UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Allo, adasi bizani qachon obketishga kelasiz? -Mana ketyapman jonim, bir soatlarda yetib boraman. Qizalog'imiz yaxshimi a? -Hm, uxlayapti. Mayli, tezroq keling.-Xop böladi. Siz nima desaiz shuda. Ruxsora telefonni öchirib belanchakda maza qilib uxlab yotgan bir xaftalik qizalog'iga jilmayib qarab qoldi. Keyin tug'ruqxona derazasidan xovlidagi chiroyli mashinada tantana b-n uylariga ketayotgan yosh er-xotinlarga termulib qoldi. Doston hali qizini körmagandi. Ruxsorani tölg'oq tutganida Doston ish b-n xorijga ketgandi. Bugun uchib keldi. Ruxsora shularni öylab qizalog'ining shamollab qolmasligi u-n derazani mahkamlab yopib qöydi. Kravatiga chözilib közi ilindi. Bir soatlar ötgach eshik taqilladi. Uyg'ongan Ruxsora Doston kelganini sezib eshikni ochdi. Chindan qarshisida eri turardi. Körishishdi. "Mening shirin qizalog'im qani a? Uni tezroq köray" shoshilardi Doston. Belanchakda uxlayotgan chaqaloqni sekin qöliga oldi, peshonasidan öpib qöydi. "Buni qara Ruxsor, men ham ota böldim. Qizimiz xuddi senga öxsharkan, biram chiroyli" Ruxsora chetdan ularni kulib kuzatib turardi. Keyin telefoni jiringlab qoldi. Singlisi ekan, uxlayotgan qizchani uyg'otib yubormaslik u-n karidorga chiqdi: "Allo" "Allo..opa..." "Ha, eshitaman..." "Allo opa... Yomon xabar..." "Nima böldi? Gapirsangchi!" "Pochcham... Pochchamlarni mashinalari avariya bölibdi". "Hey, nimalar deyapsan? Esing joyidami?" "Ha, hozir yarim soat oldin... Kasalxona yaqinida...pochcham mashina ichida bölganlar" "Yöq, jinnimisan? Pochchang shu yerda. Mana hozir telefonni özlariga bera...." Ichkariga kirgan Ruxsoraning qölidan telefon tushib ketdi. Palatada Doston yöq edi. Belanchakda qizaloq sokin uxlab yotar, xona derazasi esa lang ochiq edi...
Maqola nomi : Allo, adasi bizani qachon obketishga kelasiz?
Vaqti : 27.04.2014|22:49
Ko'rilgan : 1497
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 307/272
Reyting
Bosh sahifa » Hikoyalar
Maqola o'qiypti :34 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика