UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Ukraina, 2011-yil. Voqea
Ukraina, 2011-yil. Yigit va qiz mashinada ketib borishardi. Havo ota sovuq, kuchli qor yog'ardi. Shahardan qishloq tomon ketayotgan mashina tun chokishi bilan yolni yoritishga ojizlik qila boshladi. Aksiga olib bir hafta toxtamay yoqqan qor yolni qoplab olgandi. Manzilga yaqin qolganida mashina qiyaliklarning birida sirpanib ketadi va yol chetidagi daraxtga borib uriladi. Yigit va qiz jarohatlanishmaydi. Faqat ular qolgan 7-8 km masofani qanday bosib otish mumkinligi haqida oylashardi. Yaqin atrofda boshqa boshpana yoq. Bu chetki yoldan bunaqa havoda otkinchi mashinalar ham otmasdi. Avvaliga ular mashina ichida otirib kutadilar. Lekin havo harorati -40 gradus atrofida sovuq edi. Sovuq asta-sekin ularni azoblay boshladi. Ustiga-ustak hadeganda najot uchqunlari korinavermasdi. Ular sovuqda kutish befoyda ekanligini tushundilar va qolgan yolni piyoda bosib otishga qaror qildilar. Yarim tunga yaqin vaqtda yigit va qiz qorli yol uzra oldinma-ketin ketib borisharkan, bir-necha daqiqa ichida oldindan urayotgan ota dahshatli izg'irin ta'sirida oyoq va qollari butkul sovuqdan qotib qoladi. Bir soatcha yurishgach ularning tanalarida sovuq ta'sirida qon aylanishi ham sustlashib, holsizlana boshlaydilar. Xatto ular oz tanalarini sezmay qoladilar. Nihoyat qiz xushini yoqotadi.... Xushiga kelganida u qishloqda, issiq uylarning birida yotardi. Yigitni soragan qizga u 2 kun oldin vafot etganligini aytishadi. Osha tunning ertasiga yoldan otayotgan yuk mashinasi haydovchisi qor ustida chozilib yotgan odam tanasini koradi. Yaqin kelganida u yerda 2 kishi ekanligini payqaydi. Qor ustida yupqagina kiyingan yigit, uning koksiga bosh qoygan holda yigitning paltosiga orab qoyilgan qiz bexush yotardi. Osha vaqtda yigitning yuragi muzlab urishdan toxtab bolgandi... Yigit paltosini yechib bexush qizni orayotganida ozining olishi mumkinligini bilardi. Bu ishni u qahramonlik uchun emas, shunchaki tabiiy bir harakat sifatida ongli ravishda bajargandi. Ehtimol osha ongli harakatni insonlar sevgi deb atashar...
Maqola nomi : Ukraina, 2011-yil. Voqea
Vaqti : 27.04.2014|22:47
Ko'rilgan : 1615
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 328/249
Reyting
Bosh sahifa » Hikoyalar
Maqola o'qiypti :35 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика