UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Men maktabda o’qib yurgan kezlarimda, adashmasam 7 sinfdami mashxur adib Abdulla Qodiriyning “jinlar bazmi” hikoyasini o’qib, birnecha kun o’zimga kelolmay yurganman. To’g’ri yoshlikdan buvam menga shunga o’xshash voqealarning ko’piniso’zlab berardi. Bir kuni buvamining yoniga borib, uxlagani qo’ymasdan jin, ajina va shunga o’xshash g’ayritabiiy narsalar qatnashgan voqealarni aytib bering deya quloq miyasini yeb qo’ygan ekanman. Buvam uxlagani qo’ymading mayli aytib berganim bo’lsin deya jinlar to’g’risida bir hikoya ayta ketdi. Men bu hikoyani eshitib, kechasi bilan buvamni qattiq quchoqlagancha ko’zlarimni maxkam yumgancha qo’rqib chiqdim. Hatto tong oldi uxlagan bo’lsam kerak buvam uyg’otganda.
- Hey bolama, yotgan ko’rpachangni ho’llatibsanku deya kulib ham qo’ydi. Men rosa hijolat bo’ldim. Shu kundan boshlab buvamga ajinalar to’g’risida voqea aytib berishini so’ramay qo’ydim.
Oradan yillar o’tib maktabni bitirdim, o’qishga xujjat topshirgandim imtixondan eng past bal bilan yiqildim. Buyog’ini asti qo’yavering, mahalla kuy, qo’ni qo’shni deganday ular meni o’qishga byudjetga kirsa kerak deb o’ylashardi. Men o’ta olmaganimni eshitgach, rosa g’iybatlar ko’payadigan bo’ldi, hatto men ko’z ostimga olib yurgan qo’shni qiz ham o’ng qaramasa bo’ladimi? Men kechasi uchrashuvga borib, derazasidan chertib, chiq gaplashib o’tiramiz desam, nima deydi deng?
- Boring boshqa meni yonimga kelmang, men o’qimishli yigitga turmushga chiqaman desa bo’ladimi?. O’lay agar rosa alam qildi menga…
Xullas qishloqda omadim yurisgmagandan keyin o’ylab o’ylab, ishlashga ketib pul topishim kerak degan fikrga keldim. Mahallamizdagi Nodir aka yaqinda uylangandan beri tinim bnilmay ishlab, pul topadigan foydaning ustida zararning ostida yuradigan odam chiqib qoldi. U hozirda Jizzaxning Forish tumanida bir tog’lar bilan o’ralganUxum qishlog’ida yangi maktab qurilishida ishlardi, men ham Nodir aka bilan o’sha yerga ishlash uchun otlandim. Bizlar u yerda qurilishda ish boshladik. Ya’ni biz deganim ishchilar boshlig’I Nodiraka, men va bizga qo’shilgan, turli viloyatlardan kelgan o’nta yigitni nazarda tutyapman. Xullas ish boshlanganidan o’nkun o’tar o’tmas bizlar guruximiz bilan juda qalin bo’lib ketdik, xuddi ular bilan o’n yillik qadrdonday edik. Musofirchilikda yurgan musofirchilikni yaxshi tushunadi deganlaridek, bizlar ishda ham, dam olishda ham, hattoki ovqatlanishda ham bir birimizni hech zeriktirib qo’ymasdik. O’sh paytlari kun juda sovuq atrofni qor qoplagan. Bizlar qalin kiyingacha, firma tomonidan keltirilgan qo’lqoplarni kiygancha ishladik, qor bosib qolgan g’ishtlarni ustini kurab, so’ngra taxlamni yiqitardikda, zambilga solib, ustalarga yetkazib berardik, taxminan fevral oyining oxirlari edi. Bir kuni bo’ron ko’tarilib, qattiq shamol bo’ldida chiroq lip etib o’chib qoldi. Hamma endi ovqatlanib bo’lib omin qilgancha, dasturxonni yig’ishtirayotgan edi. Firma yuborgan shamlardan birini olib, bollardan bittasi yoqdi. Bizlar kichik bir honaga joylashgan edik, joy torligi sabab to’shaklarnio bir-biriga yaqin qilib solardik. Hamma huddi qaldirg’och bolalaridek terilib yotibdi. O’shanda Jizzaxlik bir yigit taxminan 27 28 yoshlarda, qo’liga devorda anchadan beri osilib turgan dubani olib, urra qo’shiq aytib qolsa bo’ladimi?, bir ikkita qo’shiq aytgach, ishlab charchagan yigitlarning ayrimlariga yoqmadi shekili, bo’ldi qiling uxlaylik deya jerkib berishdi. Shu shu dubaning ham o’sha yigitning ham ovozi chiqmay qoldi. Men Qashqadaryolik, o’zimdan bir yosh kichik, o’qishda zavuchniy o’qiydigan og’ir bosiq yigit bilan yaqindan do’stlashgandim. U bilan yonma yon yotar ekanmiz, o’rtog’im shiftga qarab yotgancha meni savolga tutdi, nima ekan deng? Inson ruhi ko’zga ko’rinmasdan, atrofimizda yurar ekan, shunga mening fikrim kerak ekan. Men nima ham derdim, o’zim shu yoshga kirib, biror marta ruhni o’z ko’zim bilan ko’rmaganman. Shu savoldan keyin hamma ruh xaqidagi fikrini o’rtaga tashladi, suhbat rosa qizirdi. Gap aylanib do’stim Zoirning o’ziga kelgandi. U institutda tanishib yaqin bo’lgan do’stining boshidan o’tkazgan voqeasini hikoya qilib berdi. Uning aytishicha, Zoirning do’sti Rustam Qashqadaryo universitetiga o’qishga kirgan yili qishloqdan shaxarga ijaraga uy izlab kelib, bir qarovsiz qolgan, egasi Rassiyaga ishlashga ketganligidan, kichkina xovlisi bor. Xovli o’rtasida bitta tut daraxti joylashgan, uch xonali uyga kursdoshi Tursunboy bilan joylashgan ekan. Uy egasi ketganiga uch oy bo’libtiki, xechkim bu uyda turmagan ekan. Bu uyni qo’shni xovlida turadigan 60 65 yoshdagi kampir orqali bu yerga joylashishipti, kampir uy egasini onasi ekan. Shunday qilib, Tursunboy va uning do’sti Ravshanni bu uyda turish shartlarni aytgan kampir ularga uy xonalarini ko’rsatipdi. Ikki xonaning eshigini ochib o’sha ikki
Maqola nomi : Ruh sevgi
Vaqti : 27.04.2014|22:57
Ko'rilgan : 4429
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 324/286
Reyting
Bosh sahifa » Hikoyalar
Maqola o'qiypti :37 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика