UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
O‘zining ismini Nilufar deya
tanishtirgan samarqandlik
kelinchak bundan 3 yil oldin orzu
havaslar bilan o‘zi yoqtirgan
yigitga turmushga chiqqanligini
to‘lqinlanib gapirishdan boshladi.
— Feruz aka... To‘g‘risini aytsam,
bu insonni aka deyishga ham
tilim bormayapti. Biz yaxshi
niyatlar bilan oila qurgandik, lekin
turmushning mushtlari qattiq
bo‘larkan. 20 yoshimda shu
insonga turmushga chiqqanimda,
go‘yo, hayotim jannatga
o‘xshardi. O‘zimni yettinchi
osmonda his qilardim. Bu
xursandchiligim uzoqqa
cho‘zilmadi. Ko‘ngil qo‘ygan
insonim ichib kelib, sababsiz
meni do‘pposlashni o‘ziga odat
qilib oldi. Bugun yaxshi bo‘lar,
ertaga yaxshi bo‘lar, degan
ishonch bilan bir yil yashadim.
Yo‘q, natija bo‘lmadi. Bu orada
o‘g‘illi bo‘ldim. Farzandli
bo‘lganimizdan so‘ng bu
ko‘ngilsizliklar nuqta qo‘yar,
derdim. Adashgan ekanman.
Oxir-oqibat, "bo‘ldi, hammasiga
nuqta qo‘yaman”, deganimda
qaynonam shart qo‘ydi:
— Seni kelin qilgunimmizcha
ketgan xarajatlarni, shu
kungacha yeb-ichgan haqqingni
to‘lasanggina ketasan!
Qaynopam esa menga yordam
beradigandek dedi:
— Xohlasang, seni chet elga
ishga jo‘nataman. Kelishilgan
summani bizga jo‘natasan,
qolgan xizmat haqqingni o‘zing
uchun olaverasan!
Shu suhbatimizni turmush
o‘rtog‘im ham eshitib, meni chet
elga ishlash uchun borishga
majburladi. Ularning aytishicha, u
yerda chol-kampirning xizmatini
qilsam, oyiga ming dollar maosh
to‘lasharkan.
— Chet elga ketishingni o‘zim
ta'minlayman. To‘y, shu
paytgacha yeb-ichganing va
yo‘lkirang bilan bizga 15 ming
dollar to‘laysan! —
qaynopamning xulosasi shu
bo‘ldi.
Erimning kaltaklaridan shu qadar
bezgan ekanmanki, bu taklif
menga zulmatli hayotimdan
yorug‘likka chiqish yo‘li bo‘lib
ko‘rindi. O‘g‘limni ota-onamga
berib, orzular og‘ushida chet elga
ishlashga ketdim. Qaynopamni
tashabbuslari bilan olti kishi
bo‘lib, samolyotda Dubay tomon
uchdik. Ne ko‘z bilan ko‘rayki, na
qari cholu kampir bor va na
boshqasi. Fuqarolik
pasportlarimizni yig‘ib olib
qo‘yishdi. Chet tilini bilmaganim
uchun ularning imo-ishoralari va
olaqarashlaridan boshqa niyatda
jo‘natganliklarini his qildim.
Ularning taklifiga norozi
ekanligimni tarjimonlar orqali
bildirdim. Eng dahshatlisi, ana
o‘shanda boshlandi. Qolgan
beshta qizni boshqa qaytib
uchratmadim. Meni aeroportda
qabul qilib olgan ayol bilan yana
to‘rtta barzangidey erkak,
ko‘rinishi rus millatiga o‘xshash
qiz ikkimizni kimsasiz cho‘lga olib
ketishdi. Bu daxshatli voqeani
so‘z bilan ifodalay olmayman.
Eslasam, butun a'zoyi badanim
titrab ketadi. Kimsasiz cho‘lda
bechora qizni to‘rtta barzangi
erkak... zo‘rladi. Takliflariga
ko‘nmasam, men ham shu
ahvolga tushishimni
tushuntirishdi. Nima qilishni
bilmay boshim qotdi. Na chora,
yashash uchun rozi bo‘ldim.
Orqaga qaytayapmiz-u, haligi
bechora qizni kimsasiz cho‘lda
behol, kiyimsiz bir ahvolda
tashlab ketishayotganini ko‘rib,
ularning hayvondan ham battar
ekanligini angladim. Qizning
taqdiri menga qorong‘i. Cho‘lda
o‘lib ketdimi yoki kimdir ko‘rib
uyiga olib ketdimi?.. Keyin bilsam,
u qiz mijozlarga yaxshi xizmat
ko‘rsatmagan ekan. Buni menga
dars sifatida ko‘rsatishibdi.
Ularning taklifiga rozi bo‘ldim-u,
lekin oldinda yana bir qancha
shartlari ham borligini keyin
tushunib yetdim. Mijozni ko‘nglini
olish har bitta ayolning vazifasi
ekanligi qat'iy tushuntirildi.
Atrofimdagi qizlar menga ingliz
tili va arabcha raqs tushishlarni
o‘rgata boshlashdi. Bu
botqoqlikda hattoki, husnim ham
menga pand berdi. Aniqroq qilib
aytganda, boshimga balo bo‘ldi.
Hayotimda birinchi marta go‘zal
bo‘lib tug‘ilganim uchun
afsuslandim. Sababi, boshqa
qizlarga qaraganda mening
mijozim ko‘pligidan bir kun ham
dam olish kuni bo‘lmasdi.
Ichimdan o‘tayotgan dardlarimni
atrofimdagi qizlarga aytishga
ham qo‘rqardim. Ko‘zimga
hamma dushman bo‘lib
ko‘rinardi. Hammadan
nafratlanardim. Lekin buni
o‘zlariga sezdirmasdim. Chunki
oqibati yaxshilik bilan
tugamasligini bilardim. Bu
muhitga ko‘nikkanimga ularni
ishontirganimdan so‘ng qizlar
bilan diskotekalarga borishimga
ruxsat berishdi. Bildirib
qo‘ymaslik uchun bir-ikki marta
borib kelib yurdim. Uchinchi
marotaba chiqishimda o‘z
xohishim bilan o‘zimni militsiya
xodimlariga topshirdim. Ular
meni zindonga qamashdi.
Kimligim va qayerdan kelganligim
haqida batafsil ma'lumot
berganimdan so‘ng bizning
elchixonamiz bilan bog‘lanishdi.
Shaxsimni aniqlashga bir hafta,
hujjat tayyorlash va yurtimga
qaytishni ta'minlash uchun esa
ikki oy vaqt ketdi. Birlashgan Arab
Amirligi menga shaxsimni
tasdiqlovchi hujjat tayyorlab
bergan bo‘lsa, hukumatimiz
Vatanimga
Maqola nomi : Oilam meni chet elga sotdi...
Vaqti : 28.04.2014|20:20
Ko'rilgan : 2390
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 240/209
Reyting
Bosh sahifa » Hikoyalar
Maqola o'qiypti :81 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика