UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Atirgul misoli go'zaldir sevgim...
Bahor gullaridek nafisdir sevgim...
Kuzgi yaproqlardek xazondir sevgim...
Qalbda pinhon sevgim bechora sevgim...

Sochlarim silasa mayin shamollar...
G'uncha lablarimdan bo'salar olsa...
Unsiz kuydirsa bu ishqim meni...
Qalbda pinhon sevgim umidsiz sevgim...

Qalbingda men emas o'zgadir tanho...
Yoring jamoliga ko'zlaring shaydo...
Yuragim xastadir sening hajringda...
Qalbda pinhon sevgim javobsiz sevgim....

Shabnamdek tomchilar ko'zdagi yoshim...
Hijronlar yuragimga tig'lar sanchdilar...
Bu dunyo o'tkinchi...o'tkinchidir bari...
Qalbda pinhon sevgim...pinhondir sevgim...

Qalbimning to'rida pinhondir sevgim...
Zor- zor yig'laydi kecha-yu kunduz...
Uni ovutmoqa ojizdir dilim...
Qalbda pinhon sevgim...abadiy sevgim...!
Maqola nomi : Sevgi bor...
Vaqti : 27.04.2014|22:45
Ko'rilgan : 889
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 177/191
Reyting
Bosh sahifa » Hikoyalar
Maqola o'qiypti :20 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика