UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Bevafoning so'nggi maktubi
Hayotimizda turli xil voqealar
bo’lib turadi. Gohi shodlik
quvonch, baxt biz bilan hamroh
bo’lsa ba’zida esa uning aksi
bo’ladi. To’g’rida hayot bir tekis
yo’l emas. U har xil past-
balandliklardan iborat. Mening
hayot yo’lim ham goho quvoch
sevgiga to’la bo’lgan gohida esa
qalbim azoblanib , dunyo ko’zimga
qorongi ko’rininb ketgan. O’sha
paytlari bir insonni uchratdim, uni
yoqtirib qolgandim, u ham menga
befarq emasdi. Har kuni
uyimgacha kuzatib qo’yardi. Uni
o’zini tutishlari menga g’alati edi.
Lekin, bunga e’tibor qilmasdim.
Yomg’ir, qor bo’lishiga qaramay u
bilan har kuni bitta joyda
uchrashar edik. Lekin bilasizmi? U
men o’ylaganchalik insoz bo’lib
chiqmadi nazarimda. Bir kuni unga
hamamsini ya’ni kasallgimni,
davolanib yurganimni aytdim.
Avvaliga u buni hazil deb tushundi.
Etibor qilmadi. Keyin men jiddiy
tikilib turganimni ko’rgach rangi
o’zgarib:- nima shu aytganlaring
rostmi? dedi. Men shu kuni uni
birinchi marta shu ahvolda
ko’rishim. Go’yo umuman boshqa
insonga aylangandek bo’ldi, qoldi.
Shu bilan u o’sha kuni ketib qaytib
kelmadi. Umuman qo’ng’iroq
qilmadi. Qo’ng’iroqlarimga ham
javob bermas, uyida ham nuqul
yo’q edi. Bir kuni har kuni
uchrashadigan joyimizga borsam
bir qiz bilan kulib o’tirishgandi. U
meni ko’rmadi. Lekin men uni aniq
ko’rardim. Ko’zimdan beixtiyor
yoshlar oqdi. Qiz meni kuzatib
turganimni sezgach jiddiy tus oldi.
Davron ham menga qarab bir
narsani tushuntirmoqchidek bir
qo’zg’alib qo’ydi. Keyin nega
kelding degandek qarab turardi.
Bo’ldi tamom hammasi tugadi.
Endi, tushundim nega men bilan
gaplashmasligini. Boshqasi bilan
yuribdi ekan. 1-haftadan buyon
kimni deb o’zimni aldab yurgan
ekanman. Hayot ham shunchalik
beshavqat bo’ladimi? O’sha kuni
yig’lab uyimga keldim. Kechki
ovqatga ham tushmadim.
Xonamda faqat ko’z yosh to’kdim.
Bir narsaga hech tushunmadim.
Nima uchun? Nega? Bir bor
xayrlashmadiya, xuddi hech narsa
bo’lgandek. Go’yo men u uchun
hech kimdek. Nima uchun do’stlar
ayting….Ertangi kun o’qishdan
qaytayotib uni uchratdim bekatda
menga qarab turardi. Yomg’ir
shag’alay boshladi. Panaga o’tdim .
u menga nimadir demoqchiday
menga qarab turdi. Shu payt
ichimdan otdi, tovba kuni kecha
birga xiyobonlarni sayr qilib
suhbatlashgan, bir birini juda
yaxshi bilguvchi va yaxshi
anglaguvchi yaqin bo’lgan insonlar
hozir bir-biriga tikilishdan boshqa
narsani bilishmaydi. Go’yo birinchi
marta uchrashib turgandek yoki
umuman bir-birini tanimaydiyu.
Begonalardek. Yo’q yanglishgan
ekanman. U uncha uzoq tikilmadi.
Endi u boshqa tomonga tikildi ya’ni
boyvachcha suyuklisini mashinasi
tomon tikildi. Mashina bir zumda
bekatga yetib keldi. Xullas, ko’z
oldimda ular birga bitta mashina
g’izillatib, loy sachratib o’tib
ketishdi. Qarasam bir qizcha
menga bir konvertni uztyapti. –
Opa mana buni sizga huv anavu
aka berib ketdilar dedi shirin va
burro tillari bilan. –qaysi akang.
dedim hech narsaga tushunmay.-
Davron akadan dediyu chopqillab
narigi o’rindiqqa borib o’tirib oldi.
Men shoshmasdan o’qiy
boshladim: - “Dilnoz bilaman
mendan Xafasan dilingni og’ritib
qo’ydim. Lekin shunday bo’lsada
sendan kechirim so’rayman.
Esingdami so’nggi uchrashuvimiv ,
ha bilaman esingda sen hech
qachon men bilan birga o’tga
baxtli onlaringni unutmaysan, sen
doim meni ko’nglimni ko’tarishga
harakat qilgansan, meni deb
hamma narsadan voz kechishga
tayyot eding, hozir bu maktubni
o’zim bermadim yoki shu gaplarni
o’zim kulib turgan mayin yuzibga
qarab aytolmadim, bunga kuchim
yetmadi, seni ko’zlaringdagi
beg’uborlikka qarab seni
aldayolmadim, shuning uchun
maktubimda ham hammasini
haqiqatni yozdim. Meni kechir endi
birga bo’lolmaymiz. Man chet elga
ketyapman…uzoq yurtlarga, balki
qaytib kelarman. Lekin men senga
o’zingni haqiqiy muhabbatingni
topishingni tilab qolaman….sog’yib
oyoqqa turib ketishinngga
tilakdoshman. Yana bir bor uzr
so’rayman… alvido….Xatni
oxirigacha o’qimadim. Lekin
tushundimki u meni kasalligimni
eshitib shunday qilgan ekan. Kasal
qizni nima qilaman, oldinroq
aytmaydimi? Deb o’ylagani ham
haqiqat. Ayni haqiqat…bularni
hammasi tushunib yetgach xuddi
ustimdan sovuq suv quygandek
bo’ldi. Men bekatda yana yolg’iz
avtobus kuta boshladim. Atrof
jimjit, faqat yomgi’r hali ham
yo’gyapti. Chak-chak qilib mayin
tovush chiqaradi...
Maqola nomi : Bevafoning so'ngi maktubi
Vaqti : 28.04.2014|20:38
Ko'rilgan : 1562
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 306/228
Reyting
Bosh sahifa » Hikoyalar
Maqola o'qiypti :25 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика