UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Bu voqea
g’ayritabiiy hodisa bo’lib
taxminan 60-70 yillarda, Buxoro
temir yo’lida sodir
bo’lgan. Voqeani o’sha yillarda
temir yo’lda mashinist yani
poyezd haydovchisi bo’lib
ishlagan va hozirda nafaqaga
chiqqan Olim amaki so’zlab
berdilar. Hullas bir kuni Olim
aka Toshkendan Buxoroga
qarab tunda yo’lga chiqdi.
Poyezdning tezligi 65-70 km
edi. Buxoro yo’lida mahalliy
uylarga yaqin yo’lda
ketishayotgan, soat chamasi 2
edi. Olim akani yonida
o’tiradigan yordamchisi uxlab
qolgan edi. Shu payt poyezd
oldi peshona oynasidan bir
oppoq kiyinib olgan ayolning aksi
ko’rindi. U qo’llari bilan
poyezd oynasini urib baqirar
edi. Olim aka bu holatdan
daxshatga tushib dong qotib
qoldilar. Birozdan so’ng haligi
ayol ko’rinmay qoldi. Olim aka
o’ylab qoldilar axir qanday
qilib 70 km tezlikda ketayotgan
poyezdga osilib chiqib olib
gapirish mumkin yana old
oynadan manimcha
charchadim ko’zimga ko’rindi
deb o’yladi. Oradan 5-10 daqiqa
o’tib haligi oq kiyimli ayolning
aksi yana ko’rindi u ayol yon
tarafdagi oynadan qarab
shunday dedi : 3 kilometr
narida poyezd yo’lida chaqaloq
yotibti iltimos sizdan yordam
bering yordam beriiiiiinng!!!! U
shunday deb baqirdida yo’q
bo’lib qoldi. Olim aka
daxshatga tushib
yordamchisini uyg’otdi va poyezd
tezligini kamaytirdi. 3
km yo’l yurgandan keyin
uzoqda yo’lda temir izlar
ustida kichik bir narsa ko’rindi.
Olim aka va yordamchisi
poyezdni to’xtatib tushib
qarashsa savat ichida chaqaloq
yig’lab yotardi. Olim aka uni
poyezda Buxoroga olib ketti va
militsiyaga topshirib bo’lgan
voqeani so’zlab berdi.
Poyezdda ko’ziga ko’ringan
ayolning yuz ko’rinishini
tasvirlab berdi va o’sha
ayolning fotoroborti chizib
qidiruvga berildi. Oradan ancha
vaqt o’tib o’sha ayol haqida
malumot to’plandi. Habar
berishlaricha u ayol o’sha
chaqaloqni dunyoga keltiriboq
olamdan o’tgan emish!
Maqola nomi : Bu voqea g’ayritabiiy hodisa
Vaqti : 28.04.2014|20:18
Ko'rilgan : 2096
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 394/331
Reyting
Bosh sahifa » Hikoyalar
Maqola o'qiypti :19 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика