uzoooq bahs-u
munozaralardan keyin, shunday
qarorga kelishibdi:
Qaysar gnomning o`zi tashqariga –
yer ostiga chiqaqolsin, u tekshirib
kelsin, hammasi yaxshi bo`lsa,
boshqalar ham ciqadi…
Qaysar gnom, tabiiyki, rozi bo`libdi
;) . U ko`o`o`p mashaqqat-u
mehantlar bilan yer ostiga
chiqibdi. Ukraina ekan. Kuz ekan…
Shamol… Xazon to`la ko`chalar…
Ba`zi joylarda “tozalik uchun”
yoqilayotgan xazonning yoqimsiz
tutuni tomog`ni achitadigan bir
ahvol! Yana eng yomoni Qaysar
gnom orzu qilgan quyosh
nurlaridan asar ham yo`q!!! Gnom
qattiq pushaymon yebdi... Bekorga
kattalarga qarshi chiqibman,
debdi-yu, ortga qaytibdi. Uyiga
qaytgach, shamol va sovuq, tutun
va begonalik hissi aralash quralash
bo`lgan yer ustiga nisbatan yer
ostidagi o`z zaxxonasi issiqdek
tuyulib ketibdi-yu, Vatanimiz
baribir yaxshi, ekan debdi. Ayni
dastlabki qaysarligi bilan bir umr
Vatanini himoya qiluvchi va
islohotlar-u “yoshlarning
mahmadonaligi”ga qarshi
kurashuvchi bo`libdi…
Yillar o`tib, yangi avlodlardan
boshqa bir gnom o`zgarishlar istab
qolibdi…. Nega endi biz bunday zax
harobada yashashimiz kerak,
debdi Yosh gnom, Kelinglar, yer
ustiga chiqaylik. Shaharlar
quraylik. Quyosh nurini topaylik!
Tabiiyki, boshqa barcha zax va
qorong`u yurtlarda bo`lganidek uni
ham islohot taklif qilgani bois
qattiq tanqid ostiga olibdilar…
Bizning Qaysar Gnom bu
qarshiliklarga “rahbarlik qilibdi”…
-- Sen tirrancha nimani ham
bilarding, debdi u,-- mana men
shaxsan yer ustida bo`lganman!
O`Z KO`ZLARIM BILAN
KO`RGANMAN QUYOSH NURI VA
TAFTI YOLG`ON NARSA EKANINI!!!
Ovozingni o`chirmasang, seni
JAZOLAYMIZ, deyishibdi, keksa
gnomlar.
Yosh gnom ham anoyilardan
emaskan. Ruxsat bering, o`zim
borib ko`rib kelay, deb turib olibdi.
Ko`o`o`p bahs-u munozaralardan
so`ng, keksa gnomlar rozi
bo`libdilar.
Yosh gnom yo`lga otlanibdi.
Uzooooq va mashaqqatli
harakatlar qilib yer ustiga chiqibdi!
Ukarina… YOZ!!! QUYOSH NURI
KO`ZNI QAMASHTIRADI!!! TAFTI
TANAGA ROHAAAAAT!!!
MAZZZZZAAAA!!! GNOM
XURSANDLIGIDAN YIG`LAB
YUBORAY DEBDI! NAQADAR BAXT!
AXIR SHUNDAY JOY BORAKAN-A!!!
ATROF YAMMM—YASHIL…
KAPALAKLAR…QUSHLAR
SAYRASHI… NAQADAR BAXT!
NAQADAR ROHAAT!!! Bizning gnom
quyosh taftida mazza qilib uxlabdi.
Bir ko`zini ochsa, quyosh
botayotgan ekan, GO`ZAL G`URUB
MANZARASI!!! Quyosh naqadar
chiroyli botarkan-a, debdi u. Biroz
vaqtda Oy ko`rinibdi. Bunisi
yanada go`zal ...
U yer ustida o`tkazayotgan HAR
BIR SONIYASIDAN rohatlanarkan,
bunday dam olishni
qabiladoshlariga hiyonat, deb
bilibdi. Ularni ham chaqirish kerak
axir. Onasini, yaqinlarini va hamma
– hammani shu rohatdan
bahramand bo`lishini xohlabdi.
Tezzz ortga qaytibdi!
Bu payt yer ostida QAYSAR GNOM
BOSHLIQ KEKSA GNOMLAR uning
qanday qilib sharmanda bo`lib,
afsuslar bilan qaytishi va kechirim-
u tavba tazarru qilishini suhbat
qilib rosa kulib o`tirishgan ekan.
Uning hayajonga to`la ovoz bilan
hamman yuqoriga, yer ustiga
chiqishga undayotganini ko`rib,
quloqlariga ishonishmabdi…
-- Voy, kazzob tirranchaaa, debdi
Qaysar gnom, sen hali ota –
bobolarimizni va meni
yolg`onchiga chiqarmoqchimisan!
Hammani ovvora qilib o`sha
badbaxt yer ustiga olib
chiqmoqchimisan!!! Buni ushlab,
qamoqqa oling, buni zindon va
darralash bilan tarbiyalaymiz,
deyishibdi, keksalar. Yosh gnom
millatdoshlarining johilliklarini va
ayniqsa, Qaysar gnomning nega
endi yer usti yaxshiligini bila turib,
hammani zaxda ushlab turmoqchi
bo`lganini hecham tushuna
olmasmish . Sud boshlanibdi.
Haftalab – oylab bahslar bo`libdi!
Yosh gnomdan da`vosidan
kechishni ko`o`o`p talab qilishibdi…
Ammo u sira da`vosidan
kechmabdi. Vanihoyat, 150 kunlik
bahsdan keyin Sud qaror qabul
qilibdi:
10 ta gnomni yer ustiga
yuboramiz. Agar yer usti Yosh
gnom aytganday bo`lsa, barchamiz
uning ortidan yer ustiga chiqamiz.
Agarda aldayotgan bo`lsa, uni to
fikridan qaytmagunicha ZINDONda
ushlab turamiz.
10 ta gnom (bizning Qaysar gnom
bulardan biri bo`lishga rozi
bo`libdi) yer ustiga ko`o`o`p
mashaqqatlar bilan chiqishibdi.
Yoz + 150 kunlik bahslar = QISH!!!
UKRAINA QISHI!!! SOVUUUUQ!!!
JUDDDDA – JUDA SOVUQ!!!
QUYOSHDAN ASAR HAM YO`Q!!!
SHAMOOOL!!! 10 gnomning
yarmidan ko`pi shamollab, kasal
bo`lib, ortga qaytishibdi. Bo`lgan
voqeani hammaga so`zlab
berishibdi. Yosh gnomni
yolg`onchi, deb hukm o`qishibdi.
Bizning Yosh gnom, tabiiyki, o`ziga
qo`yilayotgan
Maqola nomi : Gnomlar
Vaqti : 28.04.2014|20:41
Ko'rilgan : 2257
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 263/218
Reyting
Bosh sahifa » Hikoyalar
Maqola o'qiypti :9 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика