UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Ular bir- birlarini juda
sevishardi. Shunchalik
sevishardiki, tasavvur qila
olmasdilar hayotlarini bir-
birlarisiz. Ular ikkisiyu, dunyoda
boshqa hech kim yöqdek
tuyulardi birga bölishsa...
*Közlaringni yum* derdi har
safar yigit. Shunday derdiyu qiz
közini ochganda qölida gul va
chiroyli sovg'alar tutardi unga.
Qiz har gal yigitdan közlaringni
yum degan sözlarni eshitganida
qalbiga shu qadar sevinch tölib
ketardiki, bu sevinch uning
shaxlo közlaridan nur bölib
yog'ilardi yigitga. Yigit shu
közlardagi nurni sevardi.
Shuning uchun har gal qizga
yangi va kutilmagan narsalar
sovg'a qilishga urinardi u.
Shunaqa beg'ubor edi ularning
muhabbatlari... Vaqtlar
ötaverdi. Kun kelib, yigit uzuk
xarid qildi. Uchib borgisi keldi
qizning yoniga. Borsada
*közlaringni yum* desa, qiz
közlarini ochganda uzukni tutib
turmushga chiqishni taklif
etsa... Qiz qanchalik
quvonadiya. Uchrashuv
belgilandi. Qiz vaqtliroq kelib
kuta boshladi. Yigit ham körindi.
Qöllarida qiz sevgan qip-qizil
atirgullar. Oshiqlar bir-birlariga
talpindilar. Yigit lablarida
tabassum b- n qizga termulib
kelardi. Butun hayoli qizda edi
va voqe'likni bir zumga unutib
qo'ydi. Shu bir zumlik loqaydlik
uchun taqdir uni jazoladi.
Taqdir chizig'i belgilagan ekan,
köchadan ötayotgan yigitni
mashina urvordi. Atirgullar
havoga uchdi. Yigit ancha
narida qip-qizil qonga belanib
yotardi. U boshini qiz tomonga
burib nigohlari b-n uni qidirdi.
Qiz yig'lardi... U yugurib kelib
yigitni quchog'iga oldi.
*Yig'lama tentak qiz, men
yaxshiman* dedi yigit qizga
shivirlab. Ularning atrofida
tezda odam töplandi. Yigit bn
qiz esa bir- birlariga jim
termulib turardilar.
*Közlaringni yum* dedi nihoyat
yigit qizga. Qiz yigit aytgandek
közlarini yumdi. Ochganida...
Ochganida endi yigit yo'q edi.
Ajal farishtalari bir zum
kutmadilar, ishlari ham bölmadi
bu gözal sevgi bilan. Qiz umrida
birinchi bor közlarini
yumganidan afsuslandi. U
yig'lardi... O'ksinib yig'lardi...
Maqola nomi : Ko'zlaringni yum
Vaqti : 28.04.2014|20:33
Ko'rilgan : 1524
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 439/345
Reyting
Bosh sahifa » Hikoyalar
Maqola o'qiypti :24 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика