UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Turmush
qurishganiga ikki oy
bo'lgach kelin va kuyov
negadir ko'p tortishadigan
bo'lib qolishdi. Bu tortishuvlar
har kuni davom etardi.
Arzimagan sabablar tufayli
ham janjal chiqardi. Bir kuni
dilxiraliklardan bezgan kuyov
kelinga shunday taklif aytdi:
"Kel, yaxshisi xovliga bir tup
ko'chat ekamiz, lekin uning
tagini yumshatmaymiz, suv
ham quymaymiz, ekib
qo'yamiz xalos. Agar o'sha
ko'chat qurib qolsa,
ajrashamiz. Agar ko'karib
ketsa, hayotimizni birgalikda
qaytadan boshlaymiz". Kelin
roziligini bildirgach xovliga bir
tup köchat ekildi. Keyin ikkovi
alohida- alohida yashay
boshlashdi. Bir-birlariga
gapirmasdilar ham. Oradan
ikki oy o'tdi, lekin ko'chat
qurimadi. Uch oy ham
yakunlanib qolganida nihol
ko'karib, gullab ketdi. Ana shu
kunlarning birida kelin bilan
kuyov kechasi soat 02:30 da
ko'chat oldida uchrashib
qolishdi. Ösha lahzada
ikkovlarining ham qo'lida bir
chelakdan suv bor edi!
Fikr mulohaza sizdan AZiZlar
Maqola nomi : Bir tup ko'chat
Vaqti : 27.04.2014|22:55
Ko'rilgan : 1418
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 371/285
Reyting
Bosh sahifa » Hikoyalar
Maqola o'qiypti :27 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика