UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Bir savdogar o’g’lini eng katta
donishmandning huzuriga
baxtning kaliti — sirini bilib
kelish uchun jo’natipti. Yigit
sahroda qirq kun yo’l yuripti va
nihoyat, ulkan tog’ning
tepasida haddan ziyod
muhtasham bir qasrni ko’ripti.
U qidirgan Donishmand shu
qasrda yashar ekan.
Kutganiga zid o’laroq qasr
avliyo odamning xilvat
go’shasiga o’xshamasdi. Uning
ichi odamga to’la edi:
savdogarlar mollarini maqtab
har tomon yugurishar, burchak-
burchaklarda odamlar to’p-to’p
bo’lib gurunglashar,
sozandalarning kichik bir
dastasi qandaydir nafis kuyni
ijro etar, zalning o’rtasida esa
kattakon stol, uning ustiga
dasturxon tuzalgan, dasturxon
esa bu yurtning eng noyob va
tansiq taomlari, bag’oyat
xushta'm noz-ne'matlariga to’la
edi.
Donishmand shoshmasdan
mehmonlar bilan birma-bir
ko’rishib chiqdi. Yigit navbati
kelishini ikki soatcha kutib
qoldi.
Nihoyat, Donishmand yigitning
nima maqsadda kelganini bildi,
lekin hozir unga baxtning kaliti
— siri nimada ekanini
tushuntirib berishga vaqti yo’q
ekanini aytdi. Donishmand
yigitga chiqib qasrni tomosha
qilishni va ikki soatlardan
keyin bu yerga — zalga qaytib
kelishni buyurdi.
«Sendan yana bir iltimosim bor,
— dedi u yigitga ichiga ikki
tomchi yog’ solingan choy
qoshig’ini uzatib. — Bu
qoshiqni o’zing bilan olib yur,
faqat ehtiyot bo’l, ichidagi yog’i
to’kilib ketmasin».
Yigit qoshiqdan ko’zini
uzmagan holda qasrni aylandi,
uning zinalaridan tepaga
ko’tarildi, pastga tushdi va,
nihoyat, ikki soat o’tgach,
Donishmandning ro’parasida
yana namoyon bo’ldi.
«Xo’sh, qalay, — deb so’z qotdi
Donishmand. — Koshonadagi
fors gilamfari senga manzur
bo’ldimi? Benihoya mirishkor
bog’bonlar o’n yiidan beri
ko’zining oq-u qorasidek
avaylab parvarish qilayotgan
bog’dagi gullar va daraxtlar
yoqdi-mi? Kutubxonadagi
qadimiy kitoblar va nodir
qo’lyozmalar-chi?»
Xijolatdan qizarib ketgan yigit
bularning hech qaysisini
ko’rmaganini tan oldi, negaki,
uning butun diqqat-e'tibori
Donishmand unga ishonib
topshirgan ikki tomchi yog’da
bo’lgan ekan.
«Bor, orqangga qayt, mening
uyimdagi hamma mo’jizalarni
ko’rib kel, — depti
Donishmand. — Odam qayer-da
va qanday yashashini bilmay
turib, unga ishonib bo’lmaydi».
Qo’lida qoshiqcha bilan yigit
yana zallar va yo’laklar bo’ylab
aylana boshlapti. Bu gal u o’zini
ancha erkin his qilib-di va
xonalarni bezab turgan hamma
noyob va g’aroyib narsalarni
ko’ripti. U bog’lami va qasr
tevaragidagi tog’larni tomosha
qilibdi, gullar jozibasidan va
mohirlik bilan joylashtirilgan
haykallar-u rasmlardan bahra
olipti. Donish-mandning
huzuriga qaytib kelib, ko’rgan
narsalarining ham-masini
birma-bir sanab beribdi.
«Men senga qoshiqchada olib
borib, to’kmay qaytarib olib
kel, deb bergan yog’ qani?» —
deb so’rabdi Donishmand.
Shu choq yigit qarasa-ki, yog’
to’kilib ketgan ekan.
«Senga berishim mumkin
bo’lgan birdan-bir maslahatim
ham shu, — depti donolar
donosi. — Baxtning kaliti —
siri ana shunda: bu dunyoni
bezab turgan, unga joziba,
ajiblik ato etib turgan nimaiki
bo’lsa, hammasini ko’ra bilmoq
kerak va ayni choqda o’sha
choy qoshiqdagi ikki tomchi
yog’ni ham zinhor-bazinhor
unutmaslik zarur».
Maqola nomi : Baxt kaliti
Vaqti : 28.04.2014|20:29
Ko'rilgan : 1336
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 229/184
Reyting
Bosh sahifa » Hikoyalar
Maqola o'qiypti :54 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика