UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Тungi soat ikki. Ayolning uyqusi kelmay shiftga tikilib yotar, kozlari yig'idan shishib ketgan, boshi tars yorilgudek og'riyapti. Bugun suyukli eri birinchi bor unga qol kotardi. Yetti yil bir yostiqqa bosh qoygani, ozi tanlab sevib turmush qurgani... Tarsaki ovozi shunchalik qattiq chiqdiki, yonlarida otirgan ikki yoshli og'ilchasi onasiga qoshilib yig'lab yubordi. Olti yoshli qizalog'i esa qoshni xonadan yugurib keldi. Nima bolganini tushunmay hayron… Ayol yon tarafga boqdi, eri yoq. Chekkani chiqqandir. Faqat qattiq siqilganida, ba'zan sigareta oladi qoliga. Аyol ozini aybdor his qila boshladi. Bir gapdan qolmay teng aytishgani uchun. Eri tag'inam sabrli, boshida tog'ri tushuntirishga harakat qildi. Lekin "Siz ham erkakmisiz?” degan gapga har qanday erning sabr kosasi tolsa kerak. U ozini bosib olgan, ichmaydi, yomon odatlari yoq, xotinboz emas. Faqat biroz yetishmovchilik bor oilada. Bugungi janjal ham eri bolalari sevadigan “Chokotellа” kremini olib kelmagani uchun chiqqandi. Shunga noshukrlik qilgani uchun ayolning vijdoni qiynadi. Uxlay olmayotgani sababi ham tarsaki emasdi. Bаlki erining dilini og'ritgani uchun ozidan xafa edi... Eridan xavotir olib eshikni ochdi, uning bolalar xonasi oldida turganini korib hayron qoldi. Erining qolida bir parcha qog'oz bor edi, kozlaridan esa yosh oqardi. Ayol bu manzaradan qotib qoldi, erining kozlari namlanganini birinchi bor korishi edi. Bildrimasdan joyiga kelib yotdi… Мiyasida ming hayol… Ertasiga eri ozini hech narsa bolmagandek tutar, doimgidek kulib, hazillashib bolalarini oynatardi. Оradan bir hafta otgach ham osha voqea haqida soz ochilmadi, ayolning kongli ham tinchlangandek boldi. Yakshanba kuni kiyimlarni yuvishga shaylangan ayol erining shimi chontagidan bir parcha qog'oz topib oldi. Undagi yozuvlar kimniki ekanligini darrov angladi, qiyshiq harflar bilan bitilgan maktubni oqirkan qizalog'i Muxlisa koz oldiga keldi: “Ey Хudо, iltimos, adam oyijonimni urishmasin... Endi hech qachon “Chоkоtеllа” yemayman...". Ayolning ko`z yoshlari sel kabi oqa boshladi…
Maqola nomi : Tarsaki...
Vaqti : 28.04.2014|20:21
Ko'rilgan : 1739
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 446/313
Reyting
Bosh sahifa » Hikoyalar
Maqola o'qiypti :25 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика