UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
XIX asr oxiri XX asr boshlarida Turkistonda qish juda qattiq keldi. Qishning izg'irinli qorong'u kunlarining birida ikkita bek suxbat qurishardi: -Boshlig'imizga nimani tortiq qilsak bo'larkin? Tilla- taqinchoq unga kerakmas! "shundog' ham bizdan tortivoganlari..." -Tilingni tiy... Yonidagi sherigi bekni og'zini qo'li bilan berkitarkan, bexosdan nima bo'lganini bilmay ham qoldi. Bu suxbat uy egasi Amirbekning rus boshlig'iga bermoqchi sovg'alari to'g'risida edi................................................
Qaro tun ham o'ziga ming lanatlar tilab asta bota boshladi.
Kun yorishgach Xotamtoylarni uyida allaqachon ish boshlangan. Keyingi bo'lib o'tgan voqealar ularni chindan holdan toydirgandi. Sababi Xotamtoyni o'g'li yashirincha tuzgan qo'zg'alonchilar guruxi, ruslar bilan jangda mag'lubiyatga uchradi. O'g'il otasining maslaxatlari bilan buxoro amirligidagi uylariga qochib ketadi. Jussasi juda kichrayib qolgan Xotamtoy maxsifurush maxsi to'qib o'tirarkan qizidan maxsilarni tag qismlarini so'radi. Qiz otasiga ularni uzatdi. - Raxmat qizim umringdan baraka top... Mayin ohangda tilak tilarkan. Qizi Muslima hech so'z...yuzida iliq quvonch bilan, tovush chiqarmay asta... boshini qimirlatib qo'ydi holos. Otasining ko'nglida g'ashlik bor edi.

Kimdir eshikni sindiray derdi. Yugurib Xotamtoy eshikdan tambani olarkan, bostirib kirgan amirbekdan hayqib tushdi... -Qizing qani? Uni olib ketmoqchimiz! Xotamtoy o'zini rostlab olguncha bek yonidagi soqchilarga "qizni olib chiqinglar" deganday imo qildi. Uy yumushlari bilan band Muslima begona ikkita notanish kishini ko'rib yuzini boshidagi ro'ymol bilan berkitdi ham...bekor...! Hali o'n beshga kirmagan bu qiz erkak zotiga ojizlik qilardi... Muslima ularga hech bir so'z demas faqat faqat ing...ing... Qilardi holos. Ro'ymoli yuzidan sirg'alib ketdi. Uyatdan yuzi qizarib nigoxlarini yerdan ko'tarmasdi. Oyoqlarini juft qilib yerga o'tirvolgandi. Iffatli qizga beklarni o'yinlari, bunday ishlari zo'rovonlikdan o'zga ish emasdi. Bek qizni otasini siltab, otga mindida, -"saroyga"dedi holos. Muslimani Onasi qo'shninikidan kelib qarasa eshik yonida Xotamtoyni joni uzilgan. O'lik xolda yotardi. Uy esa pala partish........................................................................................
Chiqarolmas yorug' dunyodan
Ko'zlariga to'lsada nafrat.
Yorug'likning qilmishlarini
Ko'radi-yu so'zlay olmaydi!
Maqola nomi : Soqov qiz
Vaqti : 28.04.2014|20:27
Ko'rilgan : 1588
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 346/269
Reyting
Bosh sahifa » Hikoyalar
Maqola o'qiypti :77 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика