UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Singlimizning ko'nglidagi
gaplarini yozdik)
"...Agar baxt faqat yemak-
ichmakda bo’lganda,
yetimxonadagi bolalar eng
baxtiyor sanalardilar. Ammo
ular ustilari but, qorinlari to’q
bo’lsa-da, yig’laydilar. Xo’sh,
nega yig’laydilar? Bundan
chiqdi, ota-ona bilan yashash
katta imtiyoz ekan-da! Otaning
tizzasida yoki biqinida suyanib
yayramoq, hidini tuymoq,
ostonada yo’llarini poylab
o’tirmoq ham bir boylik ekan!
"Dada-a!” deb chaqirsang,
senga burilib qarayotgan otang
emas BAXT ekan!”(Tursunoy
Sodiqova)
Bugun mening to’yim.
Atrofimdagilarning aytishicha,
ko’rgan odamning suqi
kiradigan darajada go’zal
kelinchak bo’libman. Bu ta’rif
shunchaki yo’liga, xushomad
yoki ko’nglim uchun
aytilmayotganini bilaman.
Ammo... eh, odamlar, bilsangiz,
dunyodagi eng ko’rimsiz
kelinchak bo’lishga ham rozi
edim, faqat shunday kunimda
dadam bir borgina yonimda
bo’lsalar bo’ldi edi. Dada,
dadajon! Qaerdasiz?
Kelmaysizmi, bir paytlar siz
"onajon” deb erkalab
suyadigan qizingiz bugun oq
libos kiyib, kelin bo’ldi. O’n ikki
yildan beri yo’lingizga
termulaverib tolmagan
umidvor nigohlarimdagi
ishonchni oqlamaysizmi kelib?
Bilaman, allaqachon bilganman,
sizning endi boshqa oilangiz
bor, menga o’xshagan qizingiz,
ukamga o’xshagan boshqa
o’g’ilingiz... Faqat ularning
bizga o’xshab ko’ngli yarim,
o’ksik emas. Ularning dadasi
ko’zlari to’rt bo’lib kutayotgan
farzandlarini unutib qo’ygan,
bag’ritosh ota emas. Ular
dadalari har kech ishdan
sovg’a-salomalar bilan to’lib-
toshib uylariga qaytishi
bilishadi. Biz esa...
qaytmasligingiz
qaytishingizdan ko’ra ko’proq
ayon bo’lsa-da kutamiz,
kutaveramiz. Xuddi
hozirgidek... Mana, hamma
kuyovning kelishini kutayapti,
men esa... sizning! Ana, hamma
qiy chuv qilib qoldi: "Kuyov
keldi, kuyov keldi!”
Dadajon! Qizingizni olib
ketishga kelishdi. Siz...
KХLMAYSIZMI?
"Kelmaydi, bekorga umidvor
bo’lma”. O’n ikki yildan beri
o’tgan kuni ilk marta oyimdan
bu gapni eshitdim. Ular buni
shu qadar qat’iy ishonch bilan
aytdilarki, butun vujudim
muzlab ketganday bo’ldi.
Shunga qaramay, qarorimdan
qaytmadim. "Dadamga to’yim
xabarani o’zim yetkazaman,
ular albatta, keladilar”.
O’n ikki yildan keyingi
uchrashuvga tayyorlanish
menga oson bo’lmadi,
ko’zlarimga uyqu kelmay, bu
uchrashuvni xayolimda necha
martalab o’tkazmadim deysiz.
Afsus, bari befoyda bo’ldi. Siz
rostdan ham uyingizda
yo’qmidingiz yoki allaqaeri
o’zimga o’xshab ketdigan anavi
qiz yolg’on gapirdimi? Bilbadim.
Soddaman-da, "Ularda nima
ishingiz bor?” deb so’raganda,
qo’limdagi taklifnomani darrov
tutqaza qolmasdan, boshqa bir
bahona o’ylab topsam
bo’larkan. O’zimda emasdim.
Sizdan boshqa odam eshikni
ochishi mumkinligi xayolimga
kelmabdi. Axir bizning uyimizda
kechasi eshikni faqat o’zingiz
ochardingiz-u, na oyimga, na
menga ruxsat bermasdingiz.
Ha, butun boshli oila buzilib,
taqdirlar o’zgarib ketganida,
odatlar, qoidalar almashishi
nima bo’pti deysizda. Qizingiz
qo’limdagi taklifnomani
olarkan, undagi "Aziz
dadajonimga” degan yozuvni
o’qib, ko’zlari kattarib ketganini
ko’rdim va... uning hech qachon
qo’lingizga yetib bormasligini
sezgandim. O, bunchalar
xudbinlik. Undan dadasini
(dadamni) bir umrga tortib
olayotganim yo’q edi-ku. Bir
kun, atigi bir kungina sizni
menga ravo ko’rishmadiya...
Dadajon! Ertaga mana shu
qizingizni uzatib, ko’zingizga
yosh olib unga oq fotiha
berayotganingizda bularning
baridan mahrum etganingiz -
ko’nglini yarim qilib ketgan biz
mehringizga zorlarni ham bir
borgina eslaysizmi?.. Xayolan
bo’lsa-da, peshanamdan o’pib
baxt tilaysizmikan?..
Maqola nomi : Men ham qizingizman, dadajon!
Vaqti : 27.04.2014|23:08
Ko'rilgan : 1352
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 271/230
Reyting
Bosh sahifa » Hikoyalar
Maqola o'qiypti :29 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика