UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Meni ismim Jasmina. 16
yoshdaman. Men dunyoga
kelmasimdan oldin oyim bilan
dadam ajrashib ketishgan
ekanlar. Tug'ilganimdan keyin
menga buvim, bobom, ikki xolam
qaraganlar. Oyim esa
ishlaganlar.
Men bobomni dada, buvimni
oyi
deb chaqirgan ekanman. Keyin
menga oyimni buvi deyishga
örgatishgan ekan. 6 yoshimda
oyim turmushga chiqdilar. Men
esa buvimni, dodamni,
xolalarimni qölida katta
böldim. Oyim bir yilcha yashadilar.
Ögay
otam narkoman chiqdilar.
Maktabga borish yoshiga
yetgandim. Birinchi sinfga
boradigan kunim hamma
bolalarni dadasi, oyisi
maktabga
birga borayotganini körib
yig'ladim. Har tugul oyim
keldilar
körishga. Oyim b-n birga
yashadik keyin. 8-sinfimda
oyim
vafot etdilar. Hozir men buvim
b-n
yashayman. Oyimni vafot
etganlariga ham bir yilu ikki oy
böldi. Men xolalarimdan meni
otam kim deb söradim. Xolam
esa
bor haqiqatni aytdilar. Dadam
Toshkentda ipodromda
ishlirkanlar. Buni bilgach dadamni
qidirishga tushdim. Chunki
men
ham hamma qatori öz oilam b-
n
yashashni xohlardim. Dadamni
topdim. Ularni boshqa oilasi
bor
ekan. Dadam meni tanimadi.
Özimni tanishtirdim. Dadam
keyingina tanidilar. Ulardan har
kuni tushimga kiradigan mehrga
töla gaplarni kutgandim.
Dadam
mani tinch qöy, mani oilam bor
deb meni kuzatib qöydilar.
Men shu kuni rosa yig'ladim.
Baxtimga
xolalarim, buvim, bobom bor
ekanlar yaxshiyam. Lekin men
baribir dadamlarni yaxshi
köraman. Meni tinch qöy desalar
ham baribir yaxshi
köraveraman.
Oyim esa har kuni tushimga
kiradilar. Yig'lama qizim, men
sen b-n birgaman doim deydilar.
Ularni judayam sog'indim.
Mahallada hamma menga
boshqacha nigoh bilan qaraydi.
Boshqa qizlar, bolalar b-n
urushib qolganimda bir xil
odamlar
meni
yetim deyishadi. Boshqalari
meni
könglimni kötarishga harakat
qiladi. Menga bularning hammasi
judayam og'ir botadi. Axir
mening aybim nima?
Yetimligimmi?...
Maqola nomi : Yetim qiz !!!
Vaqti : 28.04.2014|20:17
Ko'rilgan : 1729
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 319/287
Reyting
Bosh sahifa » Hikoyalar
Maqola o'qiypti :14 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика