UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Sevgining qanaqaligini
bilmaydiganlarga shu hikoyani
öqishni tavsiya qilgan
bölardim>>>>. Qachondir bir oqil
va mömin yigit o'ziga o'xshagan
bir oqila qizni yaxshi ko'rib
qolibdi. Yigit juda ziyoli,
kelishgan, qiz ham öta
sohibjamol qiz ekan. Bu sevgilari
judayam mustahkam, sira ham
bir-birlari bilan tortishishmas,
janjallashishmas ekan. Nihoyat
ota-onalari roziligi bilan ular
unashtirilibdi. Lekin afsuski
to'yga yaqin bir baxtsizlik röy
beribdi. Qizning uyiga öt
tushibdi
va qiz olov ichida qolib ketibdi.
Harchand urinsalarda qizni
qutqarib olishganda qiz bexush
holda, tanasining ancha qismi
kuyib bölgan holda edi. Qizni
ming mashaqqat bilan
davolatishibdi. Lekin qiz öziga
kelib közguga qaraganda
yuzidagi chandiqlarni, tanasidagi
jarohat izlarini körib yig'labdi. U
yigitni judayam sevarkan.
Shuning uchun har jihatdan
mukammal yigitga özini noloyiq
deb hisoblabdi. Va keyin u
yigitga turmushga chiqishdan
bosh tortibdi. Yigit unga köp
yolvoribdi, lekin qiz öz fikrida
qat'iy turib olibdi. Bu holdan
keyin yigit betob bo'lib qolibdi.
Bir- necha kun og'ir ahvolda
yotib, keyin oyoqqa turibdi.
Lekin baxtsizlik qösha kelarkan.
Yigitning ko'zi ojiz bo'lib qolibdi.
Buni eshitgan qiz yana öyga
tolibdi. Nihoyat u yigitga
turmushga chiqib, unga bir umr
g'amxörlik qilishga qaror qilibdi.
"Mening og'ir holimda ham
uylanish fikridan qaytmagan
mehribon insonni men ham og'ir
kunida tashlab ketmasligim
kerak. Bas, u dunyoni mening
közlarim bilan körsin",- öylabdi
qiz. Chunki u yigitni judayam
kuchli sevarkan. Yigitning
taklifini qabul qilgach ular
turmush qurishibdi. Ular uzoq
vaqt baxtli hayot kechirishibdi.
Vaqti soati kelib qiz hayotdan
o'tibdi. Keyin bilishsaki yigitning
ko'zi ojiz emas ekan. U shuncha
vaqt dunyoni öz közlari bilan
körib yashagan, qizning iztirob
chekmasligi uchun bu haqda
hech kimga bildirmagandi. Bu
ishni esa o'z sevgisi uchun
qilgandi. Chunki yigit ham qizni
judayam qattiq sevardi
Maqola nomi : O'qing chin sevgi hikoya
Vaqti : 27.04.2014|22:41
Ko'rilgan : 3556
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 364/296
Reyting
Bosh sahifa » Hikoyalar
Maqola o'qiypti :15 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика