UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Biz bir-bimizni telbalarcha
sevardik. U bilan birga kollejda,
bir kursda o'qirdik. Har kuni uni
ko'rish va uning yonida
bölishdan baxtli edim. Boshqa
yigitlar meni umuman
qiziqtirmas, menga faqat moviy
ko'zli Baxtiyor kerak edi. Men
ishonardim unga turmushga
chiqishimga. Baxtli oila
bo'lishimizga menda hech
qanaqa shubha yöq edi. Kollejni
sevgidan mast bo'lib bitirdik.
Keyin ikkalamiz institutga birga
hujjat topshirdik. Taqdirni
qarangki, biz yana kursdosh
bo'ldik. Juda baxtli edim. U doim
biz birga bo'lamiz, bizni hech kim
va hech narsa ayirolmaydi derdi.
Birinchi kursni o'qib yurgan
paytimizda otamdan ayrilib
qoldim. Keyin yolg'iz akam otamni
korxonasini boshqaradigan
bo'ldi. Otam juda badavlat inson
edilar, akam bu pullarni ko'rib
quturib ketdi. Qayerdandir
narkotik moddalar qabul
qiladigan bo'lib qoldilar. Bu
vahshiy modda akamni insoniylik
qiyofasidan butkul yiroqlashtirib
qöydi. Borib-borib akam narkotik
moddalarga shu darajada
mukkasidan ketdiki, bizni ham
umuman unutib qöydi. Oxiri
"qora dori" akamni ham
dunyodan olib ketdi. Onam
ortilaridan kuyib qoldilar. Men
onamni siqilishlariga
chidolmasdim. Chunki ularda qon
bosimi kötarilib ketardi tez-tez.
Avval otamning, keyin akamning
dog'ida butunlay adoi tamom
böldilar onam. Kunlar ötdi. Bir
kun Baxtiyor aka tayyorgarchilik
ko'r, onamni uyingga yuboraman
deb aytilar. Onasi uyimizga
keldilar, choy ichib ketdilar. Ertasi
kuni. Baxtiyor aka onam
to'yimizga qarshilar,
narkomanning singlisini kelin
qilmayman debdilar. Nima qilishni
bilmay qoldim. Shu asnoda kunlar
o'ta boshladi. Baxtiyor akam sabr
qil, ko'ndiramiz dedilar. Lekin
onasi boshqa qiz topib to'ylarni
boshlayotganligini aytib qoldilar.
Yig'lagancha taqdirga tan berdim.
Ammo Baxtiyor aka voz kechmas,
biz baribir birga bo'lamiz deb
meni qiynardilar. Qochib ketamiz
dedilar. Men ikki dunyoda ham
onamni yolg'iz tashlab
ketolmasdim. Baxtiyor akani
onalari bir kun yonimga keldilar.
Ona qizim, ishon seni kelin
qilishni juda xohlardim, lekin
majburman. Taqdirga tan ber.
Baxtiyorni o'z holiga qo'y dedilar.
Shunda tushundimki, men bu
yerlardan bir oz muddatga
uzoqlarga ketishim kerak. Bu
ham özim uchun, ham ular uchun
zarur edi. Chunki Baxtiyor aka
baribir meni olib ketishi aniq edi.
Bu orada shuncha azobga dosh
bergan onam og'ir kasal bo'lib
qoldilar. Katta tog'amga
qo'ng'iroq qildim. Ular Xitoyda,
Urumchida yashardilar. Tog'am
onamni yonlariga olib kelishni,
ya'ni Xitoyga borishimiz
kerakligini aytdilar. Onamni
ko'ndirdim. Ketishimdan bir kun
oldin ular bilan uchrashdim. Kun
bo'yi birga sayr qildik. Keyin
xayrlashar ekanmiz, azizam
ozgina sabr qil, yaqinda seni bu
yerlardan olib ketaman dedilar.
Mahkam quchib seni judayam
sevaman, negadir qöyvorgim
kelmayapti dedilar. Ichimda
yig'lardim, nega meni taqdir
bunchalar qiynamasa? Hamma
yaqinlarimdan judo qilsa, aybim
nima? Bu savollarga javob yo'q
edi. Keyin ularga ovozimdagi
titroqni sezdirmaslik uchun
shivirlab, men ham sizni
jonimdan ortiq sevaman, dedim.
Bu mening sönggi
uchrashuvimizdagi so'ngi
so'zlarim edi... Ularning bundan
xabarlari yo'q edi. Keyin ketdim.
Shu kuni yig'lab- yig'lab ularga
xat yozdim. Onasi topgan qizga
uylanishlari kerakligini, meni
unutishlari lozimligini, eng oxiri
ularni judayam sevishimni,
afsuski birga bölolmasligimizni
yozdim. Xatni bir kusdoshimizga
berdim... Ertasigayoq uchib ketik.
U yerda tog'amni uylarida yashay
boshladik. To'rt yil yashadim. Bu
to'rt yil meni onamdan ayirdi.
Oilam... sevgim... Endi meni hech
kimim yo'q edi. Ularning har
birini yöqotganimda tökkan köz
yoshlarimning hisobini
bilmasdim. Bunchalik judoliklarni
körgandan özim birinchi bölib
dunyodan köz yumsam
bölmasmidi deb tushkunlikda
yashardim har kuni. Keyin
Toshkentga qaytdim. Otamni
korxonasini boshqara boshladim.
Turmushga chiqish degan
hayollardan yiroqda yashardim.
Bor fikrimni ishga qaratdim. Bu
orqali chalg'ishga urinardim.
Xolam o'z holimga qo'ymasdilar.
Oxiri xolam topgan yigitga
turmushga chiqishga rozi
bo'ldim. Ammo u yigit keldida
bilasizmi meni uyimdagilar
majburan sizga
uylantirishmoqchi, chunki siz boy
qiz ekansiz. Tog'ri juda go'zal qiz
ekansiz, ammo sevganim bor
dedi. Özi bu haqda oilasiga
hozircha aytolmasligini, shu
sabab sovchilarni qaytarib
yuborishimni söradi. Unga
sevgingizga erishing, dedim.
Ösha gaplarni hayol qilib ketar
ekanman birdan mashina
yölimdan chiqib qoldi. Qo'rqib
ketdim. Keyin xushimni yöqotdim.
Közimni ochsam, Baxtiyor akam
tepamda, ko'zlarida yosh bilan
turardilar. Ularni ko'rib o'zimni
tutolmay quchoqlariga otildim...
Keyin uzoq vaqt gaplashib
o'tirdik. Nega meni
mashinangizda urdingiz,
o'ldirmoqchimidingiz dedim
hazillashib. Sen o'zing meni
tashlab ketib qoldingku, men seni
mashinada
Maqola nomi : Bu bir qizning hayoti
Vaqti : 27.04.2014|23:10
Ko'rilgan : 2676
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 295/284
Reyting
Bosh sahifa » Hikoyalar
Maqola o'qiypti :19 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика