UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Olis yurtda ishlaydigan bir yigit
bir honadonda mehmon bo'ldi.
Bazmda odamlar juda ko'p edi.
Bir go'zal qiz hammaga qahva
tarqatardi. Yigitga ham qavha
uzatdi. Shunda yigit ozgina tuz
topiladimi dedi. Hamma hayron
qoldi. Qiz taajublanib nima
uchun deb so'radi. Yigit birdan
yig'lab yubordi va bunday
so'zlarni aytdi. Bizni uyimiz
dengiz bo'yida edi. Men
bolaligimda shu dengizni
bo'yida o'ynab yurardim va
dengiz suvidan ichardim. Dengiz
suvi juda sho'r edi men shuning
uchun men qahvaga 1 qoshiq tuz
solib ichaman shunda bolaligim
va uyimni eslatib turadi sho'r
qahva dedi. Qiz bolani bu
gaplarini e'shitib yana hayratga
tushdi. Bunday uyini qanchalar
yaxshi ko'radigan yoqimtoy
yigitga qizni ko'ngli tushdi.
Chunki qiz ham musofir edi
shuning uchun uni juda yaxshi
tushunardi. Qiz va yigit tez tez
uchrashadigan bo'lishdi. Shu
orada ular bir birlarini juda
qattiq sevib qolishdi va
turmush qurishdi. Ular juda
baxtli hayot kechirishardi. Qiz
turmush o'rtog'iga har gal
qahva tayyorlaganda 1 qoshiq
tuz qo'shib qo'yardi. Chunki
turmush o'rtog'iga bunday
qahva yoqishini bilardi.
Oradan 40 yil o'tgach yigit
olamdan o'tdi. Turmush
o'rtog'iga 1ta xat qoldirib
ketgandi; Azizim bilasanmi
birinchi uchrashgan kunimiz seni
birinchi bor ko'rganimdayoq
sevib qolgandim. Atrofimizda
odam juda ko'p edi shuning
uchun men sen qahva
uzatayotganingda hayajonlanib
shakar o'rniga tuz so'rab
yuborgandim. Birovlar kulib
yuboqmasligi uchun man
yolg'on gaplar aytdim. Bizni
uyimiz dengiz uyidamasdi. Men
sho'r qahvani juda yomon
ko'raman. Men seni
yo'qotishdan qo'rqardim
shuning uchun senga bu
gaplarni tirikligimda
aytolmadim kechir. Men sen
bilan o'tkazgan 40 yil umrim
hayotimni eng bahtli onlarim
bo'ldi rahmat senga... Qo'llariga
ajin oralab qolgan ayol xatni
o'qirkan ich -ichidan o'ksinib
yig'lardi. U sevgilisini bir umr
sho'r qahva ichishga majbur
qilganidan afsusda edi...
Maqola nomi : Buyuk sevgi qissasi
Vaqti : 28.04.2014|20:18
Ko'rilgan : 1520
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 302/263
Reyting
Bosh sahifa » Hikoyalar
Maqola o'qiypti :53 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика